Ikkita ishlab chiqarish omili ma’lum vaqt mobaynida




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/366
Sana17.05.2024
Hajmi7,53 Mb.
#240249
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   366
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

Ikkita ishlab chiqarish omili ma’lum vaqt mobaynida 
oʻzgarganda mahsulot ishlab chiqarish chizmasi. 
Izokvantlar 10.1-jadval ma’lumotlariga mos keladi, biroq mayda 
koʻrsatkichlardan foydalanishga imkon berish uchun bir tekis egri chiziq 
shaklida chizilgan. Masalan, Q, izokvantida ishlab chiqarish 
omillarining barcha oʻzaro nisbati berilgan, ulardan foydalanish 55 birlik 
mahsulotni beradi. Nuqtalardan ikkitasi, A va D, 10.1-jadvalga muvofiq 
belgilangan, biroq egri chiziqning qolgan qismlari izokvantning oddiy 
koʻrinishida berilgan. A nuqtada bir mehnat birligi va uch kapital birligi 
55 birlik mahsulot olishni ta’minlaydi; ayni vaqtda D nuqtada shu 
hajmda mahsulot chiqarishga uch mehnat birligi va bir kapital 
birligining oʻzaro nisbati bilan erishiladi. Q
2
izokvantda 75 birlik 
mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi ishlab chiqarish omillarining 
barcha oʻzaro nisbati joylashgan, bulardan toʻrtga nuqta 10.1-jadvalda 
chizib koʻrsatilgan mehnat bilan kapitalning oʻzaro nisbatiga muvofiq 


184 
joylashgan. Q
3
izokvant Q-dan yuqori va oʻng tomonda yotibdi, chunki 
unda ikkala ishlab chiqarish omillarining shunday oʻzaro nisbati 
berilganki, ularda Q, da ishlab chiqariladigan mahsulot hajmidan 
koʻproq mahsulot ishlab chiqariladi. 
Izokvantlar farqsizlik egri chizigʻiga oʻxshash, biz ulardan iste’mol 
tanlovi nazariyasini oʻrganishda foydalanganmiz. Farqsizlik egri chizigʻi 
iste’molni qondirish darajasining pastdan yuqoriga borishini ifodalaydi, 
izokvantlar esa mahsulot ishlab chiqarish hajmini koʻrsatadi. Biroq, 
farqsizlik egri chizigʻidan farqli oʻlaroq har bir izokvant mahsulot ishlab 
chiqarishning ma’lum darajasi bilan bogʻliq. Ayni vaqtda, farqsizlik egri 
chizigʻiga mos keluvchi «raqamlar» ifodasi faqat tartib shaklida 
e’tiborga sazovor, ya’ni yuqoriroq darajadagi naflilik «yuqoriroq» 
farqsizlik egri chizigʻi bilan bogʻliq. Biroq biz izokvant vositasida 
mahsulot ishlab chiqarishning alohida darajasini aniqlash usuli bilan 
naflilikning alohida darajasini oʻlchay olmaymiz. 
Izokvantlar kartasi alohida izokvantlar yigʻindisidan iborat boʻlib, 
ularning har biri, omillarning muayyan nisbatida erishiladigan maksimal 
mahsulot ishlab chiqarishni koʻrsatadi. Izokvantlar kartasi ishlab 
chiqarish funksiyasini ifoda etishning muqobil usuli boʻlib, xuddi 
farqsizlik egri chiziqlari kartasi kabi naflilik funksiyalarini ifoda etuvchi 
uslublardan biri hisoblanadi. 
Izokvantlarning cheksiz 
miqdori 
izokvantlar kartasini tashkil etadi. Har bir izokvant turli hajmda 
mahsulot ishlab chiqarish bilan tasvirlanadi va bu hajmlar chizmada 
yuqoriga va oʻngga siljish bilan ortib boradi. 
Izokvantlar firmalarning ishlab chiqarish boʻyicha echimlarining 
qanchalik moslashuvchan ekanligini koʻrsatadi. Koʻp hollarda, firmalar 
ishlab chiqarish omillarining turlicha nisbatidan foydalanib, ma’lum 
miqdorda mahsulot ishlab chiqarishga erishishlari mumkin. Firma 
rahbari bunday moslashuvchanlikning tabiatini tushunishi zarur. Bu 


185 
rahbarga ishlab chiqarish omillarining shunday oʻzaro nisbatini tanlab 
olish 
imkonini 
beradiki, 
ular 
ishlab 
chiqarish 
xarajatlarini 
minimumlashtiradi va foydani maksimumlashtiradi. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   366




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikkita ishlab chiqarish omili ma’lum vaqt mobaynida

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish