Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/366
Sana17.05.2024
Hajmi7,53 Mb.
#240249
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   366
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

samarali hajmi
deb ataladi. Firma uchun samarali hajm soatiga 5 yoki 6 dona mahsulot 
hisoblanadi. Agarda u bu miqdordan kamroq yoki koʻproq mahsulot 
ishlab chiqarsa, uning oʻrtacha umumiy xarajati 1.30$ dan oshadi. 
Mahsulot ishlab chiqarishni pastroq bosqichlarida oʻrtacha umumiy 
xarajat 1.30$ dan yuqoriroq boʻladi, chunki aralash xarajat juda ham 


221 
kam mahsulotga tarqaladi. Mahsulot ishlab chiqarish yuqori 
bosqichlarida oʻrtacha umumiy xarajat 1.30$ dan yuqoriroq boʻladi, 
chunki qoʻshilgan mahsulotning foydasi sezilarli ravishda qisqargan. 
Samaradorlik darajasida bu ikki kuchlar eng past umumiy xarajat 
yaratish uchun muvozanatlashtiriladi. 
Chekli xarajat va oʻrtacha umumiy xarajat oʻrtasidagi bogʻliqlik.
11.4-chizmaga qarasak, dastavval gʻalati narsaga duch kelasiz. 
Qachonki chekli xarajat oʻrtacha umumiy xarajatdan pastroq boʻlsa, 
oʻrtacha umumiy xarajat tushayotgan boʻladi.
Shuning aksi boʻlsa, 
oʻrtacha umumiy xarajat oshadi. Firma xarajat chiziqlarining bu 
xususiyati namunada foydalanilgan oʻziga xos rasmlarga oʻxshamaydi. 
U hamma firmalar uchun toʻgʻri. Nima uchun bunday? Oʻrtacha xarajat 
va oʻrtacha umumiy xarajat oʻrtasidagi aloqa muhim natijaga ega: 
oʻrtacha xarajat chizigʻi oʻrtacha umumiy xarajat chizigʻini oʻzining 
eng pastki nuqtasidan kesib oʻtadi
. Lekin ikki chiziq tutashgach, 
sezilarsiz narx oʻrtacha umumiy xarajat chizigʻidan tepaga koʻtariladi. 
Hozirgina muhokama qilganimiz sababli, oʻrtacha umumiy xarajat 
ishlab chiqarishni bu darajasida koʻtarilishni boshlashi kerak.
Koʻpchilik 
firmalarda 
chekli 
mahsulot 
birinchi 
ishchi 
yoʻllanganidan keyin, darrov faoliyatini boshlamaydi. Ishlab chiqarish 
jarayoniga bogʻliq holda, 1-ishchiga qaraganda 2- yoki 3- ishchida 
koʻproq sifatli mahsulot boʻladi, chunki, ishchilar jamoasi topshiriqlarni 
boʻlib olishlari mumkin va bitta ishchiga qaraganda unumliroq 
ishlaydilar. Firmalar sifatli mahsulotni ishlab chiqarishni boshlashdan 
oldin, oʻz tajribalarini oshirish uchun bu koʻrgazmalarni namoyish 
qiladilar. Oʻrtacha umumiy, oʻrtacha oʻzgarmas, oʻrtacha oʻzgaruvchan, 
chekli xarajatlarni biron-bir firma misolida 5-chizmada, oʻrtacha 
umumiy xarajat (ATC), oʻrtacha oʻzgarmas xarajat (AFC), oʻrtacha 
oʻzgaruvchan xarajat (AVC) va chekli xarajat (MC)larni oʻz ichiga 


222 
olgan holda koʻrsatilgan. Ishlab chiqarish hajmi pasayganda chekli 
mahsulot ishlab chiqarishda firmaning tajribasi oshadi va diagrammada 
chekli xarajat egri chiziqlari pasayadi. Nihoyat, firma chekli mahsulot 
qisqarishini tajriba qilganidan soʻng xarajatlar koʻtarila boshlaydi. Bu 
oʻsish kombinatsiyasi keyinchalik chekli mahsulotning qisqarishini, va 
oʻrtacha-oʻzgaruvchan-xarajat diagrammasini hosil qiladi. Bizning 
dastlabki misolimizdagi farqlarga qaramasdan, xarajatlar tebranishining 
3 ta xususiyatini eslab qolish uchun juda muhim: 

Chekli xarajatlar nihoyat ishlab chiqarish miqdori bilan 
birgalikda oshadi. 

Oʻrtacha-umumiy-xarajat 
“U” 
shaklida 
shakllanadi. 

Chekli xarajatlar egri chizigʻi oʻrtacha umumiy xarajat egri 
chizigʻini minimum nuqtasidan kesib oʻtadi. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   366




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish