220
shaklda. Nega bunday ekanini tushuninsh uchun oʻrtacha umumiy
xarajat oʻrtacha oʻzgarmas va oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajat yigʻindisiga
tengligini yodda tutish kerak. Oʻrtacha oʻzgarmas xarajat doim ishlab
chiqarish ortishi bilan pasayadi, chunki bu xarajat koʻplab sohalarga
yoyiladi. Oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajat esa ishlab chiqarish ortishi bilan
ortadi.
Oʻrtacha umumiy xarajat oʻrtacha oʻzgarmas va oʻrtacha
oʻzgaruvchan xarajatninng holatini aks ettiradi. Ishlab chiqarishning
juda past darajalarida, misol uchun har soatda 1 yoki 2 dona mahsulot
boʻlsa, oʻrtacha umumiy xarajat juda yuqori boʻladi. Oʻrtacha
oʻzgaruvchan xarajat past boʻlishiga qaramay, oʻrtacha oʻzgarmas
xarajat yuqori, chunki oʻzgarmas xarajat faqat bir qancha birlikka
orttiriladi. Ishlab chiqarish oʻsishi bilan oʻzgarmas xarajat oshadi.
Oʻrtacha oʻzgarmas xarajat dastavval keskin darajada, keyinroq esa
sekinlik bilan pasayadi. Buning natijasi oʻlaroq, oʻrtacha umumiy xarajat
ham firma ishlab chiqarishi bir soatda besh dona mahsulot va bir birlik
mahsulotga 1.30$ gacha pasayadi. Qachonki firma bir soatda olti
donadan koʻproq mahsulot ishlab chiqarsa, oʻrtacha oʻzgaruvchan
xarajatning oʻsishi yetakchi kuchga aylanadi va oʻrtacha umumiy xarajat
oʻsa boshlaydi. Oʻrtacha oʻzgarmas va oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatlar
oʻrtasidagi kurashning kuchi oʻrtacha umumiy xarajatda U shaklini
yaratadi.
U-shaklining quyi qismi oʻrtacha umumiy xarajatni qisqartiradigan
miqdorda sodir boʻladi. Bu miqdor firmaning ba’zan