95
{ int i;
cout<<‖hafta kunlari tartib raqamini kiriting‖;
cin>>i;
switch(i)
{ case 1: cout<<‖dushanba‖; break;
case 2: cout<<‖seshanba‖; break;
case 3: cout<<‖chorshanba‖; break;
case 4: cout<<‖payshanba‖; break;
case 5: cout<<‖juma‖; break;
case 6: cout<<‖shanba‖; break;
case 7: cout<<‖yakshanba‖; break;
default: cout<<‖hafta kuni emas‖;
}
return 0;
}
Tanlash operatorini tanlash sharti natijasining
bir nechta qiymati uchun
yagona qiymat tanlansa, bunday holatlarni ham e‘tiborga olish mumkin. Tanlash
operatorini tanlash sharti natijasining bir nechta qiymati uchun yagona qiymat
tanlanishini quyidagi masala orqali ko‗rib chiqamiz.
Misol: Berilgan oy tartib soni qaysi faslga tegishli ekanligini aniqlash
dasturi.
#include
int main ()
{ int i;
cout<<‖oy tartib raqamini kiriting‖;
cin>>i;
switch(i)
{ case 1:
case 2:
case 12: cout<<‖qish‖; break;
case 3:
case 4:
case 5: cout<<‖bahor‖; break;
case 6:
case 7:
case 8: cout<<‖yoz‖; break;
case 9:
96
case 10:
case 11: cout<<‖ko‘z‖; break;
default: cout<<‖oy tartib raqami emas‖;
}
return 0;
}
Dastur natijasi
i=2 bo‘lsa qish
i=7 bo‘lsa yoz
Yuqoridagi masala shartiga e‘tibor bersak uchta qiymat uchun yagona
tanlash bajarilyapti.
Demak tanlash jarayonlarini yuqoridagi holatlarni e‘tiborga olib C++
dasturlash tilida tasvirlashimiz mumkin.
Dasturlash asoslarini o„rganishda quyidagilarga e`tibor bering
Dasturlashda
“qo‗pol xato
” yoki
“arzimas xato
” degan xatolar yo‗q ekanligini
unutmang.
Faqat xato bor, xolos. Faraz qilaylik, tarmoqlanish yoki tanlash
buyrug‗i noto‗g‗ri tashkil qilingan bo‗lsa, bitta operatorning
biror harfi tushib
qolishi yoki boshqa harf bilan almashtirilishi (masalan,
include yoki
includ) yoki
bitta tinish belgisining o‗z o‗rnida qo‗yilmasligi xatolar dasturning ijro
etilmasligiga olib kelsa, bu xatolarni ahamiyati
jihatidan yuqori yoki quyi
darajadagi xatolarga bo‗lish mumkinmi?
Ko‗pincha dasturlashni boshlab o‗rganayotgan boshlovchilar dasturda bir
nechta xatolarga yo‗l qo‗yib, ularni topmasdan soatlab vaqt sarflashadi. Yanada
aniqroq aytadigan bo‗lsak, biror buyruq yoki mavzuni o‗rganishga
ketadigan
vaqtdan unga oid dasturni kompyuterga kiritib, javobini olishga ketadigan vaqt bir
necha marta ko‗p bo‗ladi.
Bunday kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagilarga e‘tibor qiling:
-
har bir kalit so‗zni aniq aytish va yozishda xatoga yo‗l qo‗ymaguncha
mashq qiling;
-
tinish belgilarining qayerdan va qanday qo‗yilishiga e‘tibor qiling;
-
figurali (sistemali), oddiy qavslarni, apostrof va qo‗shtirnoqni ochganda
darhol yopib,
kursorni bitta chapga qaytarib, keyin ma‘lumotlarni tersangiz u
yopilmasdan qolmaydi;
-
xatolik haqida C++ dasturlash tilining ma‘lumotlari bo‗yicha to‗g‗ri
harakat qilishni tezroq o‗rganing;
97
-
dastlab biror masalaga mustaqil dastur tuzmasdan tuzilgan dasturni
o‗rganib chiqib, qaytadan shu dasturni mustaqil tuzish yo‗li bilan o‗z tajribangizni
oshirib boring;
-
tajribali hamkasblaringiz hamda o‗rtoqlaringizdan
oddiy narsalarni ham
so‗rashdan uyalmang.
Bularning hammasi vaqtingizning sezilarli darajada tejalishiga olib keladi.