O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti




Download 314,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana06.02.2024
Hajmi314,51 Kb.
#152380
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15) 5A234101 – RAQAMLI IQTISODIYOT

Pul va banklar fani bo’yicha: 
 
Pulning paydo bo’lish sabablari. Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi. 
Pulning mohiyati va uning namoyon bo’lish shakllari. Pulning funktsiyalari. «Pul, 
kredit va banklar» fanining predmeti va vazifalari. Fanning boshqa iqtisodiy fanlar 
bilan o’zaro aloqadorligi. Qiymat shakllarining evolyutsiyasi. Qiymatning oddiy 
yoki tasodifiy shakli. Qiymatning to’liq yoki kengaytirilgan shakli. Qiymatning 
umumiy shakli. Qiymatning pul shakli. Pulning o’ziga xos xususiyatlari. Oltin pul 
sifatida. Oltinning demonetizatsiya qilinishi. Pul shakllari va turlarining 
evolyutsiyasi. To’laqonli yoki haqqoniy pullar: ularning turlari va evolyutsiyasi. 
Kredit pullari va ularning turlari: veksel, banknota va chek. Qog’oz pullarning 
paydo bo’lishi va evolyutsiyasi. Pulning mohiyati. Pul mohiyatining namoyon 
bo’lish shakllari: pul barcha tovarlar qiymatini o’zida ifoda etuvchi umumiy 
ekvivalentdir; pul mustaqil almashuv qiymatiga ega; pul buyumlashgan 
mehnatning tashqi o’lchovi. 
Pulning 
funktsiyalari. 
Amerika 
maktabining 
pulning funktsiyalari to’g’risidagi qarashlari. Yevropa maktabining pulning 
funktsiyalari to’g’risidagi qarashlari. 
Pul muomalasini tashkil qilish asoslari. Pul muomalasi qonunlari va ulardan 
kelib chiqadigan talablar. Pul massasi va uni tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Pullarga 
bo’lgan talab va pullar taklifi. Pul muomalasi tushunchasi. Pul muomalasini tashkil 
qilish asoslari. Pul muomalasi qonunlarining mazmuni va maqsadi. Pul muomalasi 
qonunlaridan kelib chiqadigan talablar. Muomala uchun zarur bo’lgan pul 
miqdorini aniqlash uslublari. I.Fisherning “almashuv tenglamasi”. K.Marksning 
muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash formulasi. Pul muomalasi 
qonunlarining buzilishi hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. Pul massasini 
miqdoriy o’lchashning zarurligini belgilovchi omillar. Pul massasini o’lchash 
bo’yicha mavjud yondashuvlar: transaksion yondashuv; likvidli yondashuv. 
Iqtisodiyotni pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasi va unga ta’sir qiluvchi 
omillar. Pul agregatlari va ularning tarkibi. Pul bazasi va uning tarkibi: Markaziy 
bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar; tijorat banklarining majburiy 
zaxira ajratmalari; tijorat banklarining Markaziy bankdagi “Nostro” vakillik 
hisobraqamidagi pul mablag’larining qoldiqlari. Pulning aylanish tezligi va uni 
hisoblash uslublari. Pulning aylanish tezligiga ta’sir qiluvchi omillar. Pul 
multiplikatori va uni aniqlash tartibi. Pullarga bo’lgan talabni aniqlash. Pullar 
taklifini baholash. 
“Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Pul tizimining shakllari. Pul 
tizimining elementlari. O’zbekiston Respublikasi pul tizimining shakllanishi va 
rivojlanishi. “Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Pul tizimini tashkil qilish 
shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish printsiplari. Pul tizimining shakllari: 


bimetallizm; monometallizm; qog’oz va kredit pullari tizimi. Pul tizimining 
elementlari: milliy pulning nomi; muomaladagi pullarning shakllari va turlari; pul 
massasi va uning tarkibi; pul aylanmasini tashkil qilish va uning tarkibi; pul 
tizimini tashkil qilish printsiplari; baho masshtabi; naqd pullarni muomalaga 
chiqarish va muomaladan olish tartibi; pul tizimini tashkil qiluvchi va tartibga 
soluvchi organ. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishilgan 
dastlabki davrda “rubl zonasi”da qolish sabablari. Oraliq valyuta – so’m-
kuponning muomalaga kiritilishi. Milliy valyuta-so’mning muomalaga kiritilishi. 
O’zbekiston Respublikasi pul tizimining rivojlanishi. Pul islohotlarini amalga 
oshirishning zarurligini belgilovchi omillar. Pul islohotlarining muvaffaqiyatini 
ta’minlash shartlari. Pul islohotlarini amalga oshirish usullari; nullifikatsiya; 
denominatsiya; devalvatsiya; revalvatsiya. O’zbekiston Respublikasida amalga 
oshirilgan pul islohotlari.
“Inflyatsiya” tushunchasining mazmuni va inflyatsiyaning turlari. 
Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. Inflyatsiyaga qarshi kurash va pulning 
barqarorligini ta’minlash yo’llari. “Inflyatsiya” tushunchasining mazmuni. 
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi sabablar. Inflyatsiyaning turlari: talab 
inflyatsiyasi; chiqim inflyatsiyasi; yashirin inflyatsiya; sudraluvchi inflyatsiya; 
yo’rg’alovchi inflyatsiya; giperinflyatsiya; lokal inflyatsiya; global inflyatsiya. 
Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. Inflyatsiyaning makroiqtisodiy o’sish 
sur’atlariga ta’siri. Inflyatsiyaning investitsion jarayonlarga ta’siri. Inflyatsiyaning 
aholi turmush darajasiga ta’siri. Inflyatsiyaga qarshi kurash va pulning 
barqarorligini ta’minlash yo’llari. Inflyatsion targetlash. Ish haqining o’sishini 
nazorat qilish. Pul massasining o’sishini jilovlashga qaratilgan monetar siyosatni 
amalga oshirish. Davlat byudjeti xarajatlarini qisqartirish. Ish haqining o’sishini 
nazorat qilish. Soliqqa tortish tartibini o’zgartirish. Pullar taklifini tartibga solish. 
“Pul aylanmasi” tushunchasining mazmuni va pul aylanmasining tarkibiy 
tuzilishi. Naqd pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari. Naqd pullarni 
muomalaga chiqarish va muomaladan olish tartibi. Naqdsiz pul aylanmasi va uni 
tashkil qilish printsiplari. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi va uning elementlari. 
Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari. “Pul aylanmasi” tushunchasining mazmuni. 
“Umumiy to’lov aylanmasi” tushunchasi va uning tarkibi. To’lov aylanmasining 
tarkibi. Pullarning naqd pulsiz aylanmadagi harakat yo’nalishlari. Pullarning naqd 
aylanmadagi harakat yo’nalishlari. Pul aylanmasining tarkibi: tovarsiz pul 
aylanmasi; pullarning tovarlar bilan bog’liq aylanmasi; naqdsiz pul aylanmasi; 
naqd pul aylanmasi; bir shahar ichidagi aylanma; shaharlararo aylanma. “Naqd pul 
aylanmasi” tushunchasining mazmuni. Naqd pul aylanmasining zarurligi. Naqd pul 
aylanmasining tarkibi. Naqd pul mablag’lari oqimi. Naqd pullarni muomalaga 
chiqarish va muomaladan olish tartibi. Markaziy bankning zaxira-vakillik tizimi. 


Davlat byudjetining kassa ijrosi jarayonida naqd pullarni muomalaga chiqarish. 
Naqd pul aylanmasini tashkil qilish printsiplari. Naqd pullarga bo’lgan talabni 
qisqartirish yo’llari. Plastik kartochkalar va pullik cheklar vositasidagi to’lovlar.
“Naqdsiz pul aylanmasi” tushunchasining mazmuni. Naqd pulsiz hisob-kitoblar 
tizimi va uning elementlari. To’lov hujjatlarining turlari. ujjatlar aylanish tartibi. 
To’lov usullari. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari.  

Download 314,51 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 314,51 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti

Download 314,51 Kb.
Pdf ko'rish