Koʻlamning musbat va manfiy samarasi
Ishlab chiqarish omillari yarmiga koʻpayganda (mehnat 10 dan 15
gacha va mashina vaqti 2 dan 3 gacha) mahsulot ishlab chiqarish 2 marta
koʻpayadi (30 dan 60 birlikkacha).
AR kesmada koʻrsatilganidek, nisbatan katta hajmda mahsulot
chiqarish uchun ishlab chiqarish funksiyasi manfiy koʻlam samarasini
namoyish etadi. Omillar nisbati U
3
gacha koʻtarilganda (mehnat 15 dan
20 soatgacha) va mashina vaqti (3 dan 4 soatgacha) koʻpayganda
mahsulot ishlab chiqarish faqat 1/6 gacha (60 dan 70 donagacha)
koʻpayadi.
Ishlab chiqarish omillari 50%ga (mechnat 20 dan 30 soatgacha) va
mashina vaqti 4 dan 6 soatgacha koʻpayganda mahsulot ishlab chiqarish
a (70 dan 80 donagacha) oʻsadi, xolos
204
Rasmdan koʻrinadiki, koʻlam samarasi musbat boʻlganda agar
foydalanilgan omillar mutanosib oshsa izokvantlar bir-biriga juda
yaqinlashadi. Ammo, koʻlam samarasi manfiy boʻlganda izokvantlar bir-
biridan uzoqlashadi, chunki borgan sari koʻproq miqdorda ishlab
chiqarish omillari kerak boʻladi. Koʻlam samarasi oʻzgarmas boʻlganda
izokvantlar teng masofada joylashgan boʻladi (6.9-chizmaga qarang).
AQShda va butun dunyoda firmalar uchun koʻlam samarasi muhim
ahamiyatga ega. Boshqa tamoyillarni hisobga olmaganda koʻlam
samarasi katta boʻlgan sanoat tarmoqlarida yirik firmalar faoliyat
yurgizadi. Odatda sanoatning ishlab chiqaruvchi tarmoqdari xizmat
koʻrsatuvchi soha tarmoqlariga qaraganda katta koʻlam samarasiga ega
boʻladi, chunki firmalar eng samarali faoliyat yuritishi uchun ishlab
chiqarishdagi asbob-uskunalarga yirik miqdorda kapital qoʻyish kerak
boʻladi
Xizmat koʻrsatuvchi soha tarmoqlari sermehnat boʻlganlari uchun
odatda ham katga hajmdagi, ham kichik hajmdagi sarflarning samarali
boʻlishini ta’minlaydilar.
Koʻpchilik ishlarda (kitoblarda) «ishlab chiqarish koʻlami oʻsishi
bilan bogʻliq boʻlgan tejash» tushunchasini «koʻlam samarasining oʻsib
borish» tushunchasiga sinonim sifatida foydalaniladi. Biroq, birinchi
tushunchani qoʻllash mumkin, qachonki, firmaning faoliyat qoʻlami
oʻsib borsa va unga etarli vaqt (aytaylik bir yoki ikki yil) berilsa, toki u
kiritiladigan omillarni almashtirish yoʻli bilan ishlab chiqarishni
arzonlashtira olsin. Koʻlam samarasi ishlab chiqarishni kengaytirish
bilan bir xil boʻlishi mumkin, qachonki kiritilayotgan omillar mutanosib
ravishda oʻzgarmasdan qolsalar. Shunday qilib, firma barcha omillarni
ikki martadan kamroq oshirib mahsulot ishlab chiqarishni ikki marta
koʻlaytirishi mumkin. Bu bilan, koʻlam samarasining oshib borishiga
erishish mumkin.
205
Ishlab chiqarish koʻlamini oʻstirish orqali erishilgan tejam
tarkibiga demak, alohida holat sifatida oshib borayotgan koʻlam
samaradorligi kiradi. Biroq, umumiyroq shaklda koʻlam samaradorligi
mahsulot ishlab chiqarish hajmi oʻzgarishi bilan barcha kiritilgan
omillarning oʻzaro nisbati oʻzgarishiga yoʻl beradi. Ishlab chiqarish
funksiyasi foydalanilgan ishlab chiqarish omillarining har bir muayyan
nisbati mavjud boʻlganda firma ishlab chiqarishi mumkin boʻlgan
mahsulot hajmini ifodalaydi.
Izokvanta egri chiziq boʻlib, ma’lum hajmda mahsulot ishlab
chiqarish imkonini beruvchi ishlab chiqarish omillarining ma’lum
nisbatda oʻzaro bogʻlikdigini koʻrsatadi. Firmaning ishlab chiqarish
funksiyasi gurli darajada ishlab chiqarish hajmi bilan bogʻliq boʻlgan bir
guruh izokvantlar bilan berilishi mumkin.
Qisqa muddatli davrda hech boʻlmaganda bitta ishlab chiqarish
omili oʻzgarmay (doimiy) qoladi, uzoq muddatli davrda esa barcha
ishlab chiqarish omillari oʻzgaradi.
Oʻzgarib turuvchi bir omil vositasida (mehnat bilan) amalga
oshgan ishlab chiqarishni mehnatning oʻrtacha mahsuloti (oʻrtacha
ishchining mehnati unumdorligini aks ettiruvchi) va mehnatning
chegarali mahsuloti (bu ishlab chiqarish jarayoniga qoʻshilgan oxirgi
ishchining mehnat unumdorligini aks ettiruvchi) tushunchalaridan
foydalangan holda ifodalash mumkin.
Bir yoki undan koʻp ishlab chiqarish omillari doimiy boʻlganda
oʻzgarib turuvchi omil (odatda mehnat sarflari) chegarali mahsulotga
ega boʻlishi zarur, bu esa oʻzgarib turuvchi omildan foydalanish oʻzgarib
borgan sari qisqaradi. Kamayib boruvchi qaytim qonuni ishlab chiqarish
jarayonida chegarasi mahsulotning kamayib borishini bildiruvchi
umumiy tendensiyani aks ettiradi.
206
Izokvantlar hamma vaqt pastga ogʻgan boʻladi, chunki barcha
ishlab chiqarish omillarining chegarali mahsulotlari musbatdir. Har bir
izokvantning shakli uning har bir nuqtasida texnik oʻrnini bosishning
chegarali me’yori vositasida koʻrsatilishi mumkin. Mehnatni kapital
bilan texnologik almashtirishning chegarali me’yori (MRTS) shunday
miqdorki, qoʻshimcha mehnat birligi foydalanilgan vaqtda unga teng
miqdorda kapital sarflari kamayishi mumkin, mahsulot ishlab chiqarish
esa oʻzgarmasdan qolaveradi. MRTS firmaning bir ishlab chiqarish
omilini boshqalari bilan almashtirish imkoniyatlarini koʻrsatadi.
Mamlakat aholisining turmush darajasi shu mamlakatdagi mehnat
unumdorligi
darajasi
bilan
chambarchas
bogʻliq.
Rivojlangan
mamlakatlarda mehnat unumdorligi oʻsishi sur’atlarining pasayishi,
qisman, kapital qoʻyishlarni yetarli ravishda oʻsmaganligi bilan
izohlanadi.
Har bir ishlab chiqarish funksiyasi uchun ishlab chiqarish
jarayonida bir ishlab chiqarish omilini boshqasi bilan almashtirish
imkoniyati turlicha: bu omillarni almashtirish imkoniyati nihoyatda
mukammal boʻlgan funksiyadan tortib, to ishlab chiqarish omillaridan
foydalanish nisbatlari oʻzgarmaydigan funksiyagacha (omillardan
foydalanish tarkiban oʻzgarmagan holda ishlab chiqarish funksiyasi)
boradi.
Uzoq muddatli taxdilda biz e’tiborni firma faoliyatining zarur
boʻlgan koʻlamini yoki miqyosini tanlab olishga qaratdik. Koʻlamning
oʻzgarmas samarasi shuni bildiradiki barcha ishlab chiqarish omillaridan
foydalanishning ikki baravar oʻsishi mahsulot ishlab chiqarishning ikki
marta koʻpayishiga olib keladi. Koʻlamning musbat samarasi mahsulot
ishlab chiqarishning ikki martadan koʻproq oʻsganligini anglatadi,
koʻlamning kamayib boruvchi samarasi esa mahsulot ishlab chiqarishni
ikki baravardan kamroq oʻsganini anglatadi.
|