530
ΔY – daromadlarning oʻsishi.
Progressiv soliq tizimi multiplikator
samarasini yumshatadi va
ishlab chiqarish hamda bandlilik darajalarini barqarorlashtiradi.
Soliqqa tortish hisobga olingan holdagi xarajatlar multiplikatori
soliqqa tortish hisobga olinmagan holdagi soliq multiplikatoridan ancha
kichikroq
miqdorga ega, chunki daromadlarga aylangan xarajatlarning
bir
qismi soliqlarga chegirilib, muomaladan chiqadi va multiplikatsiya
samarasini pasaytiradi. Bu ikkala formulani solishtirganda ham koʻzga
tashlanadi.
Shuningdek, ochiq iqtisodiyotda oshgan daromadlarning bir
qismi importga yoʻnaltirilishi oqibatida
muomaladan chiqib ketishi
tufayli multiplikator samarasi yopiq iqtisodiyotga nisbatan pastdir.
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikator va muvozanatli
ishlab chiqarish hajmi quyidagi tenglamalar sistemasini yechib topiladi:
Y=C+I+G+Xn
C=a+b(1-t) x Y
Xn=g+m’Y
Agarda (2) va (3) tenglamalarni asosiy
makroiqtisodiy ayniyatga
qoʻyib, yechsak quyidagi yechimga ega boʻlamiz:
1
Y= ------------------- (a+I+G+g)
1(1-b(1-t)+m’
Bu yerda: 1 / 1(1-b(1-t)+m’ ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlar
multiplikatori.
Muvozanatli daromadlar darajasiga
soliqlarni kamaytirish ham
multiplikativ ta’sir koʻrsatadi. Soliqlar miqdorini ΔT ga kamaytirsak,
tasarrufdagi daromad darajasi ΔT ga oshadi. Iste’mol
xarajatlari mos
tarzda ΔTx b (bu yerda b-iste’molga chegaraviy moyillik) miqdorga
oshadi va u rejalashtirilgan xarajatlar egri chizigʻini
yuqoriga siljitadi,
milliy ishlab chiqarish hajmini esa ΔU ga oshiradi.
Soliq multiplikatsiya samarasi davlat xarajatlari singari soliqlarning
bir marta oʻzgarishi oqibatida iste’molning bir necha bor oʻzgarishiga
bogʻliq.
531
T↓(ΔT)
Yd↑ (ΔYd= -ΔT)
C↑ (ΔC=b(-ΔT))
E↑ (ΔE=b(-ΔT))
Y↑ (ΔY=b(-ΔT)
C↑ (ΔC=b(b(-ΔT))
E↑ (ΔE=b
2
(-ΔT))
Y↑
(ΔY=b
2
(-ΔT))
C↑ (ΔC=b(b
2
(-ΔT))) va h.k.
Demak, soliq multiplikatorini quyidagicha tasvirlash mumkin: