• (k=k+kqad)
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti s. Eshtemirov, F. M. Nazarov




    Download 2,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/164
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,67 Mb.
    #146073
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   164
    Bog'liq
    ALGORITMLASH VA DASTURLASH ASOSLARI

    Ichma-ich joylashgan sikllar 
    Barcha dasturlash tillarida ichma-ich joylashgan sikl buyruqlaridan 
    foydalanish imkoniyati yechilishi mumkin bo‗lgan masalalar ko‗lamini sezilarli 
    darajada kengaytiradi. 
    for operatori yordamida tashkil qilinadigan ichma-ich joylashgan sikl 
    buyruqlarining umumiy ko‗rinishi quyidagicha: 
    for (i = imin; i < = imax; i = i + i qad) 
    for (j = jmin; j < = jmax; j = j + j qad) 
    for (k = kmin; k < = kmax; k = k + k qad)  buyruqlar; 
    Uchta ichma-ich joylashgan holni tanladik. Aslida ularning soniga chegara 
    qo‗yilmagan. Buyruqning bajarilish tartibi quyidagicha: 
    Tashqi sikl parametri o‗zining boshlang‗ich imin qiymatini qabul qiladi va 
    oxirgi imax qiymati bilan solishtiradi. Agar i<=imax mantiqiy ifodaning qiymati 
    chin bo‗lsa, o‗rta sikl parametri o‗zining boshlang‗ich jmin qiymatini oladi va 
    oxirgijmax qiymati bilan solishtiradi. Agar j<=jmax mantiqiy ifodaning qiymati 
    chin bo‗lsa, ichki sikl parametri o‗zining boshlang‗ichkmin qiymatini oladi va 
    oxirgikmax qiymati bilan solishtiradi. Agar k<=kmax mantiqiy ifodaning qiymati 
    rost bo‗lsa, buyruqlar bir marta bajarilib, ichki sikl parametri bir qadamga ortadi 
    (k=k+kqad) va yana k<=kmax mantiqiy iofodaning qiymati tekshiriladi. Agar u
    rost bo‗lsa, buyruq yana bir marta bajariladi va hokazo bu jarayon k>kmax
    bo‗lguncha davom etadi. So‗ngra o‗rta sikl parametri bir qadamga 
    ortadi(j=j+jqad) va j<=jmax shart tekshiriladi. Agar u rost bo‗lsa, ichki sikldagi 
    takrorlanishlar o‗rta sikl parametrining yangi qiymati uchun to‗liq qaytadan amalga 
    oshiriladi va hokazo bu jarayon j>jmax bo‗lguncha davom etadi. Shundan so‗ng 
    tashqi sikl parametri bir qadamga ortadi (i=i+iqad) va i<=imax mantiqiy 
    ifodaning qiymati tekshiriladi. Agar u rost bo‗lsa, tashqi sikl parametrining yangi 
    qiymati uchun o‗rta va ichki sikllardagi takrorlanishlar to‗liq qaytadan amalga 
    oshiriladi va hokazo bu jarayon i>imax bo‗lguncha davom etadi. 
    Demak, ichma-ich joylashgan uchta siklning bajarilish tartibi soatning 
    sekund, minut va soat millari harakatiga juda o‗xshaydi. Haqiqatdan, minut mili 1 
    minutga siljiguncha sekund mili 60 ta harakat sodir qiladi, soat mili bir soatga 
    siljishi uchun esa minut mili 60 minutga siljiydi. Ya‘ni tashqi sikl parametri soat 
    miliga, o‗rta sikl parametri minut miliga, ichki sikl parametri esa sekund miliga 
    mos keladi. Demak, tashqi siklda 5 marta, o‗rta siklda 8 marta, ichki siklda 9 marta 
    takrorlanishi sodir bo‗lsa, buyruqlar jami 5 * 8 * 9 = 360 marta bajariladi. 


    118 
    Ichma-ich joylashgan sikllarning umumiy ko‗rinishida blok belgilari ({ }) 
    yo‗q. Agar bir for operatori bilan ikkinchisi oralig‗ida kamida bitta buyruq bo‗lsa 
    ham blok belgisi ichiga olinadi. 
    Misol. Natural sonning tub bo‗luvchilarini va ularning yig‗indisini topish 
    dasturini tuzing. 
    #include  
    using namespace std; 
    int main () 

    int i, j, n, s, m; s=0; cin>>n; 
    for (i=2; i<=n; i++) 
    { m=i/2; for (j=2; j<=m; j++) 
    if (i%j) continue; else goto tam; 
    if (!(n%i)) { cout <return 0; 
    }
    Masalan, n ning qiymati sifatida 45 soni kiritilsa, dastur javobi 
    quyidagicha chop etiladi: 
    45 sonining tub bo‗luvchisi = 3 
    45 sonining tub bo‗luvchisi = 5 
    Tub bo‗luvchilari yig‗indisi = 8 
    Ichma-ich joylashgan sikllarning while va do-while shakllarini har xil 
    ko‗rinishlarda ifodalash mumkin. Old shartli ichma-ich joylashgan sikllarning 
    umumiy ko‗rinishi quyidagicha: 

    Download 2,67 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   164




    Download 2,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti s. Eshtemirov, F. M. Nazarov

    Download 2,67 Mb.
    Pdf ko'rish