|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti s. Eshtemirov, F. M. NazarovBog'liq Tarixi 37 bet
Ikki o‗lchovli massivlarni samarali usullar bilan saralash uchun bir o‗lchovli
massivlar uchun o‗rinli bo‗lgan o‗
rniga qo‗yish
va o‗
rin almashtirish
usullarini
tadbiq etish yo‗li bilan saralanadi.
Nazariy savollar
1 Bir o‗lchovli massivlarni saralash usullarini ayting?
2 Bir o‗lchovli massivlarni oddiy, o‗rniga quyish va o‗rin almashtirish usullarini
tushuntirib bering?
3 Bir o‗lchovli massivlarni saralash usullarini ayting?
4 Bir o‗lchovli massivlarni oddiy, o‗rniga qo‘yish va o‗rin almashtirish usullarini
tushuntirib bering?
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
1.
n natural soni berilgan. Dastlabki n ta toq sondan tashkil topgan massivni
hosil qiling massiv elementlarini o‗sish tartibida saralang va elementlarini
chiqaring.
146
2.
n natural soni berilgan. 2 sonining dastlabki n ta darajasidan tashkil
topgan massivni hosil qiling, massiv elementlarini o‗sish tartibida saralang va
elementlarini chiqaring. (1, 2, 4, 8, ……)
3.
n natural soni va arifmetik progressiyaning dastlabki hadi A va ayirmasi
D berilgan. Arifmetik progressiyaning dastlabki n ta hadidan tashkil topgan
massivni hosil qiling va massiv elementlarini o‗sish tartibida saralang,
elementlarini chiqaring.
A
i
= A
i-1
+ D
4.
n natural soni va geometrik progressiyaning dastlabki hadi A va maxraji
D berilgan. Geometrik progressiyaning dastlabki n ta hadidan tashkil topgan
massivni hosil qiling, massiv elementlarini o‗sish tartibida saralang va
elementlarini chiqaring.
A
i
= A
i-1
* D
5.
n natural soni berilgan. Datslabki n ta Fibonachchi sonlaridan tashkil
topgan massivni hosil qiling, massiv elementlarini o‗sish tartibida saralang va
elementlarini chiqaring.
F0 = 1; F1 = 1; F[k] = F[k-1] + F[k-2]; k=2, 3, 4, …
6.
n natural soni va A, B butun sonlari berilgan (n > 2). a[0] = A; a[1] = B;
boshqa elementlari o‗zidan oldingi barcha elementlari yig'indisiga teng bo‗lgan
massivni hosil qiling, massiv elementlarini o‗sish tartibida saralang va
elementlarini chiqaring.
7.
n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Uning elementlari teskari
tartibda chiqaruvchi dastur tuzilsin.
8.
n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Uning elementlari
orasidan toqlarini indekslari o‗sish tartibida chiqaruvchi va ularning sonini
chiqaruvchi dastur tuzilsin.
Massiv elementlar: 4 5 7 8 6 9
Natija: 5 7 9 toqlar soni = 3
147
9.
n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Uning elementlari
orasidan juftlarini indekslari kamayish tartibida chiqaruvchi va ularning sonini
chiqaruvchi dastur tuzilsin.
Massiv elementlar: 4 5 7 8 6 9
Natija: 6 8 4 juftlar soni = 3
10.
n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Dastlab massiv
elementlari orasidan juftlarini indekslari o‗sish tartibida chiqaruvchi, keyin
massiv elementlari orasidan toqlarini indekslari kamayish tartibida chiqaruvchi
dastur tuzilsin.
Massiv elementlar: 4 5 7 8 6 9
Natija: 4 6 8 9 7 5
11.
n ta elementdan tashkil topgan massiv va K butun soni berilgan (1 <= K
< n). Massiv elementlari orasidan indeksi K ga karralilarini kamayish tartibida
chiqaruvchi dastur tuzilsin. A
k
, A
2k
, A
3k
, …. Shart operatori ishlatilmasin.
12.
n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan (n juft son). Massiv
elementlari orasidan quyidagilarni kamayish tartibida chiqaruvchi dastur tuzilsin.
A[0], A[2], A[4], … Shart operatori ishlatilmasin.
13.
n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan (n toq son). Massiv
elementlari orasidan quyidagilarni o‗sish tartibida chiqaruvchi dastur tuzilsin.
A[n-1], A[n-3], …, A[1]. Shart operatori ishlatilmasin.
14.
n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Dastlab massiv
elementlari orasidan juft indekslarni keyin toq indekslarni kamayish tartibida
chiqaruvchi dastur tuzilsin. A[0], A[2], A[4],…A[1], A[3], A[5], …. Shart
operatori ishlatilmasin.
15.
n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan (n juft son). Dastlab
massiv elementlari orasidan toq indekslilarini o‗sish tartibida keyin juft
indekslilarini kamayish tartibida chiqaruvchi dastur tuzilsin. A[1], A[3],
A[5],…A[6], A[4], A[2], A[0]. Shart operatori ishlatilmasin.
16.
n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari
quyidagicha chiqaruvchi dastur tuzilsin.
148
A[0], A[n-1], A[1], A[n-2], A[2], A[n-3], …
17.
n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari
quyidagicha chiqaruvchi dastur tuzilsin. A[0], A[1], A[n-1], A[n-2], A[3], A[4],
A[n-3], A[n-4],…
18
. n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massiv elementlari
ichidan musbatlarini alohida manfiylarini alohida kamayish tartibda chiqaring.
19
. A(n) massiv elementlarini o‗sish tartibida saralang va uning toq
elementlarini alohida juft elementlarini alohida chop eting.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti s. Eshtemirov, F. M. Nazarov
|