161
tanlash pul bergandan koʻra signal boʻlish uchun toʻgʻriroq
xarakteristikalarga egaligi aniq. U qimmat (vaqt oladi), va uning narxi
shaxsiy ma’lumotga asoslangan (qanchalik sevishi). Agar yigit
haqiqatdan ham qizni sevsa, toʻgʻri sovgʻa tanlash oson boʻladi, chunki
u qiz haqida koʻp oʻylaydi. Agar uni sevmasa toʻgʻri sovgʻa tanlash
qiyinroq boʻladi. Shunday qilib toʻgʻri sovgʻa tanlash uning sevgisi
haqidagi shaxsiy ma’lumotini izhor etishning bir yoʻli. Pul berish esa u
hatto sovgʻa tanlashga harakat qilmaganini koʻrsatadi.
Signal nazariyasining sovgʻa berish bilan bogʻliqligini yana bir
kuzatuvi mavjud: Odamlar ta’sir kuchi muhim boʻlgan odatlar haqida
koʻproq qaygʻurishadi. Shunday ekan yigit yoki qizga pul berish odatda
nomaʼqul harakat. Lekin kollej oʻquvchilari ota-onalaridan chek
olganlarida ular kamdam-kam xafa boʻlishadi. Ota-ona muhabbati
shubhada boʻlishi mumkin emas, shuning uchun qabul qiluvchi pulni
e’tiborsizlik signali deb qabul qilmaydi.