Bitta oʻzgarib turuvchi omil qoʻllangandagi ishlab chiqarish




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/366
Sana17.05.2024
Hajmi7,53 Mb.
#240249
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   366
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

Bitta oʻzgarib turuvchi omil qoʻllangandagi ishlab chiqarish 
natijalari: 
Mehnat sarfi 
(L) 
Kapital sarfi 
(K) 
Ishlab chiqarish 
hajmi (Q) 
Oʻrtacha 
mahsulot (Q 
/L) 
Chegarali 
mahsulot (DQ 
/DL) 

10 

— 
— 

10 
10 
10 
10 

10 
30 
15 
20 

10 
60 
20 
30 

10 
80 
20 
20 

10 
95 
19 
15 

10 
108 
18 
13 

10 
112 
16 


10 
112 
14 


10 
108 
12 
-4 
10 
10 
100 
10 
-8 
 
10.4.Oʻrtacha va chegarali mahsulot 
 
Ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnatdan foydalanishni oʻrtacha 
va mehnat chegarali mahsuli tushunchalari yordamida ifodalash 
mumkin. 10.2-jadvalning 4-ustuni mehnat oʻrtacha mahsuli APl ni 
koʻrsatib turibdi, bu foydalanilgan omil birligiga toʻgʻri keladigan 
mahsulot ishlab chiqarish hajmini oʻzida aks ettiradi. Oʻrtacha mahsulot 
ishlab chiqarish hajmi Q ni umumiy mehnat sarflari L ga taqsimlab 
aniqlanadi. Bizning misolimizda oʻrtacha mahsulot dastlab koʻpayadi, 
biroq mehnat sigʻimi 4 birlikdan oshgan sari kamaya boshlaydi. 5-
ustunda mehnat chegarali mahsulotlari MPL koʻrsatilgan boʻlib, bular 
mehnat sarfi bir birlikka koʻpayishi natijasida ishlab chiqarilgan 
qoʻshimcha mahsulot hajmidir. 


189 
Masalan, kapital miqdorga oʻzgarmagan holda ya’ni u 10 birlik 
boʻlgani holda mehnat sarfini 2 dan 3 birlikka koʻpaytirish mahsulot 
hajmini 30 dan 60 birlikka oshiradi, ya’ni qoʻshimcha ravishda 30 birlik 
mahsulot (60—30) hosil qiladi. Mehnat chegarali mahsuli AQ/AL 
tarzida yoziladi (ya’ni, mehnat sarfi AL bitta birlikka koʻpayishi 
natijasida ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi ya’ni AQ). Mehnat 
chegarali mahsuloti foydalaniladigan kapital miqdoriga ham bogʻliq. 
Masalan, kapital sarfi 10 dan 20gacha koʻpaysa, mehnat chegarali 
mahsulotining koʻpayishi ehtimoli boʻladi. Oʻrtacha mahsulot singari 
chegarali mahsulot ham avval koʻpayadi, keyin esa pasayadi, biroq u 
faqat mehnat sarflari 3 birlikdan oshgandagina pasaya boshlaydi. 
Yakun chiqaramiz: Mehnat oʻrtacha mahsuloti = ishlab chiqarish 
hajmi / mehnat sarflari = Q /L. 
Mehnat chegarali mahsuloti = ishlab chiqarish hajmining 
koʻpayishi / mehnat sarflarining koʻpayishi / AQ/AL. 
10.2-jadvalda berilgan axborotning chizma tasviri hisoblanadi. Biz 
rasmdagi barcha nuqtalarni yaxlit chiziqlar orqali birlashtirdik. 10.2-a 
rasm ishlab chiqarish hajmi oʻsishini, biroq maksimum 112 birlikdan 
iborat maksimumga yetmaganini va kelgusida pasayishini koʻrsatadi. 
Ishlab chiqarish egri chizigʻining bu qismi uzuq-uzuq chiziq bilan 
belgilangan boʻlib, u bilan mehnat sarfi 8 birlikdan yuqori boʻlganda 
ishlab chiqarish texnologik jihatdan samarali emasligini koʻrsatadi, 
demak u ishlab chiqarish funksiyasining qismi hisoblanmaydi. 
«Samaradorlik» tushunchasi manfiy chegarali mahsulotni inkor etadi. 
9.2-rasmda oʻrtacha va chegarali mahsulotlar egri chizigʻi ifodalangan. 
Oʻrtacha mehnat mahsuli — bu kiritilgan mehnat omili miqdoriga 
boʻlingan umumiy mahsulotdir. V nuqtada oʻrtacha mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi (60)ni kiritilgan omil Zga boʻlinmasini aks ettiradi, yoki 
20 birlikka teng kiritilgan mehnat omilini yoki mehnat sarflarini 
koʻrsatadi. Koʻrinadiki, ushbu oʻrtacha mahsulot umumiy mahsulot egri 


190 
chizigʻining dastlabki holatdan V nuqtasigacha boʻlgan egilishi bilan 
oʻlchanadi. Umuman, oʻrtacha mahsulot umumiy mahsulot egri 
chizigʻining qaysi bir nuqtasida keskin egiladi. Bu egilish boshlangʻich 
nuqtadan to shu nuqtagacha boʻladi. Hatto yuzaki oʻrganish koʻrsatib 
turibdiki, oʻrtacha mehnat mahsuli oʻzining maksimal miqdoriga V 
nuqtada etadi. Bu nuqtada chiziq oʻzining dastlabki holatiga nisbatan 
eng katta burilishga ega boʻlib, keyin pasayadi. 
Mehnat chegarali mahsuli — bu umumiy mahsulotni kiritilgan 
omil mehnatning yoki mehnat sarflarining unchalik katta boʻlmagan 
oʻzgarishiga javoban siljishini ifodalaydi. Geometrik jihatdan chegarali 
mahsulot, ishlab chiqarish egri chizigʻining qaysi bir nuqtasida mahsulot 
chiqarish egri chizigʻining xuddi shu nuqtadagi egilish burchagiga teng. 
Mahsulot ishlab chiqarish egri chizigʻining ogʻish burchagi oʻz 
navbatida shu nuqta orqali oʻtkazilgan urinma chiziqning egilish 
burchagiga teng. Shunday qilib, A nuqtada chegarali mahsulot 20 
birlikka teng boʻladi, chunki urinma chizigʻining burchak koeffitsiyenti 
mahsulot ishlab chiqarish egri chizigʻiga nisbatan 20ga teng. Urinma 
chiziqlarni mahsulot ishlab chiqarish egri chizigʻiga nisbatan burchak 
koeffitsiyentlarini oʻrganar ekanmiz, mehnat chegarali mahsuli dastlab 
oʻsib borishi, mehnat sarflari 3 birlik boʻlganda oʻzining choʻqqisiga 
chiqishi, keyin esa S nuqtadan D nuqtagacha siljigan sari pasayib 
borishini koʻramiz. D nuqtada ishlab chiqarish hajmi maksimumlashadi, 
urinma chiziqning mahsulot ishlab chiqarish egri chizigʻiga nisbatan 
egilishi Oga teng va chegarali mahsulot ham Oga teng boʻladi. Bu 
nuqtadan yuqorida chegarali mahsulot manfiylashadi. 
Kamayib boruvchi qaytim qonuni 
Mehnat chegarali mahsulining (kiritiladigan boshqa omillarning 
chegarali mahsuli ham) kamayib borishi anchagina kuchli boʻlgani 
uchun uni ifodalashda kamayib boruvchi qaytim qonuni iborasidan tez-
tez foydalaniladi. 


191 
Kamayib boruvchi qaytim qonuni biron ishlab chiqarish omilidan 
foydalanish koʻpayib borgan sari (boshqa omillar oʻzgarmagan holda), 
pirovard natijada shunday nuqtaga yetib borilishi va unda shu omildan 
qoʻshimcha 
foydalanish 
mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
hajmining 
pasayishiga olib kelishini bildiradi. 
Ishlab chiqarish omili sifatida mehnatdan foydalaniladigan boʻlsa 
(kapital oʻzgarmagan holda), mehnat sarflarining ozgina boʻlsa-da, 
oʻsishi mahsulot ishlab chiqarishni ancha (sezilarli) darajada 
koʻpaytiradi, chunki ishchilar qoʻshimcha ravishda ixtisoslashish 
imkoniyatiga ega boʻladilar. Ammo oxir-oqibat, kamayib boruvchi 
qaytim qonuni oʻz kuchini koʻrsatadi. Agar ishchilar soni ortiqcha 
koʻpayib ketsa, ayrim ish jarayon (tur)lari samarasiz boʻlib qoladi va 
mehnat chegarali mahsuli kamayadi. 
Vaqtdagi mehnat xarajatlari 
10.3-rasm 

Download 7,53 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   366




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitta oʻzgarib turuvchi omil qoʻllangandagi ishlab chiqarish

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish