Ma’lumotni aniqlash uchun tekshirish
Xabardor taraf oʻz ma’lumotini oshkor etish uchun qilgan harakati
signal berish deyiladi. Xabari yoʻq boʻlgan taraf esa ma’lumotni bilish
uchun qilgan harakati tekhirish deyiladi.
Ba’zida tekhirish bu oddiy holat. Ishlatilingan mashinani sotib
olayotgan shaxs uni avtomexanik tomonidan tekshirib koʻrilishini
soʻrashi mumkin. Bu talabni rad etgan sotuvchi oʻz shaxsiy ma’lumoti,
ya’ni uning mashinasi limon ekanligini oshkor etib qoʻyadi. Xaridor
narxni tushirishni soʻrashi yoki boshqa mashinani koʻrishni afzal deb
bilishi mumkin.
Tekhirishning boshqa misollari nozikroq. Misol uchun, avtomobil
sugʻurtasi bilan shugʻullanuvchi tashkilotni koʻraylik. Tashkilot
ehtiyotkor haydovchilar uchun past narxdagi badal va tavakkal
162
haydovchilar uchun yuqori badal narxlarini oʻrnatishni xohlaydi. Lekin
ularni qanday ajratish mumkin? Haydovchilar ular ehtiyotkor yoki
tavakkal haydovchil ekanliklarini bilishadi, lekin tavakkallari buni tan
olishmaydi. Haydovchining tarixi bu bir qancha ma’lumot (sugʻurta
kompanialari undan foydalanishadi), lekin avariyalarning tasodifiy sodir
boʻlishini hisobga olgan holda haydovchining tarixi kelajakdagi
xatarlardan xabar beruvchi yaxshi indikator emas.
Sugʻurta kompaniyasi ikki xil toifadagi haydovchilarni ikki xil
sugʻurta shartlarini oʻrnatib, haydovchilarni oʻzini-ozi ajratishiga
undashi mumkin. Birinchi sugʻurta shartlari yuqori badalli boʻladi lekin
u avariyadan koʻrilgan zararni toʻliq qoplab beradi. Boshqa sugʻurta
shartlari esa past narxdagi badalga ega boʻladi, lekin misol uchun $1000
franshizaga ega boʻladi (bu degani haydovchi zararning birinchi $1000
ni toʻlashi kerak boʻladi, tashkilot esa qolgan zararni toʻlab beradi).
E’tibor bering, franshiza tavakkalchi haydovchilar uchun ortiqcha
tashvish boʻladi, chunki ularni avariyaga uchrash ehtimoli kattaroq.
Shunday ekan yetarlicha yuqori franshiza bor biroq past narxdagi
badali boʻlgan sugʻurta ehtiyotkor haydovchilarni, franshiza boʻlmagan
lekin yuqori narxdagi badali boʻlgan sugʻurta tavakkal haydovchilarni
qiziqtiradi. Bu ikki sugʻurta shartlarini koʻrib chiqib ikki toifadagi
haydovchilar oʻzlarining shaxsiy ma’lumotlarini qaror qabul qilib
oshkor etadilar.
Axborot assimetriyasi va ijtimoiy siyosat
Biz ikki turdagi axborot assimetriyasini koʻrib chiqdik: axloqiy xavf
va zararli tanlov. Biz odamlarni tekhirish va signal berish
muammolarida qay tarzda oʻzini tutushini koʻrib chiqdik. Endi,
assimetrik ma’lumotni oʻrganish bizga ijtimoiy siyosatni olib borishda
qanday yordam berishini koʻrib chiqaylik.
163
Bozorning yutuq sari borishi va muvaffaqiyatsizlikka erishishi
orasidagi keskinliklar mikroiqtisodiyotning asosiy mavzusidir. 7-
boʻlimda aytib oʻtilganidek, talab va taklifning tenglik nuqtasi
samaradorligi uning jamiyat olishi mumkin boʻlgan bozordagi jami
ortiqlikni (taklifning talabdan ortishi) koʻpaytirib beradi. Adam
Smitning koʻrinmas qoʻli toʻliq oʻz ishini qilayotganday koʻrinadi. Bu
xulosa, tashqi ta’sir (10 boʻlim) ijtimoiy xomashyolar (11 boʻlim),
nomukammal bozor raqobatdoshligi (15-17 boʻlimlar) va qashshoqlik
(20 boʻlim) kabi vaziyatlarning taʼsirini oʻrganib chiqilganidan soʻng
yoʻqqa chiqarildi. Bu kabi hodisalar, hukumatni ba’zida bozorning
ahvolini yaxshilay olishini koʻrsatadi.
Assimetrik ma’lumotni oʻrganib chiqish, bizga bozordagi
hodisalardan ogoh boʻlishga yangi sabab beradi
.
Baʼzi odamlarning
boshqalarga nisbatan bozor haqida koʻproq bilishi, tovar aylanishini
yomonlashtirishi mumkin. Masalan, sifati yaxshi boʻlgan haydalgan
mashina sotuvchilari, xaridorlarning yomon mol olib qoʻyish
qoʻrquvidan mashinasini sotishi qiyin boʻladi. Yoki, Sugʻurta
kompaniyalarining qattiq kasal boʻlmaganlar va jiddiy kasalligi bor
odamlar bilan birga ishlashi sababli, jiddiy kasal boʻlmagan odamlarga
past narxdagi sogʻliq sugʻurtasini olish muammo boʻladi.
Ya’na, ba’zi vaziyatlarda assimetrik ma’lumot hukumatni
aralashishiga ham olib keladi va 3 ta faktlar bu muammoni yanada
chigallashtiradi. Birinchisi, yuqorida aytib oʻtilganiday shaxsiy
sektorning assimetrik ma’lumotni oʻzining shaxsiy tekhirish va signal
berish yoʻllari bilan hal etishi mumkin. Ikkinchisi, hukumat kamdan-
kam holatlarda shaxsiy guruhlardan koʻproq ma’lumotga ega boʻladi.
Shuning uchun ham assimetrik muammo paydo boʻlganida siyosatchilar
natijaning noaniqligi sababli bozorni ahvolini yaxshilashda qiynalishadi.
Uchinchidan esa, hukumatning oʻzi nomukammal institutdir, bu haqida
esa kelgusi mavzularda aytib oʻtiladi.
|