• Bir o„lchovli massiv elementlarini tartiblash
  • C++ DASTURLASH TILIDA MASSIV ELEMENTLARINI SARALASH




    Download 2,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/173
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,67 Mb.
    #238775
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   173
    Bog'liq
    Tarixi 37 bet

     
    4.2 C++ DASTURLASH TILIDA MASSIV ELEMENTLARINI SARALASH 
    Reja:
    1. Bir o‗lchovli massiv elementlarini tartiblash; 
    2. Ikki o‗lchovli massiv elementlarini tartiblash;
    Massiv elementlarini o‗sish yoki kamayish tartibida joylashtirish masalasi 
    massivlarga oid masalalarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Dasturlash asoslari 
    fanining massivlarga oid masalalari tarkibining aksariyat hollarida massiv 
    elementlarini o‗sish yoki kamayish tartibida bo‗lishi ta‘lab etiladi. Lekin massiv 
    elementlarini hosil qilishda yoki kompyuter xotirasiga kiritishda massiv 
    elementlari tartiblanmagan bo‗ladi. Massiv elementlarini tartiblash uchun bir 
    nechta usullar mavjud, lekin biz bu massiv elementlarini tartiblash uchun bir 
    nechta tushunish oson bo‗lgan usullarni qarab o‗tamiz. 


    139 
    Bir o„lchovli massiv elementlarini tartiblash 
    Massiv elementlarini tartiblash jarayoni ikki xil bo‗ladi, ya‘ni massiv 
    elementlarini o‗sish yoki kamayish bo‗yicha tartiblash mumkin. C++ dasturlash 
    tilida massiv elementlarini o‗sish va kamayish bo‗yicha tartiblashda bir biridan 
    katta farq qilmaydi, ularning algoritmi bir xil bo‗ladi faqat o‗sish va kamayish 
    bo‗yicha tartiblashda bitta > yoki < shartlar bilan farq qiladi. Shuning uchun 
    tartiblash masalalarini bittasini o‗sish yoki kamayishni tushuntirib o‗tamiz siz 
    uning tarkibidagi shartni teskarisiga almashtirsangiz o‗sish bo‗lsa kamayish, 
    kamayish bo‗lsa o‗sishga almashadi. Ketma-ketliklar va ular ustida amallar orqali 
    hal etiladigan masalalar tarkibida ketma-ketliklarning o‗sish yoki kamayish 
    tartibda saralash muommolari yotadi.
    Dastlab saralash algoritmlarinig eng oddiy turini ko‗rib o‗tamiz. Bunda berilgan 
    ketmaketlikning har bir elementi o‗zidan keying elementlar bilan solishtiriladi agar 
    kichik bo‗lsa almashtiriladi aks holda keyingisi bilan solishtiriladi, shu tariqa 
    massivning kichik elementlari ro‗yxat boshiga kattalari esa ro‗yxat oxiriga borib 
    joylashadi.
    Algoritmdagi jarayonni aniqlash uchun quyidagi masalaga e‘tibor bering. 
    A=[3; 5; 1; 0; 6] ketma ketlikni oddiy usul bilan saralash algoritmi bo‗yicha 
    quyidagi almashtirishlar hosil bo‗ladi. 
    [3; 5; 1; 0; 6], [1; 5; 3; 0; 6] , [0; 5; 3; 1; 6] , [0; 3; 5; 1; 6], [0; 1; 5; 3; 6], [0; 1; 
    3; 5; 6].
    Demak yuqoridagi misolga e‘tibor bersak eng kichik elementlar ro‗yxat 
    boshiga birin keyin harakatlanib o‗tmoqda natijada berilgan ketma ketlik o‗sish 
    tartibida saralanib qoladi. Bu usulni C++ dasturlash tilida quyidagicha 
    tasvirlashimiz mumkin. 
     

    #include  
    using namespace std;
    int main()
    { int a[90]; 
    int n,t; cout<<‖n=‖;
    cin>>n;
    for(int i=0;icin>>a[i];
    for(int i=0;ifor(int j=i+1;jif(a[i]>a[j]) { t=a[i]; 


    140 
    a[i]=a[j]; 
    a[j]=t; 

    for(int j=0;jcout<cout<<‖\n‖;
    return 0;
    }
    Kiritish uchun ma‘lumot 
    n=5 
    3 5 1 0 6 
    Dastur natijasi 
    0 1 3 5 6 
    Yuqorida keltirib o‗tilgan algoritm bilan massiv kamayish tartibida ham 
    saralash mumkin, faqatgina sikl ichidagi shartni almashtirish kerak. Kamayish 
    bo‗yicha tartiblash uchun C++ dasturlash tilida quyidagi dasturga e‘tibor bering. 
     

    #include  
    using namespace std;
    int main()
    { int a[90]; 
    int n,t; cout<<‖n=‖;
    cin>>n;
    for(int i=0;icin>>a[i];
    for(int i=0;ifor(int j=i+1;jif(a[i]a[i]=a[j]; 
    a[j]=t; 

    for(int j=0;jcout<return 0;
    }
    Kiritish uchun ma‘lumot 
    n=5 
    3 5 1 0 6 
    Dastur natijasi 
    6 5 3 1 0


    141 
    Saralash uchun bir nechta usullar mavjud, lekin ko‗p hollarda biz ketma-
    ketliklarni saralashda vaqt chegarasidan yutqazib qo‗yamiz.
    Bunday holatlarni oldini olish uchun ba‘zi mavjud usullarni keltiramiz. 
    O‗rniga qo‗yish usuli bilan saralash algoritmi: 
    Bunda ikkinchi elementdan 
    boshlab har bir element tanlab olinib o‘zidan oldingi elementlar bo‗yicha 
    solishtiriladi. Natijada tanlangan element o‘zidan oldingi elementlar ichida 
    solishtirish natijasida o‘z joyiga borib tushadi. Bu holat toki oxirgi elementgacha 
    bajarilib boradi.
    Algoritmdagi jarayonni aniqlash uchun quyidagi masalaga e‘tibor bering. 
    A=[3; 5; 1; 0; 6] ketma ketlikni o‗rniga qo‗yish usuli bilan saralash algoritmi 
    bo‗yicha quyidagi almashtirishlar hosil bo‗ladi. 
    [3; 5; 5; 0; 6], [3; 3; 5; 0; 6] , [1; 3; 5; 0; 6] , [1; 3; 5; 5; 6], [1; 3; 3; 5; 6], [1; 1; 
    3; 5; 6], [0; 1; 3; 5; 6]
     
    Ushbu jarayonni amalga oshiruvchi algoritm quyidagicha: 
    Algoritm bo‗yicha C++ tilida quyidagi dastur asosida ko‗p elementdan iborat 
    massivlarni ham saralash mumkin. 
    #include  
    #include  
    #pragma hdrstop 
    using namespace std; 
    #pragma argsused 
    int main(int argc, char* argv[]) 
    { int l,i,x,n; int a [100]; cout<<"n="; cin>>n; 
    Bosh 
    N,A[i] 
    (l>=1) 
    (a[l]>x) 


    i=2;i<=N;i++ 
    x=a[i]; l=i-1;
    A[l+1]=A[l];
    l=l-1;
    A[l+1]=x; 

    Tamom 


    142 
    for(int i=1;i<=n;i++) cin>>a[i]; 
    for(int i=2;i<=n;i++) 
    { x=a[i]; l=i-1; while((l>=1)&(a[l]>x)) { a[l+1]=a[l]; l=l-1; } 
    a[l+1]=x; 

    for(int j=1;j<=n;j++) cout<system("pause"); 
    return 0; } 
    O‗rin almashtirish usuli bilan saralash algoritmi: 
    Usulning asosiy prinsipi 
    katta elementlarning ro‗yxat uchiga otilib chiqadi va bu vaqtda kichik 
    qiymatlar pastga tushadi. Usulda ichma ich sikldan foydalaniladi birinchi n-1 
    marta, ikkinchi n-2 marta va oxiri bir marta har bir element o‘zidan keyingi 
    element bilan solishtiriladi. 
    Bunda kichik elementlar ro‗yxat oxiriga katta elementlar ro‗yxat boshiga 
    tushadi. Kuzatish mumkinki, har bir o‗tishda bir qancha elementlar siljiydi va 
    bitta elementgina o‗zining o‗rnini qat‘iy egallaydi. 
    Algoritmdagi jarayonni aniqlash uchun quyidagi masalaga e‘tibor bering. 
    A=[3; 5; 1; 0; 6] ketma ketlikni o‗rin almashtirish usuli bilan saralash algoritmi 
    bo‗yicha quyidagi almashtirishlar hosil bo‗ladi. 
    [3; 1; 5; 0; 6], [3; 1; 0; 5; 6] , [1; 3; 0; 5; 6] , [1; 0; 3; 5; 6], [0; 1; 3; 5; 6] 
    O‗rin almashtirish usuli bilan saralash algoritmining ko‗rinishi quyidagicha: 
    O‗rin almashtirish usuli C++ tilida quyidagi ko‗rinishda bo‗ladi. 
    Bosh 
    N,A[i],N1=N,x=1 
    X=1 


    N1--; x=0; 
    i=1;i<=N1;i++ 
    A[i]>A[i+1] 
    t=A[i]; A[i]=A[i+1]; A[i+1]=t; x=1; 



    Tamom 


    143 
    #include  
    #include  
    using namespace std; 
    int main(int argc, char *argv[]) 
    { int l,i,x,n,t; int a [100]; cout<<"n="; cin>>n; int N1=n; x=1; 
    for(int i=1;i<=n;i++) cin>>a[i]; 
    while(x==1) 
    { N1--; x=0;
    for(int i=1;i<=N1;i++)
    if (a[i]>a[i+1])
    {t=a[i]; a[i]=a[i+1]; a[i+1]=t; x=1;} 
    } for(int j=1;j<=n;j++) cout<system("PAUSE"); return 0; return EXIT_SUCCESS; } 
    Yuqoridagi ikki saralash usuli yordamida ko‗p elementli massivlarni qisqa 
    vaqt ichida saralash imkoniyatiga ega bo‗lamiz. 

    Download 2,67 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   173




    Download 2,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    C++ DASTURLASH TILIDA MASSIV ELEMENTLARINI SARALASH

    Download 2,67 Mb.
    Pdf ko'rish