C++ TILIDA MASSIVLAR VA ULARDAN FOYDALANISH




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/164
Sana25.01.2024
Hajmi2,67 Mb.
#146073
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   164
Bog'liq
ALGORITMLASH VA DASTURLASH ASOSLARI

4.1 C++ TILIDA MASSIVLAR VA ULARDAN FOYDALANISH 
 
Reja:
1. Bir o‗lchovli massivlar va ularning umumiy ko‗rinishi; 
2. Ikki o‗lchovli massivlar va ularning umumiy ko‗rinishi;
3. Rand funksiyasi va uning umumiy ko‗rinishi; 

C++ dasturlash tilida kompyuter xotirasiga bir o‗zgaruvchi yordamida bir 
nechta qiymatlarda foydalanishga to‗g‘ri keladi. Bir o‗zgaruvchi bilan bir nechta 
qiymat ustida amallar bajarish uchun berilgan ma‘lumotlar bir turga mansub 
bo‗lishi kerak. C++ dasturlash tilida bir o‗zgaruvchi yordamida bir nechta 
qiymatlardan foydalanish uchun massiv degan turdan foydalaniladi. Dasturlash 
tillarida ro‗yxat yoki jadval ko‗rinishidagi ma‘lumotlarni massiv deb atashadi. 
Massiv so‗zining ma‘nosi o‗lcham, o‗lchov demakdir. Jurnaldagi o‗quvchilar 
ro‗yxati, paradda to‗g‗ri to‗rtburchak hosil qilib turgan soldatlar, bog‗da tartib 
bilan ekilgan daraxtlar, talabalarning reytingini aniqlovchi qaydnoma, 
determinantlar, matritsalar, Pifagorning ko‗paytirish jadvali massivga misol bo‗la 
oladi. Massiv o‗z ichiga qamrab olgan har bir ob‘ekt, ya‘ni har bir o‗quvchi, 
soldat, daraxt yoki determinant, matritsani hosil qiluvchi har bir son o‗sha 
massivning elementi yoki massiv komponentasi deyiladi. Keltirilgan misollardan 
ko‗rinib turibdiki, massivning barcha elementlari bitta turga mansub bo‗lib, ular 


125 
bitta nom bilan nomlanadi va bir-birlaridan nomerlari (indekslari) bilan farq qiladi. 
Bu qismda dasturdagi ma'lumot strukturalari bilan tanishishni boshlaymiz. 
Dasturda ikki asosiy tur ma'lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik
ikkinchisi dinamikdir. Statik deganimizda xotirada egallagan joyi o‗zgarmas, 
dastur boshida beriladigan strukturalarni nazarda tutamiz. Dinamik ma'lumot 
tiplari dastur davomida o‗z hajmini, egallagan xotirasini o‗zgartirishi mumkin. 
Agar struktura bir xil kattalikdagi tiplardan tuzilgan bo‗lsa, uning nomi massiv 
(array) deyiladi. Massivlar dasturlashda eng ko‗p qo‗laniladigan ma'lumot 
tiplaridir. Massivlar hotirada ketma-ket joylashgan, bir tipdagi o‗zgaruvchilar 
guruhidir. Alohida bir o‗zgaruvchini ko‗rsatish uchun massiv nomi va kerakli 
o‗zgaruvchi indeksini yoziladi. 
Ta‟rif: Bir turga mansub bo‗lgan yagona nom bilan saqlanuvchi 
tartiblangan ma‘lumotlar majmuasi massiv deyiladi. 
Massivlar yagona o‗zgaruvchi bilan kompyuter xotirasiga saqlanadi, uning 
elementlari ma‘lum bir indekslar bilan tartiblab joylashtiriladi. 
C++ dasturlash tilida massivlardan foydalanishda masalan do‗kondagi 
mahsulotlarning narxini olish mumkin. Mahsulot narxlarini massiv sifatida 
qaralganda narx1, narx2,narx3,…,narxn ko‗rinishda bir nechta mahsulot narxlarini 
kompyuter xotirasiga saqlab undan foydalanish mumkin. Massivlar yagona nom 
bilan bir nechta qiymatni o‗zida mujassamlashtiradi, bularga matematikadagi 
vektorlarni misol keltirish mumkin. Vektor ham yagona nom bilan saqlanib uning 
tarkibida bir nechta qiymatni o‗zida mujassamlashadi. Vektorning ham elementlari 
bir turga mansub va tartiblangan bo‗ladi. 
Massivlar holatiga ko‗ra ikki turga bo‗linadi. 
- Bir o‗lchovli massivlar; 
- Ikki o‗lchovli massivlar;
Bir o‗lchovli massivlar ma‘lumotlarni bir satrli ko‗rinishda saqlansa, ikki 
o‗lchovli massivlar esa ma‘lumotlarni satrlar satri ko‗rinishida saqlaydi. 

Download 2,67 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   164




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



C++ TILIDA MASSIVLAR VA ULARDAN FOYDALANISH

Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish