O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti s. Eshtemirov, F. M. Nazarov




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/164
Sana25.01.2024
Hajmi2,67 Mb.
#146073
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   164
Bog'liq
ALGORITMLASH VA DASTURLASH ASOSLARI

[]={boshlang‟ich 
qiymatlar}; 
Bunda massiv elementlari oldindan berilgan holatlarda ishlatilishi mumkin. 


128 
#include  
int main()
{ int a[5]={2, 3, -4, 5, 6}; //butun turli 5ta elementli massiv 
return 0;
}
Boshlang‘ich qiymatlari berilganda ham massivni e‘lon qilishning bir 
nechta turlari mavjud. C++dasturlash tilida massiv elementlar soni aniq bo‗lganda 
uning elementlarini to‗liq berish yo‗li bilan e‘lon qilish. 
int a[5]={2, 3, -4, 5, 6}; 
a massiv 4 ta elementli uning elementlarini boshlang‘ich qiymatlari berilgan 
bo‘lsa, bunda a[1]=2, a[2]=3, a[3]=-4, a[4]=5, a[5]=6 ko‘rinishida yozish mumkin. 
Massiv elementlari soni aniq bo‗lib, uning elementlarining boshlang‘ich 
qiymatlari to‗liq bo‗lmagan holatlarda quyidagicha e‘lon qilinadi. 
int a[5]={2, 3, -4}; 
Yuqoridagi holatda massiv 5 ta elementan tashkil topgan, lekin uning uchta 
qiymatining boshlang‘ich qiymatlari berilgan, qolgan ikkitasini boshlang‘ich 
qiymatlari berilmagan. Agar massiv elementlarining boshlang‘ich qiymatlari 
berilmagan bo‗lsa, uning boshlang‘ich qiymatlari 0 deb qaraladi. 
Shuni e‘tiborga olish kerakki, massivning boshidagi elementlarini 
boshlang‘ich qiymatlari berilmasdan uning o‗rtadagi yoki oxiridagi elementlarini 
boshlang‘ich qiymatlarini berish mumkin emas. 
Massiv elementlari soni berilmasdan uning boshlang‘ich qiymatlarini berish 
yo‗li bilan e‘lon qilish. 
int a[]={2, 3, -4, 5, 6}; 
Agar massiv elementlari soni berilmasa, albatta, uning boshlang‘ich 
qiymatlari berilishi kerak. Massivning elementlar soni berilmaganda dastur 
komplyatori massiv elementlari sonini boshlang‘ich qiymatlar soni bilan aniqlaydi. 
Misol: Butun sonlardan iborat a[8] massiv berilgan uning juft elementlarini 
2ga ko‗paytirib toq elementlarini 3 ga ko‗paytirib ekranga chiqaring. 
Bu masala yechimida massiv elementining har birini juft va toqlikka 
tekshirib chiqiladi, juft bo‗lsa, ikkiga toq bo‗lsa, uchga ko‗paytirildi.
#include  
using namespace std; 


129 
int main()
{ int a[8];
for(int i=0;i<=7;i++) 
cin>>a[i]; 
for(int i=0;i<=7;i++) 
if(a[i]%2==0) {cout<else cout<return 0;
}
Kiritish ma‘lumotlari 
1 2 3 4 5 6 7 8
Dastur natijasi 
3 4 9 8 15 12 21 16 
 
Misol: n natural son va n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan 
uning eng katta elementini aniqlang. 
Bu masalani yechimini aniqlash uchun birinchi elementni eng katta deb 
qarab, massivning barcha elementini eng katta deb qaralgan element bilan 
solishtiriladi, agar solishtirilayotgan sondan kattasi topilsa, u katta bilan 
almashtiriladi. 
#include  
using namespace std; 
int main()
{ int a[10];
for(int i=0;i<=9;i++) 
cin>>a[i]; 
int max=a[0]; 
for(int i=0;i<=9;i++) 
if(a[i]>max) max=a[i]; 
cout<return 0;
}
Kiritish ma‘lumotlari 
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 
Dastur natijasi 
10 
 
Massiv elementlarini e‘lon qilish va uning elementlari ustida amallar 
bajarish yuqoridagi holatlar bo‗yicha C++ dasturlash tilida e‘lon qilib bajariladi. 


130 
Alohida bir o‗zgaruvchini ko‗rsatish uchun massiv nomi va kerakli 
o‗zgaruvchi indeksini yozamiz. C/C++ dagi massivlardagi elementlar indeksi har 
doim noldan boshlanadi. 
C++ dasturlash tilida massivlar va ulardan foydalanish keng imkoniyatlari 
mavjud, ko‗pdan ko‗p masalalarning hal etish uchun albatta massivlardan keng 
qo‗llaniladi. Ko‗pdan ko‗p dasturchilarda birinchi massivlar ustida ishlayotgan 
vaqtida qo‘yiladigan xatolar, bu massivni elementlariga murojat qilishda bo‗ladi. 
Massiv elementlariga murojat birinchi tartibi 0 dan boshlanishini, albatta, e‘tibor 
berish kerak.
Masalan, float x[15], y[15]; kabi x va y massivlar e‘lon qilingan bo‗lsa, x=y
yoki y=x kabi buyruqlarga ruxsat etilmaydi. Lekin bir massiv elementi qiymatini 
ikkinchi massiv elementi olishi mumkin. Masalan, a[0]=b[10] yoki b[5]=a[3] kabi 
buyruqlarga ruxsat etiladi. 
Massiv o‗lchami e‘lon qilingandan keyin uning chegarasidan chiqib ketish 
kutilmagan xatoliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, massiv int b[40] kabi e‘lon 
qilingan bo‗lsa, uning elementlari soni 40 ta bo‗lib, ular 0 dan 39 gacha 
nomerlangan bo‗lishi bizga ma‘lum. Lekin b[41], b[46], b[55] elementlardan 
foydalanishga yoki ularga qiymat berishga ruxsat etilmaydi. 
Yuqoridagi holatlarga, albatta, e‘tibor berib C++dasturlash tilida massivlarni 
e‘lon qilib ular ustida amallar bajarilish kerak. 

Download 2,67 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   164




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti s. Eshtemirov, F. M. Nazarov

Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish