• Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
  • O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti s. Eshtemirov, F. M. Nazarov




    Download 2,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet92/173
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,67 Mb.
    #238775
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   173
    Bog'liq
    Tarixi 37 bet

    Nazariy savollar 
     
    1 Murakkab tur deganda nimani tushunasiz? 
    2 Massiv deb nimaga aytiladi? 
    3 Massiv nechta turga bo‗linadi? 
    4 Bir o‗lchovli massiv deb nimaga aytiladi? 
    5 Bir o‗lchovli massivning umumiy ko‗rinishi? 
    6 Bir o‗lchovli massivning e‘lon qilish usullari? 
    7 Ikki o‗lchovli massivning umumiy ko‗rinishi? 

    Ikki o‗lchovli massivning e‘lon qilish usullari? 
    9. Massiv deganda nimani tushunasiz va u qanday ma‘noni anglatadi? 
    Misollar keltirting. 
    10. Massivlar qanday va qayerda e‘lon qilinadi? Massiv nima maqsadda
    e‘lon qilinadi? 
    11. Necha xil massivlardan foydalaniladi? 
    12. M(n,m) massivda nechta ustun va nechta satr bor? 
    13. Massiv elementlari boshqa kattaliklar majmuasidan qanday farq qiladi? 
    14. Bir, ikki, uch o‗lchovli massiv elementlari qanday yoziladi? Yozib 
    ko‗rsating. 
    15. Matritsa nima? Kvadrat matritsa qanday matritsa? 
    16. Kvadrat matritsaning: 
    a) bosh dioganalida; b) bosh dioganalidan yuqorida; c) bosh 
    dioganalidan pastda joylashgan elementlari qanday xususiyatlarga ega? 
    17. float c[30]; massivi e‘lon qilingan bo‗lib, unuing elementlari ci=2*i-7 
    qonuniyat bo‗yicha o‗zgarsa, uning n-elementi nachaga teng bo‗ladi? 
    18. Elementlari butun turli D nomli ikki o‗lchovli massiv elementlari 6 satr 
    va 23 uctunda joylashgan. Shu massivni e‘lon qiling. 


    136 
    19 Rand funksiyasi va uning umumiy ko‗rinishi? 
    20 Rand funksiyasi vazifasi? 
    Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar 
    1. Natural n va m hamda haqiqiy sonli A(1:n, 1:m) massiv berilgan. Uning 
    o‗rta arifmetik qiymatini toping. 
    2. Natural n va m hamda haqiqiy sonli A(1:n, 1:m) massiv berilgan bo‗lsin. 
    Uning eng kattasi elementini toping. 
    3. Natural n va m hamda haqiqiy sonli A(1:n, 1:m) massiv berilgan. Uning 
    eng kichik elementi necha marta uchraydi ? 
    4. N butun soni va haqiqiy sonli B(1:N, 1:N) massiv berilgan. Uning 
    diagonal elementlari orasida eng kattasini aniqlang. 
    5. Butun a1, a2, va a3 sonlari berilgan. Butun sonli B(1:3,1:3) jadval 
    elementlarini bi,j=ai-3aj formula yordamida aniqlang. Bu jadvalning barcha 
    elementlari ko‗paytmasini hisoblang. 
    6. Butun a1, a2, a3 va a4 sonlari berilgan bo‗lsin. Butun sonli B(1:4, 1:4) 
    jadvalning elementlari 
     
     
     
    formula yordamida aniqlanadi. Bu jadvalning eng katta va eng kichik 
    elementlarining tartib raqamlarini aniqlang. 
    7. Natural n va m hamda haqiqiy sonli A(1:n,1:m) massiv berilgan bo‗lsin. 
    Shumassivning har bir satridagi eng katta elementlar ichida eng kichigini toping. 
    8. n butun soni va haqiqiy sonli B(1:n,1:n) massiv berilgan. Uning bosh va 
    qarama-qarshi diagonallaridagi elementlar yig‗indisini hisoblang. 
    9. Natural n va m hamda haqiqiy sonli A(1:n,1:m) massiv berilgan bo‗lsin. 
    Shu massivning har bir ustunidagi eng kichik elementlar ichida eng kattasini 
    toping. 
    10. Natural n va m hamda haqiqiy sonli A(1:n,1:m) massiv berilgan bo‗lsin. 
    Shu massivning birinchi elementlari musbat bo‗lgan ustunlaridagi elementlarning 
    yig‗indisini hisoblansin. 
    11. Natural n va m hamda haqiqiy sonli A(1:n,1:m) massiv berilgan bo‗lsin. 
    Shumassivning birinchi elementlari musbat bo‗lgan satrlardagi elementlarning 
    ko‗paytmasini toping 
    12. Butun sonli A(1:10, 1:20) massivda necha xil elementlar uchrashini 
    aniqlang. 


    137 
    13. Butun sonli A(1:10, 1:10) massivda bir xil elementlar mavjud yoki 
    mavjud emasligini aniqlang. 
    14. n butun soni va haqiqiy sonli B(1:n,1:n) massiv berilgan. Hisoblang: 
    x1y1+...+xnyn. Bu yerda xi-B ning i-satridagi eng katta element, yj-esa B ning j 
    ustunidagi eng kichik element. 
    15. n natural soni berilgan bol‗sin. A(1:n, 1:n) haqiqiy sonli jadval 
    elementlarini
     
     
    formula yordamida aniqlang. 
    16. Natural n va m hamda haqiqiy sonli A(1:n,1:m) massiv berilgan. Shu 
    massivning eng katta va eng kichik elementlari joylashgan satrlari o‗rinlarini 
    almashtiring. 
    17. Natural n va m hamda haqiqiy sonli A(1:n, 1:m) massiv berilgan. Shu 
    massivning eng katta va eng kichik elementlari joylashgan ustunlari o‗rinlarini 
    almashtiring. 
    18. n tartibli B kvadrat matrisa berilgan bo‗lsin. Unda hamma elementlari 
    juft sonlardan iborat bo‗lgan ustun mavjudmi ? 
    19. n tartibli B kvadrat matrisa berilgan bo‗lsin. Unda hamma elementlari 
    bir xil bo‗lgan satrlar qancha ? 
    20. m tartibli A kvadrat matrisa berilgan. Unda ikki qo‗shni elementlarning 
    o‗rta geometrik quymatiga teng bo‗lgan elementlar joylashgan satrlarning tartib 
    raqamlarini aniqlang. 
    21. m tartibli A kvadrat matrisa berilgan. Unda elementlarining yig‗indisi 
    ikki qo‗shni ustunlardagi elementlar yig‗indisining yarmiga teng bo‗lgan ustun 
    mavjudmi ? 
    22. n tartibli B kvadrat matrisa berilgan. Unda elementlari simmetrik usulda 
    joylashgan ustunlar mavjudmi ? 
    23. n natural, x haqiqiy sonlar hamda A(1:n,1:n) haqiqiy sonli jadval 
    berilgan bo‗lsin. B(n) - bir o‗lchovli jadval elementlarini aniqlang. Bu yerda bi=1, 
    agar A ning i-satrida x dan katta bo‗lgan elementlar mavjud bo‗lmasa, aks holda 
    bi=0. 
    24. m tartibli A kvadrat matrisa berilgan. Unda elementlari o‗sish tartibida 
    joylashgan satr mavjudmi ? 


    138 
    25. m tartibli A kvadrat matrisa berilgan. Unda elementlari kamayish 
    tartibida joylashgan biror ustun mavjudmi? 
    26. Natural n va m sonlar hamda A(1:n,1:m) haqiqiy sonlar jadvali 
    berilgan. Shu jadvalning har bir satridagi elementlarni o‗sish tartibida tartiblang. 
    27. Natural n va m sonlar hamda A(1:n,1:m) haqiqiy sonlar jadvali 
    berilgan. Shu jadvalning har bir ustunidagi elementlarni kamayish tartibida qayta 
    joylashtiring. 
    28. Natural n va m sonlari hamda A(1:n, 1:m) haqiqiy sonlar jadvali 
    berilgan. Bu jadvalning diagonal elementlarini o‗sish tartibida tartiblang. 
    29. Natural n soni hamda A(1:n,1:n) haqiqiy sonlar jadvali berilgan. Shu 
    jadvalning qarama-qarshi diagonal elementlarini kamayish tartibida tartiblang. 
    30. Mamlakat futbol chempionati (20x20) jadval orqali berilgan bo‗lsin 
    Uning bosh diagonal elementlari 4 lardan iborat bo‗lib, qolgan elementlari 0, 1 
    yoki 3 ga teng. Shu jadvalni to‗ldiring. Bunda bosh diagonaldan yuqoridagi 
    elementlarning qiymatlari kiritiladi. Bosh diagonalning quyi qismidagi 
    elementlarni 
     
     
     
     
     
    formula bilan aniqlang. 

    Download 2,67 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   173




    Download 2,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti s. Eshtemirov, F. M. Nazarov

    Download 2,67 Mb.
    Pdf ko'rish