227
Faylning mantiqiy nomi fizik nomiga bog‘lanish vaqtida fizik nomi adresi
bilan to‗liq yozilish kerak aks holda fayl bog‘lanmaydi.
Agar yaratilgan dastur
turgan papkada fayl yaratilgan bo‗lsa, adresi ko‗rsatilmasdan uning nomi
ko‗rsatilishi kifoya.
Misol:
output.txt va input.txt fayllarini yarating va ularga mos ravishda f va
g mantiqiy nomlari bilan bog‘lang.
#include
#include
using namespace std;
int main()
{
ofstream f;
f.open("output.txt");
ifstream g;
g.open("input.txt");
return 0;
}
Yuqoridagi dasturga e‘tibor qaratsak,
output.txt va input.txt
fayllar f va g
fayllar bilan bog‘landi. f va g fayllar mos ravishda yozish va o‗qish uchun tayyor
holatga keltirildi. C++ dasturlash tilida fayllarga murojat qilish uchun dasturning
ixtiyoriy joyida bir qadam oldinda mantiqiy nomi bilan bog‘lash kerak.