86
Dastur natijasi y=6 kabi bo‗ladi. Bir qarashda dasturni tahlil qilib, x>=3
mantiqiy ifodaning qiymati yolg‗on bo‗lganligi uchun natija shunday chiqqandek
tuyuladi. Ammo 5 – satrni int x=5,y,i=2,j=4; kabi o‗zgartirsak
ham natija
o‗zgarmaydi. Chunki i, j larning blok ichidagi qiymatlari
blokdan tashqarida
unutiladi.
?: operatori
Tarmoqlanuvchi jarayonlarni
algoritmlash vaqtida, albatta, shartga e‘tibor
berish talab etiladi, chunki algoritm shart bo‗yicha tarmoqlanib
qismlarga ajralib
ketadi. Masalan, dastur bajarilishining birorta qadamida qandaydir shartni
tekshirish natijasiga ko‗ra boshqaruvni dasturning u yoki bu bo‗lagiga
uzatish
mumkin.
Tarmoqlanuvchi jarayonlarni algoritmlash vaqtida shartning bajarilishiga
qarab buyruqlar ketma ketligi aniqlanadi. Masalan, dastur
bajarilishining birorta
qadamida qandaydir shartni tekshirish natijasiga ko‗ra boshqaruvni dasturning u
yoki bu bo‗lagiga uzatish mumkin.
?: shart amali: C++,Java dasturlash tilida ―?‖ amali ham aniqlangan bo‗lib
tekshirilayotgan shart nisbatan sodda bo‗lsa,
shart amalining <> ko‗rinishini
ishlatish mumkin.
?: shart amalining umumiy ko‗rinishi quyidagicha.