|
Masalan, tanlash buyrug‗ini o‗rganishda nimalarga e‘tibor berish kerak?
-
switch, case, defaultBog'liq ALGORITMLASH VA DASTURLASH ASOSLARIMasalan, tanlash buyrug‗ini o‗rganishda nimalarga e‘tibor berish kerak?
-
switch, case, default operatorlarini to‗g‗ri yozish;
-
switch ( ) operatoridan keyin tinish belgisi qo‗yilmasligiga;
-
switch operatori o‗z blokiga egaligiga;
-
case so‗zidan keyin yoziladigan o‗zgarmas bilan buyruqlar oralig‗ida va
default bilan buyruqlar oralig‗ida (:) borligiga;
-
(:) dan keyin buyruqlar ko‗p bo‗lsa ham ular blok belgi orasida yozilishi
shart emasligiga;
-
(:) dan keying buyruqlar, albatta, break; operatori bilan tugashiga
(default bundan mustasno).
Nazariy savollar
1 Tanlash jarayonlari?
2 break operatori va uning ishlash jarayoni?
3 continue operatori va uning ishlash jarayoni?
4 Tanlash jarayonini qisqa shartli operator ko‗rinishida qanday tasvirlanadi?
5 Tanlash jarayonini switch operatori ko‗rinishida qanday tasvirlanadi?
6 switch operatorining umumiy ko‗rinishi va uning ishlash jarayoni?
7. Tanlash buyruqlaridan qachon foydalaniladi?
8. break va continue operatorlari qanday ijro etilishini tushuntiring.
9. Tanlash buyrug‗ining qanday ko‗rinishlari movjud?
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
1. 1–7 gacha bo‗lgan butun sonlar berilgan. Kiritilgan songa mos ravishda
hafta kunlarini so‗zda ifodalovchi dastur tuzilsin. (1-Dushanba, 2-Seshanba va h.).
2. K butun soni berilgan. Baho natijalarini chiqaruvchi dastur tuzing. (1-yomon,
2-qoniqarsiz, 3-qoniqarli, 4-yaxshi, 5-a'lo). Agar k soni 1-5 oraliqqa tegishli
bo‗lmasa ―xato‖ deb chiqarilsin.
3. Oy raqami berilgan. Kiritilgan oy qaysi faslga tegishli ekanligini chiqaruvchi
dastur tuzilsin. (Masalan: 2 chi oy, ―qish‖).
|
| |