110
3.6 C++ DASTURLASH TILIDA SHARTLI TAKRORLANUVCHI
JARAYONLAR DASTURLASH
Reja:
1. while operatori va uning umumiy ko‗rinishi;
2. do while operatori va uning umumiy ko‗rinishi.
3. Ichma-ich joylashgan sikllar
Bazi bir masalalarni yechish algoritmlari tarkibida takrororlanishlar
qandaydir shartlarga asosan bajariladi. Har bir takrorlanish
jarayoni bajarilish
qadamida shart tekshirilib o‗tib borilaveradi, qachonki shart yolg‘on bo‗lgandagina
takrorlanish jarayoni to‗xtatiladi. Masalan yig‘indisi n ga teng bo‗lgan natural
sonlar sonini topish yoki umumiy hadi n dan kichik bo‗lgan
cheksiz kamayuvchi
geometrik progressiyani hadini topish kabi masalalarda shartli takrorlanuvchi
operatorlardan foydalaniladi. Agar algoritm
tarkibidagi bir necha marta
takrorlanishi kerak bo‗lgan buyruqlarni takrorlanuvchi jarayonlar asosida
dasturlash
tillarida
tasvirlanmasa,
bu
buyruqlarni
barchasini
bajarish
murakkablashadi.
Shartli takrorlanuvchi algoritmlarni shartli takrorlanuvchi
jarayonlar ham
deb ataymiz.
Tarif: Agar takrorlanishlar soni ma‘lum bir shartlar asosida aniqlansa,
bunday jarayonlar shartli takrorlanuvchi jarayonlar deyiladi.
Shartsiz o‗tish operatori va tarmoqlanuvchi
operatorlar yordamida ham
shartli takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash imkoniyati mavjud. Lekin bunday
holatlarda bitta amalni bajarish uchun bir nechta operatorlarni
ishlatish kerak
bo‗ladi. Shartli takrorlanuvchi operatorlar bajarilish holatlariga qarab turlarga
ajratiladi. Shartli takrorlanuvchi operatorlar quyidagi turlari mavjud:
-Shart oldi takrorlanuvchi operatorlar;
- Shart keyin takrorlanuvchi operatorlar.
Yuqorida keltirilgan operatorlar takrorlanish holatiga qarab bajariladi. Shart
oldi va shart keyin takrorlanuvchi algoritmlar C++
dasturlash tilida quyidagi
operatorlar yordamida dasturlanadi.