549
Y = (1/k) (M/P) + (h/k) R.
k/h koeffitsiyenti LM egri chizigʻining Y oʻqiga nisbatan ogʻish
burchagini xarakterlaydi hamda fiskal va pul
kredit siyosatining nisbiy
samaradorligini baholaydi.
Shunday qilib, LM egri chizigʻi oʻzgarmas narxlar sharoitida pul
vositalari bozorida vujudga keladigan
foiz stavkasi va daromadlar
darajasining kombinatsiyalarini koʻrsatadi. LM egri chizigʻining har bir
nuqtasida pul bozorida talab va taklif oʻzaro teng boʻladi.
27.5. IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat
Bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
makroiqtisodiy
muvozanatga
erishishning roli va ahamiyati benihoya kattadir. Makroiqtisodiy
muvozanat mamlakat iqtisodiyotining toʻgʻri yoki notoʻgʻri yoʻldan
borayotganligini koʻrsatuvchi omillardan biri boʻlib hisoblanadi.
Chunki, iqtisodiyotda boʻlayotgan doimiy oʻzgarishlar
xar qanday
mamlakatni ham iqtisodiy muvozanatdan chiqarib yuborishi mumkin.
Iqtisodiy tizimlardagi ogʻish tovarlar va xizmatlar taqchilligini
yoki ortiqcha
ishlab chiqarilganligini, inflyatsiya,
ishsizlik va shunga
oʻxshash boshqa salbiy hodisalar sifatida namoyon boʻladi. Ular
iqtisodiyot samaradorligining pasayishiga va aholi turmush tarzini tushib
ketishiga olib keladi. Shu sababli ham iqtisodiy muvozanat
muammolarini tadqiq qilish eng muhim vazifalardan biri boʻlib
hisoblanadi.
IS-LM egri chiziqlari kesishadigan
nuqta IS-LM modelidagi
iqtisodiy muvozanat holatini koʻrsatadi. Bu nuqta oʻzida shunday foiz
stavkasi «R» ni va daromad darajasi «Y» ni aniqlaydiki, bunda tovarlar
va xizmatlar bozorida talab va taklif hamda real pul mablagʻlariga
boʻlgan talab va ularning taklifi oʻzaro teng boʻladi. (27.7- rasm.)