Iqtisodiy oʻsish omillari va tiplari




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/366
Sana17.05.2024
Hajmi7,53 Mb.
#240249
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   366
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
28.2. Iqtisodiy oʻsish omillari va tiplari 
Iqtisodiy o‘sish jami taklifning o‘sishini yoki boshqacha 
aytganimizda, haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi.
Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish natijasida real ishlab chiqarish 
tizimi duch keluvchi – cheklangan resurslardan samarali foydalanish 
muammosiga yechim topiladi. Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular 
samaradorligini o‘rganish hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng 
dolzarb muammolardan biridir. 
Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli oʻsishi
sur’atlarini, koʻlamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi 
hodisa va jarayonlar iqtisodiy oʻsish omillari deyiladi. 
Iqtisodiy oʻsish omillari ikki guruhga ajratiladi:
Birinchi guruh omillari iqtisodiy oʻsishni fizik (ashyoviy) jihatdan 
ta’minlaydi. Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi: 

tabiiy resurslar soni va sifati; 

mehnat resurslari soni va sifati; 

asosiy kapital

hajmi; 

texnologiyalar

va ishlab chiqarishni tashkil etish; 


557 

jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi. 
Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy oʻsish potensialini 
yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari
bilvosita omillar) kiritiladi: 

bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi; 

iqtisodiyotdagi soliq muhiti; 

kredit-bank tizimi samaradorligi; 

iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlarining oʻsishi; 

eksport hajmining oʻsishi; 

iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash 
imkoniyatlari; 

daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi. 

Agar oʻsish qoʻshimcha resurslarni jalb etish hisobiga ta’minlansa 


va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan oʻrtacha 
samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy deb ataladi. 
YaIMning oʻsishi iqtisodiyotda band boʻlganlar sonidan yuqori 
sur’atga ega boʻlsa intensiv iqtisodiy oʻsish roʻy beradi. “Iqtisodiy 
oʻsishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga 
bogʻliq. U foydalanilayotgan resurs birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot 
ishlab 
chiqarishni 
koʻpaytirishni, 
ishlab 
chiqarishning 
texnik 
xususiyatlarini yaxshilashni koʻzda tutadi.
Iqtisodiy oʻsishning bu ikki tipi sof holda roʻy bermaydi. Iqtisodiy 
oʻsish uni ta’minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi 
darajasiga qarab koʻproq ekstensiv, yoki koʻproq intensiv boʻlishi 
mumkin. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   366




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish