Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/366
Sana17.05.2024
Hajmi7,53 Mb.
#240249
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   366
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

Daromad 
Iqtisodiy 
foyda 
Noyaqqol 
xarajatlar 
Yaqqol 
xarajatlar 
Yaqqol 
xarajatlar 
Buxgalteriy
a foydasi 
Umumiy 
muqobil 
xarajatlar 
Daromad 


212 
uchun biroz foydaga ham ega boʻladi. Agar firma iqtisodiy zarar 
koʻrsagina (ya’ni iqtisodiy foyda salbiy boʻlsa) biznesmenlar barcha 
ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga yetarlicha daromad jamgʻara 
olmaydilar. Agar bu holat oʻzgarishsiz davom etsa, firma egalari 
biznesni toʻxtatishadi va korxonani tark etishadi. Biznesda qaror 
chiqarishni tushunish uchun ba’zida iqtisodiy foydani kuzatib borishimiz 
zarur. 
Firma sotishni rejalashtirib, tovar va xizmatlar ishlab chiqarish 
uchun resurslarni sotib olganda xarajatga duch keladi. Bu holda biz 
firmaning ishlab chiqarish jarayoni va uning umumiy qiymati oʻrtasidagi 
bogʻliqlikni tekshiramiz. 
Tahlil natijasi shuni koʻrsatadiki, firma hajmi oʻzgarmas u faqatgina 
ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorini oʻzgartirishi mumkin. Bu 
taxmin faqat qisqa muddatli davrga xos, biroq uzoq muddatli davrda 
unday emas. Ya’ni, firma xoʻjayini kutilmaganda oʻz firmasini birdaniga 
kengaytira olmaydi, ammo u bir yoki ikki yil ichida shunday qila olishi 
mumkin. Bu tahlil qisqa muddatli davr mobaynida qabul qilinadigan 
ishlab chiqish qarorini tasdiqlaydi.
11.1-jadval firma ishchilar soniga bogʻliq holda bir soatda ishlab 
chiqariladigan mahsulotlar miqdori qanday bogʻliqligini koʻrsatadi. 
Jadvaldan koʻrish mumkinki, birinchi ikkita ustunda, agar firmada 
ishchilar boʻlmasa, firma mahsulot ishlab chiqarmaydi. Agar bitta ishchi 
boʻlsa, 50 ta mahsulotni ishlab chiqaradi. Agar 2 ta ishchi boʻlsa, 90 ta 
mahsulotni ishlab chiqaradi va hakozo. 11.2-chizmada (a) ikki ustunning 
raqamlarini koʻrsatadi. Ishchilar soni (ishchilar) gorizontal oʻqda, ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar soni vertikal oʻqda aks ettirilgan. Resurslar 
miqdori (ishchilar) va yaratilgan mahsulot miqdorlari oʻrtasidagi bu 
bogʻliqlik ishlab chiqarish funksiyasi deb ataladi. 


213 
 
Yanada yaxshiroq tushinish maqsadida jadvalning uchinchi 
ustunida bitta ishchining chekli mahsuloti koʻrsatilgan. Ishlab chiqarish 
jarayonidagi har qanday xarajatning 

Download 7,53 Mb.
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   366




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish