339
Qishloq xoʻjaligi uchun kerak boʻlgan erlarga talab uning
hosildorligiga va bu hosildorlikni oshirish imkoniyatlariga, erning
joylashuviga
(qishloq
xoʻjalik
mahsulotlari iste’molchilaridan
uzoqlashish darajasiga) bogʻliq.
Qishloq xoʻjalik erlariga talab oziq-ovqat mahsulotlariga boʻladigan
talab bilan belgilanadi. Ma’lumki, oziq-ovqat mahsulotlariga talab
noelastikdir. Insonlar oziq-ovqatsiz yashay olmaydilar. Shuning uchun
am oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlariga boʻlgan talab, ularning
narxi qanchalik oshmasin, kam oʻzgaradi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga talabning noelastikligi shuni bildiradiki,
ularning taklifini kam miqdorda qisqartirish, mahsulotlar narxini keskin
oshib ketishiga sabab boʻlishi mumkin va aksincha, taklifning
koʻpayishi (hosildor yil kelganda), oziq-ovqat mahsulotlari narxini
keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin.