540
Birinchidan, milliy daromadning potensial oʻzgarishlar sababini
koʻrib chiqmoq lozim. Biz milliy daromad oʻzgarishi salohiyati
sabablarini nazada tutgan holda IS-LM modelining qanday ekzogen
oʻzgaruvchan holatlari (davlat xaridi, soliqlar va pul taʼminoti) berilganda
narx darajasining endogen oʻzgaruvchan (foiz stavkasi va milliy
daromad) taʼsirini koʻrishimiz mumkin. Shuningdek, tovarlar bozorida
(IS egri chizigʻi) va pul bozori (LM egri chizigʻi) boʻyicha turli qisqa
muddatlik foiz stavkasini va milliy daromadga qanday taʼsir qilishini
koʻrib chiqish kerak.
Ikkinchidan, IS-LM modelining jami talab va jami taklif modeli
bilan moslashishini koʻrib chiqish zarur. Shu jumladan, biz IS-LM
modelining jami talab yigʻindisini va oʻrnini tushuntirish nazariyasini
taʼminlab beramiz. Bu yerda biz oʻz taxminlarimizni susaytirishimiz va
belgilangan narxlar darajasini va IS-LM modelidagi narxlari darajasini va
milliy daromad oʻrtasidagi salbiy munosabatni nazarda tutgan holda
koʻrsatishimiz kerak. Model bizga yana jami talabning qanday yonalishda
kengayishini aytib berishi mumkin.