551
xarajatlari koʻpayadi va IS egri chizigʻi ham oʻngga siljib yangi nuqtada
muvozanat oʻrnatiladi.
Agar modelda muvozanati LM egri chizigʻining gorizontal (keyns)
kesmasida yuzaga kelsa pul massasining koʻpaytirilishi investitsiyalar,
ishlab chiqarish va bandlilikning oʻsishiga olib kelmaydi. Bu iqtisodiy
tizimda aloqalar buzilganligidan dalolat beradi.
Bunda pul taklifining
oʻsishi tovarlar bozoriga ta’sir koʻrsata olmaydi, chunki pul bozorida
foiz stavkasini kamaytirish imkoniyati qolmaydi. Bunday vaziyat
likvidlilik tuzogʻi nomini olgan.
“Likvidlilik tuzogʻi vaziyatida kredit (monetar)
siyosat yalpi talab
va milliy daromadni ragʻbatlantirish vositasi sifatida kutilgan samarani
keltirib chiqarmaydi va shu sababli, keynschilar fikriga koʻra,
(ixtiyorimizda) faqat bir dastak - soliqlar va
hukumat xarajatlari orqali
yalpi talabga bevosita ta’sir koʻrsatadigan fiskal siyosatgina qoladi”
*
.
Agar
modelda
IS egri chizigʻi LM egri chizigʻining vertikal
kesmasidan kesib oʻtganda yuz bergan boʻlsa pul taklifini oshirish milliy
daromadning oʻsishigava foiz stavkasining pasayishiga olib keladi.
Aksinсha, davlat xarajatlarining oshirilishi esa, keynschilar fikriga koʻra,
bu kesmada yalpi talabga va milliy daromad hajmiga ta’sir
koʻrsatmaydi.
Agar IS egri chizigʻi vertikal koʻrinishda boʻlsa, ya’ni
investitsiyalarga talab foiz stavkasi oʻzgarishiga ta’sirchan (elastik)
boʻlmagan, masalan investorlar kelajakdagi bozor konyunkturasining
noaniqligi sababli oʻz investitsiyalari istiqboliga
tushkun baho bersalar
investitsion tuzoq yuzaga keladi. Investitsion tuzoq shuni anglatadiki,
IS egri chizigʻi vertikal boʻlganda LM egri chizigʻining siljishlari real
daromad miqdorini oʻgartirmaydi. Bu holatda pul-kredit siyosati yalpi
talalab va milliy daromad hajmiga hech qanday ta’sir koʻrsatmaydi,
fiskal siyosat esa samarali boʻladi.
Demak pul- kredit siyosati foiz stavkalari yuqori boʻlganda samarali
boʻladi. Fiskal siyosat esa foiz stavkasi minimal, ya’ni LM egri chizigʻi
gorizontal, IS egri chizigʻi esa vertikal boʻlganda samaraliroq boʻladi.
*
Ивашковкий С.Н. Макроэкономика: Учебник.-2-е изд., доп.- М.: Дело, 2002,
с. 219 .
552
Model yordamida makroiqtisodiy
siyosat variantlarini tanlash,
shuningdek, usullarini muvofiqlashtirilgan holda qoʻllash va siqib
chiqarish samaralarini kamaytirish yoʻllarini tahlil etish mumkin.