9.4. Asimmetrik axborotlashgan bozor.
“Men sen bilmaydigan bir narsani bilaman”. Bu bolalar orasida juda
mashhur hazil, shu bilan birga uning tagida odamlar ba’zida oʻzaro
qanday muomalada boʻlishlarini koʻrsatuvchi haqiqat bor. Hayotda
koʻpincha bir odam atrofda nima boʻlayotganini boshqasidan koʻra
koʻproq biladi. Hozirgi hodisaga taalluqli boʻlgan turlicha bilimlar farqi
axborot asimmetriasi
deyiladi.
Misollar. Ishchi oʻz ish beruvchisiga qaraganda oʻz ishiga qancha
kuch ketishini koʻproq biladi. Ishlatilgan mashina egasi xaridorga
qaraganda mashinaning holati haqida koʻproq ma’lumotga ega.
Birinchisi
yashirin faoliyatga
misol boʻlsa, ikkinchisi
yashirin tavsifga
misol boʻla oladi. Ikkala holatda ham ma’lumotga ega boʻlmagan taraf
(ish beruvchi, xaridor) haqiqiy ma’lumotni bilmoqchi, lekin unga ega
boʻlgan taraf (ishchi va sotuvchi) ataylab haqiqatni bir qismini berkitishi
mumkin.
155
Assimetrik axborot
juda keng tarqalgani sababli iqtisodchilar yaqin
oʻn yilliklarda uning ta’sirini oʻrganish uchun juda koʻp kuch sarflashdi.
Asimmetrik axborot - bu shunday holatki, bozordagi bozor subyektlari
oʻrtasida boʻladigan savdo-sotiqda ularning bir qismi kerakli, muhim
axborotga ega, qolgan qismi esa ega emas.
Bozordagi tovarlarni taqsimlanishi optimal boʻlishi tovarlar narxi
va tovar toʻgʻrisida qanchalik toʻgʻri axborot berishi bilan bogʻliq.
Raqobatlashgan bozorni qaraganimizda biz axborotni simmetrik
ravishda taqsimlangan, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilar axborot
bilan toʻliq ta’minlangan, deb faraz qilgan edik. Bunday holatda narxlar
sotiladigan ne’matlarning alternativ xarajatlari toʻgʻrisida toʻliq axborot
beradi. Aniq va toʻliq axborotning boʻlishi bozordagi ne’matlarning
optimal taqsimlanishiga yordam beradi. Lekin, bozorda ahvol butunlay
boshqacha. Sotuvchilar oʻz tovarlari sifatini yaxshi bilsada, ushbu
axborotni xaridordan yashiradi. Xuddi shunday xaridorlar ham
oʻzlarining bozordagi xatti-harakatlarini yashirib, har xil yoʻl bilan
savdo-sotiqda bir tomonlama yutuqqa erishishga harakat qiladi. Bozor
narxi oʻzida juda koʻp axborotni mujassamlashtiradi. Ushbu axborotni
bozor qatnashchilari qancha toʻliq bilsa, savdo-sotiq ikki tomon uchun
shuncha samarali boʻladi, ya’ni ikki tomon ham maksimal foyda koʻradi.
Yuqoridagidan kelib chiqib aytish mumkinki, bozorda axborotlar
asimmetrik (toʻliq) boʻlmaganligi uchun bozor mexanizmi ham yetarli
darajada mukammal emas.
Haqiqatdan 2001-yil iqtisod sohasida Nobel mukofoti sovrindorlari
boʻlgan uchta iqtisodchi (Jorj Akerlof, Maykl Spens va Joʻzef Stiglitz)
larga aynan shu yoʻnalishdagi ilk qadamlari uchun ushbu mukofot
berilgan. Keling bu izlanishlar ochib bergan ba’zi tushunchalarni koʻrib
chiqamiz.
156
Yashirin faoliyat: prinsipal-agent,
agent va ma’naviy tavakkalchilik
|