• Mexanik ishlov berish uchun sarflangan vaqt me’yorining tarkibi .
  • O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Toshkent davlat texnika universiteti Qo`qon filiali




    Download 29,98 Kb.
    Sana19.07.2024
    Hajmi29,98 Kb.
    #267951
    Bog'liq
    2-20 Rofiqov Diyorbek Mashinasozlik texnologiyasi



    O`zbekiston Respublikasi
    Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
    Toshkent davlat texnika universiteti Qo`qon filiali
    2-20 guruh talabasi
    Rofiqov Diyorbekning

    Mashinasozlik Texnologiyasi
    fanidan

    MUSTAQIL ISHI

    QO`QON-2023

    Mexanik ishlov berish uchun sarflangan vaqt me’yorining tarkibi .

    Vaqt me’yorini texnik hisoblar va tahlillar asosida dastgohlami, kesuvchi asboblami imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni, ishlov berilayotgan detalga qo‘yilgan texnikavly shartlarni inobatga olib aniqlanadi. Mashinasozlikda vaqt me’yori belgilash metal , dastgohlarida bajariladigan alohida amal uchun sarflangan vaqti yoki vaqt birligi ichida tayyorlanadigan detallar miqdorini aniqlash demakdir. Shunday qilib texnik asoslangan vaqt me’yori deganda ma’lum bir tashkiliy-texnikaviy sharoitlarda ishlab chiqarish vositalaridan ilg‘or usullar yordamida unumli foydali texnologik jarayon amalini bajarish uchun sarflangan vaqt tushiniladi. Vaqt me’yorini o‘rnatishda quyidagi shartlarni inobatga olish zarur:


    1 .Ish ma’lum toifali ishchi tomonidan bajarilishi zarur;
    2.Ushbu ishni bajarish uchun eng unumdor materiallar va asboblar qollanilishi zarur;
    3.Optimal kesish ma’romlari tanlanishi kerak, ko‘p keskichli dastgohlar va shu kabi yuqori unumdorlikka ega usullardan foydalanish zarur;
    4.Mexanik ishlov berish uchun qo‘yimlar miqdori to'g'ri belgilanishi kerak;
    5.Vaqt me’yoriga dastgoh ishlab turgan paytda qo‘lda bajariladigan ishlar kiritilmasligi kerak;
    6.Vaqt me’yoriga nuqsonli detallarni to‘g‘rilashga va ularni o‘rniga boshqasini tayyorlash uchun sarflangan vaqt kiritilmaydi;
    7.1shni to‘g‘ri tashkil qilish maqsadida ish o‘rniga chizmalar, materiallar, moslamalar, kesuvchi va boshqa asbob-uskunalar avvaldan keltirib qo‘yilishi zarur;
    8.Kesuvchi asboblarni charxlash markazlashgan bo‘lishi zarur; Charxlangan kesuvchi asbobni ish o‘rniga tayyor holda uzatiladi;
    9.Vaqt me’yoriga hal qilinmagan tashkiliy masalalar bo‘yicha to‘xtashlar uchun va boshqa ko‘rinishdagi uzilishlar uchun sarflangan vaqt kirmaydi;
    10. Vaqt me’yori normal ish sharoitidan kelib chiqqan holda belgilanishi zarur.
    Texnikaviy vaqt me’yori ishchining ish xaqini belgilashda va mahsulotni tannarhini kalkulyatsiya tuzilishda asosiy omillardan biri. Vaqt me`yorini aniqlash usullari texnik vaqt me’уorini aniqlash alohida amalni bajarishni tahlil qilib, har bir ish uchun sarflangan vaqtni hisoblash asosida olib beriladi. Bu usul hisobiy analitik usul deb yuritiladi. Texnik vaqt me’yorini hisoblash usuli ishlab-chiqarish xarakteriga bog‘liq bo'ladi. Yalpi ishlab-chiqarish sharoitida vaqt me’yorini aniqlashda har bir xatti-harakat inobatga olinsa, seriyali ishlab-chiqarish sharoitida xatti-harakatlar guruhi inobatga olingan holda hisob olib boriladi. Donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida namunaviy texnologik jaravonlar va amallar bilan taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Bu usullarga ko‘ra, qo‘lda bajariladigan harakatlar va harakatlar guruhi uchun sarflangan vaqt xronometraj asosida ishlab chiqarilgan vaqt me’yoriga (me’yorlash bo‘yicha 48 jadvallarda keltirilgan) ko'ra aniqlanadi. Bu holda harakatlarni bajarish unumli ketma-ketlik asosida bo‘lib asosiy vaqt davomida ayrim harakatlarni bajarilishi nazarda tutiladi. Asosiy vaqt (asosiy-texnologik yoki mashina vaqt) tenglamalar asosida nazariy hisoblanadi. Bu tenglamalar (formulalar) dastgohning kinematik sxemasiga ko‘ra kesish ma’romlarini inobatga olib tuzilgan. Xronometraj mill. Bu usulda vaqtni me’yorlovchi xotira (normirovshik) bajariladigan ishlar bilan to‘liq tanishib chiqadi. Amalni bajarish uchun harakatlar guruhini tuzadi. Ilg'or ishchi tomonidan bajariladigan harakatlar uchun sarflangan vaqt ham o‘lchanadi. har bir harakatlar guruhi uchun sarflangan vaqt 10- 100 marta takroran o‘lchanadi va o‘rtacha miqdori qabul qilinadi. Natijada bir dona detal tayyorlash uchun sarflangan vaqt aniqlanadi. Shu vaqtga ko‘ra ishchining ish xaqi bajarilgan ishiga qarab va rag‘batlantirishni hisobga olib tayinlanadi, Agarda ushbu ishni bajaruvchi ishchilarni ko‘p qismi vaqt me’yorini 120 % bajarsa, u holda vaqt me’yori qayta ко‘rib chiqiladi. Xuddi shu usulda bajarilgan ishlar yozib borilsa sarflangan vaqt aniqlansa, bu usulni ish joyini suratga olish usuli deb ham yuritiladi.

    6.2.Mexanik ishlov berish uchun sarflangan vaqt me 'yorining tarkibi



    Bir dona detal tayyorlash uchun sarflangan donaviy vaqtning tarkibi quvidagicha bo‘ladi: a) asosiy yoki texnologik vaqt; b) yordamchi vaqt; v) ish joyiga xizmat ko‘rsatish uchun sarflangan vaqt. Agarda vaqt sarfi bitta detal uchun aniqlansa, u donaviy vaqt deb yuritiladi. Bundan tashqari, tayyorlash vaqti ham mavjud bo‘lib, u bitta partiyadagi detallar uchun hisoblanadi. Bu vaqtning miqdori partiyadagi detallar soniga bog‘liq bo'lmaydi. Shunday qilib, donaviy - kalkulyatsiya vaqti asosiy va tayyorlash vaqtlarini yi.g‘mdisiga teng bo‘ladi. 49 Asosiy (texnologik) vaqt bu bevosita metallni kesib ishlash uchun sarfiangan vaqt bo‘lib ma’lum bir metall qatlamini olib tashlash bilan bog‘liqdir. Yordamchi vaqt quyidagilami o‘z ichiga oladi: a) dastgohni boshqarish uchun sarfiangan vaqt, bu dastgohni yurgizish, to‘xtatish, tezlik va uzatishlar miqdorini o‘zgartirish va h.k.; b) kesuvchi asbobni yordamchi yurishi; v) xomashyoni moslamaga o‘matish, mahkamlash, ishlov berilgandan so‘ng olib qo‘yish, xuddi shuningdek, kesuvchi asbobni va moslamani dastgohga o‘matish va olib qo‘yish; g) Detaining o‘lchamlarmi nazorat qilish: o‘lchov asbobini dish, о‘Ichash, joyiga qo‘yish. Yordamchi vaqt qo'ida, mashina va mexanizmlar yordamida bajarilishi mumkin. Ish joyiga xizmat ko‘rsatish texnik va tashkiliy xizmat ko'rsatishlarga bo‘linadi. Ish joyiga texnik xizmat ko‘rsatishga quyidagilar kiradi: a) dastgohni sozlash va moslash; b) o'tmaslashga kesuvchi asbobni almashtirish; v) kesuvchi asbobni to‘g‘rilash (olmos yordamida); g) qirindidan (ish jarayonida) tozalash. Ish joyiga tashkiliy xizmat ко ‘rsathhga quyidagilar kiradi: a) ish smenasini boshlanishida va yakunida kesuvchi asboblami saranjomlash; b) dastgohni moylash va tozalash; v) dastgohni ko‘zdan kechirtsh va sinab ko‘rish. Ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqti asosiy texnologik vaqtga bog‘liq boiadi. Shuning uchun ushbu vaqtni miqdorini asosiy va yordamchi vaqtlar yig‘indisi operativ vaqtga nisbatan foizlarda aniqlanadi (ko'p seriyali va yalpi ishlab chiqarish) va 3-5 % atrofida bo‘ladi. Tanaffuslar, dam olish va ishchining jismoniy ehtiyojlarini qondirish uchun sarfiangan vaqt. Bu vaqt ishlab-chiqarish va dastgoh xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlandi. Og‘ir va ishni 50 icz toliqtiruvchi ishlarda tanaffuslar va dam olish uchun vaqt ko‘zda tutiladi. Ishchining jismoniy ehtiyojni qondirish uchur. sarflangan vaqt operativ vaqtga nisbatan foizlarda aniqlanib 2-3% ni tashkil etadi. Tayyorlash vaqtL Bu vaqt seriyalab ishlab chiqarisb sharoitida qoilaniladi va yangi partiya detallami chizmasini texnologik jarayonni o‘rganish uchun ajratiladi. Bun dan tashqari dastgohni sozlab , moslama va kesuvchi asboblami almashtirisl ishdan so‘ng esa (partiya detallariga ishlov berilgandan so‘iig; ulami yana qayta almashtirish kabi ishlar ham shu vaqt doirasig: kiradi. Yuqoridagilami inobatga olib donaviy vaqt quyidagicL ko‘rinishda bo‘ladi: U = ta + V + ^ ~ 4 ’ min’ (6-v' bu yerda: ta - asosiy vaqt, min; tyor- yordamchi vaqt, min; ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqti, min; tj - ishchining jismoniy ehtiyojini qondirish uchun sarflangan vaqt, min. Donaviy-kalkulyatsiya vaqt esa: t d - k = t a + 1уог + f xiz + > m m ’ (6,2 » bu yerda: ttay - tayyorlash vaqti, min; n - partiyadagi detallar soni.
    Download 29,98 Kb.




    Download 29,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Toshkent davlat texnika universiteti Qo`qon filiali

    Download 29,98 Kb.