O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti s. Eshtemirov, F. M. Nazarov




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/173
Sana16.05.2024
Hajmi2,67 Mb.
#238775
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   173
Bog'liq
Tarixi 37 bet

Funksiyalarni e‟lon qilish 
C++ dasturlash tilida funksiyalar yaratish ulardan dasturning ixtiyoriy joyida 
foydalanish uchun, albatta, funksiyalarni dastur tanasida e‘lon qilish kerak. C++ 
dasturlash tilida funksiyalarni e‘lon qilishning bir necha usullari mavjud. C++ 
dasturlash tilida main() asosiy funksiya tarkibida boshqa funksiyalardan 
foydalanish uchun, albatta, funksiyalar main() asosiy funksiyadan oldin e‘lon 
qilinishi kerak. Funksiyalarni e‘lon qilish uning prototipi yoki signaturasi ham 
deyiladi. 
Ta‘rif: Dastur tarkibidagi funksiyalarni main() funksiyasidan oldin 
dasturlash tilida yozilishi 
funksiyalarni e‟lon qilish 
deyiladi.
C++ dasturlash tilida funksiyalarni e‘lon qilishning umumiy ko‗rinishi 
quyidagicha bo‗ladi: 
tur (tur ); 
Funksiyani e‘lon qilish jarayonida birinchi funksiya natijasining, ya‘ni 
funksiya qaytaradigan turi keltiriladi, keyin funksiya nomi qavs ichida funksiya 


157 
o‗zgaruvchilari turi va o‗zgaruvchilari keltiriladi. Funksiya qaytaradigan turi 
argument bajarilgandan so‗ng hosil bo‗ladigan natija turi bilan ustma- ust tushishi 
kerak aks holda komplyator xato keltiradi. Funksiya nomi funksiya bajaradigan 
vazifadan kelib chiqqan holda qo‘yiladi, chunki dastur tuzuvchi mutaxassislar 
uchun umumiy holda tushunish oson bo‗lishi kerak. Masalan, ketma-ketliklarni 
yig‘indisini hisoblash funksiyasiga 
sum(), 
to‗rtinchi darajali ildizni hisoblash 
uchun 
sqrt4(), 
sonning ekubini hisoblash uchun 
ekub(), 
sonning ekukini hisoblash 
uchun 
ekuk() 
va faktorialni hisoblash uchun 
fak() 
deb nomlash maqsadga muvofiq 
bo‗ladi. Funksiya tarkibiga kiritilishi kerak bo‗lagan o‗zgaruvchi argumentlar, 
albatta, avval turi bilan qavs ichida vergul bilan ajratilib yozilishi kerak. Funksiya 
qaytaradigan turi, funksiya qabul qiladigan argumentlar turi va funksiya tarkibidagi 
buyruqlar asosida aniqlanadi. C++ dasturlash tilida 
birdan n gacha
bo‗lgan butun 
sonlarning yig‘indisini
hisoblovchi va ikkita butun sonning yig‘indisini 
hisoblovchi funksiyalarni quyidagicha e‘lon qilish kerak:

#include  
int sum(int n);
int yig(int a, int b); 
using namespace std;
int main()
{
}
Birdan n gacha bo‗lgan butun sonlarning yig‘indisini hisoblash uchun sum 
nomi bilan int sum(int n) funksiya yaratiladi. Funksiyani natijasi butun tur bo‗ladi, 
chunki butun turdagi sonlarning yig‘indisi, albatta, butun bo‗ladi. sum(int n) 
funksiyasining argument sifatida bitta n soni qabul qilinadi, chunki birdan n gacha 
sonlar yig‘indisini hisoblash jarayoni faqat n ga bog‘liq bo‗ladi. Ikkita sonning 
yig‘indisini hisoblash uchun int yig(int a, int b) funksiyasi yaratiladi. Funksiya 
qaytaradigan natija turi butun bo‗ladi, chunki butun turdagi sonlarning yig‘indisi, 
albatta, butun bo‗ladi. Yig‘indini hisoblash funksiya argumenti ikkita 
a
va 
b
sonlari qavs ichida turi bilan keltiriladi, chunki ikki sonning yig‘indisi ikkita butun 
songa bog‘liq bo‗ladi. Har doim ham funksiya natijasining turi argument turi bilan 
bir xil bo‗lmaydi. Ikki sonning nisbatini aniqlovchi funksiyani quyidagicha e‘lon 
qilinadi. 

#include  


158 
double nisbat(int a, int b);
using namespace std;
int main()
{
}
Ikki sonning nisbatini aniqlash uchun double nisbat(int a, int b) funksiyasi 
yaratiladi, nisbat funksiyasi natijasining turi haqiqiy bo‗ladi, chunki ikkita butun 
sonning nisbati doimo butun bo‗lavermaydi. 

Download 2,67 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   173




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti s. Eshtemirov, F. M. Nazarov

Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish