O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi toyloq tuman 2-son kasb-hunar maktabi




Download 5,05 Mb.
bet33/42
Sana17.05.2024
Hajmi5,05 Mb.
#239366
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Bog'liq
Erkaklar va ayollar sartaroshi to\'plam

Mavzu: Soqol olish
Reja:

1.Ustara haqida ma’lumot


2.Qaychi haqida ma’lumot
3. Soqol olish
Sotsiologlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, har kuni tongda oyna oldida soqol olish erkaklar umrining o‘rtacha 180 kunini band etar ekan. Mazkur kunlik yumush ko‘pchilik erkaklar uchun yoqimsiz mashg‘ulot hisoblansa-da, uning foydali tomonlari ham yo‘q emas. Masalan, soqol olish natijasida yuz terisi o‘ziga xos massaj qilinadi. Shuningdek, yuz terisidagi eskirgan, halok bo‘lgan hujayralardan tozalanadi. Bu esa terining sog‘lom bo‘lishiga xizmat qiladi.
Kosmetologlar 17-18 yoshdan boshlab muntazam soqol olishni tavsiya etishadi. Bu jarayonda tonggi soqol olish to‘g‘ri tarzda amalga oshirilishi lozim. Shunda yuz terisi ham, tuklar ham zarar ko‘rmaydi.
Soqol olishning ikki xil usuli mavjud – quruq va nam.
Birinchisi, elektr soqol olish uskunasi yordamida soqol olish hisoblanadi. Bu usul odatiy ustara bilan soqol olishdan ko‘ra oddiyroq va xavfsiz bo‘lib, nisbatan kam vaqt oladi ham. Biroq bunday vositalarni sotib olishda e’tiborli bo‘lish talab etiladi. Chunki ba’zi soqollarni ustaralari aylanasiga harakatlanuvchi elektr ustaralar oson va yaxshi tozalasa, ba’zilarini tishlari to‘g‘ri harakat qiluvchi britvalar tozalay oladi.
Nam usulda soqol olish esa yuz terisini top-toza qilib qirtishlashga yordam beradi. Bu ayniqsa moyli va har xil toshma, chandiq yoki yara izlari ko‘p bo‘lgan terilar uchun qo‘l keladi. Bunda ustara har doim o‘tkir bo‘lishi kerak. Shu bois ularni o‘z vaqtida almashtirib turing.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, soqol olish terini kuchli ta’sirlantirmasligi kerak. Buning uchun ko‘pgina zamonaviy kosmetik vositalardan foydalanish mumkin. Masalan, soqol olish uchun mo‘ljallangan krem, ko‘pik va gellar.
Krem soqol tuklari follikulalarini yumshatadi va soqol olish vaqtida terining nam bo‘lib turishini ta’minlaydi. Agarda teri ta’sirchan bo‘lsa, geldan foydalangan ma’qulroq. Yog‘li yuz terilari uchun esa maxsus ko‘piklar qo‘l keladi.
Agarda elektr ustara bilan soqol olsangiz, kosmetik vositalarning moy yoki spirt asosida tayyorlangan bo‘lishiga e’tibor qarating. Yaxshisi, soqol olishdan avval issiq kompress qilgan ma’qul. Buning uchun salfetka yoki sochiq ikki buklanadi va issiq suvga botirilib, yengilgina siqiladi. Shundan so‘ng yuzga 2-3 daqiqa bosib turiladi.Kosmetologlar ta’sirchan yuzlarga moychechak (romashka), kalendula yoki yalpiz o‘tlari damlamasidan foydalanishni tavsiya etishadi.
Har kuni soqol olish qanchalik og‘ir tuyulsada, uning foydali jihatlari ham yo‘q emas. Avvalo kun davomida soch-soqol tartibga olib yurilsa, kayfiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qolaversa, atrofdagilarning sizga bo‘lgan munosabati ham yaxshi tomonga o‘zgaradi. Shu bilan birga, ushbu mashg‘ulot yuzga ajin tushishidan himoyalaydi. Soqol olinayotganda yuz terisi o‘lik teri hujayralaridan xalos bo‘ladi.
Soqol olish massaj yo‘nalishi bo‘ylab amalga oshirilishi kerak: iyakdan quloq solinchagiga, bo‘yindan yuqoriga — iyak va yanoqlarga. Biroq bunda oddiy qoidani yodda tuting: soqol tuklar o‘sgan tomon bo‘ylab olinishi kerak. Iyak va og‘iz atrofidagi tuklar qattiq bo‘lgani sababli soqol olishga mo‘ljallangan vositalar teriga ozroq shimilishi uchun bu yer ular oxirida olinishi maqsadga muvofiq.
Agarda yuzda husnbuzarlar bo‘lsa, terining bu qismi shikastlanmasligiga diqqat qiling. Aks holda yuz terisi jarohat olishi, bu yer turli infeksiyalardan zararlanishi mumkin. Shuningdek, ustarani biror spirt asosli vosita bilan zararsizlantirib turish ham foydadan holi bo‘lmaydi.
Soqol olish uchun kosmetik vositalar tanlashda imkon qadar kam spirtli, turli hid taratuvchi moddalarsizini tanlagan ma’qul. Soqol olib bo‘lgandan so‘ng E vitamini, moychechak, aloye, yalpiz ekstraktlari mavjud kremdan yuzga yupqa qilib surtish mumkin. Ular terining achishishi, ta’sirchanligini kamaytiradi, behosdan kesib olingan joylar bo‘lsa, qon oqishini to‘xtatadi.





Download 5,05 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Download 5,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi toyloq tuman 2-son kasb-hunar maktabi

Download 5,05 Mb.