• 11.3. Xarajat egri chiziqlari va ularning shakllari
  • xarajat  deyiladi. Oʻzgaruvchan xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati  esa  oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajat




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet120/366
    Sana17.05.2024
    Hajmi7,53 Mb.
    #240249
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   366
    Bog'liq
    O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

    xarajat 
    deyiladi. Oʻzgaruvchan xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati 
    esa 
    oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajat
    ni ifodalaydi.
     
    Garchi oʻrtacha umumiy xarajat odatiy birlik narxini koʻrsatsada, u 
    ishlab chiqarish darajasi ortganida umumiy xarajatning qanday 
    oʻzgarishini koʻrsatmaydi. 2-jadvalning oxirgi ustuni firma ishlab 
    chiqarish hajmini bir birlikka oshirgandagi umumiy xarajatning ortgan 
    miqdorini koʻrsatadi. Bu miqdor 
    chekli xarajat
    deyiladi. Masalan, firma 
    ishlab chiqarishni 2 donadan 3 donaga oshirsa, umumiy xarajat 3.80$dan 
    4.50$ga koʻtariladi. Shunday qilib uchinchi mahsulotning chekli xarajati 
    4.50$-3.80$ yoki 0.70$ hisoblanadi. Jadvalda chekli xarajat ikki chiziq 
    orasida tasvirlangan, chunki u ishlab chiqarish hajmining miqdori bir 


    218 
    darajadan boshqasiga almashganida umumiy xarajatdagi oʻzgarishni 
    ifodalaydi.
    Bu quyidagi ta’riflarni matematik izohlashda yordam berishi 
    mumkin. 
    Oʻrtacha umumiy xarajat=Umumiy xarajat/Miqdor 
    ATC=TC/Q 
    va 
    Chekli 
    xarajat=Umumiy 
    xarajatdagi 
    oʻzgarish/Miqdordagi 
    oʻzgarish
    MC=∆TC/∆Q 
    Bu yerda 

    belgisi
    , Grek harfi delta,
    oʻzgaruvchidagi oʻzgarishni 
    ifodalaydi. Bu tengliklar qanday qilib umumiy xarajatdan oʻrtacha 
    umumiy xarajat va chekli xarajatning olinishini koʻrsatadi. Tadbirkor 
    menejerlar bozorga qancha mahsulot chiqarish borasida oʻylayotganlarida 
    oʻrtacha umumiy xarajat va chekli xarajat tushunchalarini yodda saqlashi 
    lozim. 
    11.3. Xarajat egri chiziqlari va ularning shakllari 
     
    Gorizontal kesim firmaning mahsulotlari miqdorini va vertikal 
    kesim chekli va oʻrtacha xarajatlarni aks ettiradi. Grafik 4 egri chiziqdan 
    iborat: oʻrtacha umumiy xarajat (ATC), oʻrtacha oʻzgarmas xarajat 
    (AFC), oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajat (AVC) va chekli xarajat (MC). 
    Xarajat egri chiziqlari firma misolida aks ettirilgan va iqtisodiyotda 
    koʻpchilik firmalar uchun zarur boʻlgan asosiy xususiyatlarga ega. 
    Keling ushbu uchta jihatlarni tahlil qilamiz: chekli xarajat egri chizigʻi 
    shakli, oʻrtacha umumiy xarajat egri chizigʻi shakli va chekli va oʻrtacha 
    umumiy xarajat oʻrtasidagi bogʻliqlik. 


    219 
    Oʻsib boruvchi chekli xarajat. 
    Firmaning chekli xarajatlar u ishlab chiqargan mahsulot soniga 
    qarab ortadi. Bu kamayib borayotgan chekli mahsulotlar narxida aks 
    etadi. Firma oz miqdorda mahsulot ishlab chiqarsa, uning ishchilari oz 
    boʻladi va uning koʻp uskunalari ishlatilmaydi. Chunki u mazkur 
    ishlatilmayotgan resusrlarni osongina muomalaga kirita oladi, 
    qoʻshimcha ishchining ehtiyojsiz mahsuloti koʻp va qoʻshimcha 
    mahsulotning narxi past. Aksincha, firma koʻp mahsulot ishlab 
    chiqarganda, u ishchilar bilan toʻladi va uning barcha uskunalari 
    toʻlaligicha ishlatiladi. Firma ishchilar qoʻshish orqali koʻp mahsulot 
    ishlab chiqara oladi, lekin bu ishchilar shovqinli olomon ichida 
    ishlashiga va uskunalarni ishlatish uchun kutib qolishiga toʻgʻri kelishi 
    mumkin. Shuning uchun, qachonki, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori 
    yuqori boʻlganda, qoʻshimcha ishchining ahamiyatga ega boʻlmagan 
    mahsuloti oz boʻladi va qoʻshimcha mahsulot narxi yuqori boʻladi. 
    U-shaklidagi 
    oʻrtacha 
    umumiy 
    xarajat.
    11.4-chizmada 
    koʻrsatilganidek firmaning oʻrtacha umumiy xarajat koʻrsatkichi “U” 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   366




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    xarajat  deyiladi. Oʻzgaruvchan xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati  esa  oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajat

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish