126
Yuqoridagi holat bo‗yicha massivlar kompyuter xotirasiga saqlanadi, bunda
massivning ixtiyoriy elementiga murojat qilish
uchun uning indeks nomeri
bo‗yicha murojat qilinadi. Bir o‗lchovli massivning har bir elementi bitta nomerga
ega bo‗ladi. Bunday massivlar asosan ob‘ektlar ro‗yxati yoki bir o‗zgaruvchili
funksiya grafigini chizish uchun tuzilgan jadval kabi ma‘lumotlardan
tashkil
topgan bo‗ladi.
Bir o‗lchovli massivlarni C++ dasturlash tilida bir nechta usullarda e‘lon
qilish mumkin. Bir o‗lchovli massivlarni boshlang‘ich qiymatlari berilmasdan C++
dasturlash tilida quyidagicha e‘lon qilinadi.
[];
Massivni C++ dasturlash tilida e‘lon qilish uchun, albatta,
elementlar soni
yoki massiv elementlarining boshlang‘ich qiymatlari berilishi kerak. Masalan,
float a [20];.
Bunda
float
- massiv turi, a - massiv nomi. Massiv nomi faqat bitta
harfdan iborat bo‗lmasdan ixtiyoriy identifikator ham bo‗lishi mumkin,
[20]–
massiv o‗lchami, ya‘ni massiv elementlari soni. Ushbu massivi quyidagicha
o‗qiladi. «Elementlari haqiqiy sonlardan iborat bo‗lgan anomli massiv e‘lon
qiliingan bo‗lib, elementlari soni
20 ta
va ular
0
dan
19
gacha nomerlangan».
Massivni bu tarzda e‘lon qilishdan
maqsad EHM xotirasida uning
elementlari uchun joy ajratishdir. Massivni e‘lon qilmasdan uning elementlaridan
dastur tarkibida foydalanib bo‗lmaydi.
C++ dasturlash tilida massiv elementlari noldan boshlab nomerlanadi.
Masalan, massiv o‗lsami n bo‗lsa uning elementlari 0 dan n-1 gacha nomerlanadi.
Massiv elementlari nomerli kvadrat qavsga olib ko‗rsatiladi. Demak,
yuqorida e‘lon qilingan massivning birinchi element a[0], oxirgi elementi esa a[19]
bo‗ladi.
Massiv elementlari nomerli albatta butun son bo‗lishi shart.
Shuningdek,
massiv indeks qiymati butun son bo‗ladigan algebrik ifoda bo‗lishi ham mumkin.
Yoki massiv indeksi butun turli o‗zgaruvchi ham bo‗lishi mumkin. Shuning uchun
agar massiv indeksini sikl parametri kabi aniqlash yo‗li bilan massivning barcha
elementlari ustida amallar bajarish mumkin.
float va double kabi haqiqiy turga mansub o‗zgaruvchilarning qiymatlari har
qanday kichik kesmada cheksiz ko‗p bo‗lganligi tufayli bunday o‗zgaruvchilardan
indeks sifatida foydalanib bo‗lmaydi, ya‘ni bunday o‗zgaruvchilar
yordamida
massiv elementlarini tartiblab sanab bo‗lmaydi.
Massiv uzunligi, ya‘ni elementlari
sonini aniqlash uchun