546
Demak tovarlar va xizmatlar bozorida
daromadlar darajasi va foiz
stavkasi dinamikasi oʻrtasida teskari bogʻliqlik mavjud.
R oʻzgarmagan holda IS egri chizigʻining oʻngga yoki chapga
siljishi quyidagi omillar ta’sirida roʻy beradi:
- iste’mol xarajatlari darajasi;
- davlat xaridi darajasi;
- sof soliqlar (soliqlar - subsidiyalar - transfertlar);
- investitsiyalar hajmining (R ning mavjud stavkasida) oʻzgarishi.
IS tenglamasini iste’mol, investitsiya
va sof eksport funksiyalari
tenglamalarini asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qoʻyib, uni R va Y ga
nisbatan yechib topiladi.
R ga nisbatan topilgan IS tenglamasi:
a+ e + g 1-b (1-t) + m` 1 b
R = ---------------- - ----------------------- Y + ------------ G - --------- Ta ,
d+n d +n d +n d+n
bu yerda T = Ta + t Y
Y ga nisbatan topilgan IS tenglamasi:
a + e + g 1 b d+n
Y = ----------------- - ------------- G - ----------------Ta - ----------------- R ,
1-b (1-t) + m` 1-b (1-t) + m` 1-b (1-t)+ m` 1-b (1-t) + m`
bu yerda T = Ta + t Y
(1-b (1-t) + m`)/ (d+n)
IS egri chizigʻining Y oʻqiga
nisbatan
ogʻish burchagini koʻrsatadi va fiskal hamda pul kredit siyosati
samaradorligining nisbiy parametrlaridan biri hisoblanadi.
547
27.4. LM - egri chizigʻi va uning tenglamasi
LM egri chizigʻi oʻzgarmas narxlar
sharoitida pul vositalari
bozorida vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasi
oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aks ettiradi. LM egri chizigʻining har bir
nuqtasida pulga talab Md pul taklifi Ms ga teng boʻladi (liquidity
Preferense = Money Supply). Pul
bozorida bunday muvozanatga
daromad Y ning oshishi bilan foiz stavkasi R koʻtarilsagina erishiladi.
Ma’lumki, pulga talab miqdoriga foiz stavkasidan tashqari
daromadlar darajasi ham ta’sir koʻrsatadi. Daromadlar yuqori boʻlsa,
xarajatlar ham koʻp boʻladi. Bu esa, oʻz navbatida iste’mol
va boshqa
xarajatlar uchun pulga talabni oshishiga olib keladi. Shunday qilib,
daromadlar darajasining yuqoriroq boʻlishi pul talabini oshiradi.
Boshqacha aytganimizda, daromad va pulga talab dinamikasi oʻrtasida
toʻgʻri bogʻliqlik mavjud.
Pulga talab funksiyasini quyidagicha yozamiz: