C++ DASTURLASH TILIDA FUNKSIYALARNI YARATISH VA




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/173
Sana16.05.2024
Hajmi2,67 Mb.
#238775
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   173
Bog'liq
Tarixi 37 bet

 
4.4 C++ DASTURLASH TILIDA FUNKSIYALARNI YARATISH VA 
ULARDAN FOYDALANISH 
Reja: 
 
1. Qism dasturlar; 
2.Funksiya va ularni e‘lon qilish; 
3. Funksiya tanasini tasvirlash; 
4. Funksiyani e‘lon qilmasdan undan foydalanish; 
5. Global va lokal o‗zgaruvchilar; 
6. Global o‗zgaruvchilar qiymatini saqlab qolish. 
Masalaning dasturi yetarlicha katta hajmga ega bo‗lsa, uni bir butunligicha 
tasavvur qilib, uning mayda qismlari o‗rtasidagi bog‗lanishni sezish va ular 
o‗rtasidagi bog‗lanishni tashkil qilish jarayoni ko‗p mehnat, aqliy zo‗riqish va vaqt 
talab qiladi. Tajribali dasturchilar yetarlicha murakkab masalaning dasturlarini ham 
aqliy zo‗riqishlarsiz tuzish texnologiyalari va usullarini ishlab chiqishgan. 
Shunday usullardan biri dasturlashga tizimli (sistemali) yondashish usulidir. 
Dasturlashga tizimli yondashish quyidagicha ikki holdan boshlanadi. 
Birinchidan
, masalani mumkin bo‗lgan mayda qismlarga, agar mumkin 
bo‗lsa mayda qismlarni ham yana mayda qismlarga bo‗lib ketaveramiz, toki o‗sha 
qismlar hamma tushunadigan oddiy amallardan iborat bo‗lib qolsin. Shundan so‗ng 
o‗sha qismlarning dasturlarini alohida-alohida tuzib, asosiy (bosh) dasturga 
biriktiriladi va yaxlit masalani yechish dasturi paydo bo‗ladi. 
Masalan, tanlangan funksiyani tekshirish dasturini tuzish talab etilgan 
bo‗lsin. Bunda quyidagi amallarni bajaruvchi dasturlar tuzib olinadi: 


154 
- funksiyaning aniqlanish sohasini topish;
- funksiyaning qiymatlar sohasini topish; 
- funksiyaning nollarini aniqlash; 
- funksiyaning OY o‗qini kesish nuqtalarini aniqlash; 
- funksiyaning juft-toqligini aniqlash; 
- funksiyaning davrini aniqlash; 
- funksiyaning musbat oraliqlarini aniqlash; 
- funksiyaning manfiy oraliqlarini aniqlash; 
- funksiyaning o‗sish oraliqlarini aniqlash; 
- funksiyaning kamayish oraliqlarini aniqlash; 
- funksiyaning ekstremum nuqtalarini aniqlash; 
- funksiyaning ekstremum qiymatlarini aniqlash;
- funksiyaning grafigini chizish; 
amallarini bajaruvchi dasturlar tuzib olinadi. Agar zarurat bo‗lsa, bu 
dasturlarning har biri yana mayda dasturlarga bo‗linib, har birining dasturlari 
tuziladi va «Funksiyani tekshirish» nomli asosiy dasturga birlashtiriladi. 

Download 2,67 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   173




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 C++ DASTURLASH TILIDA FUNKSIYALARNI YARATISH VA

Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish