217
chiqarmasa, oʻzgaruvchan xarajat ham boʻlmaydi. Agar firma hech nima
ishlab chiqarmasa oʻzgaruvchi xarajat 0, 1 dona mahsulot ishlab
chiqarsa 0,30$, 2 dona mahsulot ishlab chiqarsa 0,80$ va h.k. Firmaning
umumiy xarajati doimiy va oʻzgaruvchan xarajatlar yigʻindisiga tengdir.
2-jadvaldagi umumiy xarajat 3-ustundagi doimiy xarajat va 4-ustundagi
oʻzgaruvchan xarajatlar yigʻindisiga teng. Firma xoʻjayini
qancha
mahsulot ishlab chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Mazkur
qarorning
ahamiyati
shundaki,
u
ishlab
chiqarish
darajasini
oʻzgartirganida uning xarajatlari qanday oʻzgaradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning birligi
uchun xarajatni topish
uchun, firmaning xarajatini yaratiladigan mahsulot hajmiga boʻlamiz.
Masalan, agar firma soatiga 2 dona mahsulot ishlab chiqarsa,
uning
umumiy xarajati 3.80$ boʻladi va odatiy bir dona mahsulotning xarajati
3.80/2 yoki 1.90 boʻladi. Umumiy xarajatning ishlab chiqarish hajmiga
nisbati
oʻrtacha umumiy xarajat deyiladi.
Umumiy xarajat doimiy va
oʻzgaruvchi xarajatlar yigʻindisi boʻlganligi uchun, oʻrtacha
umumiy
xarajat oʻrtacha doimiy va oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatlar yigʻindisiga
teng. Doimiy xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati
oʻrtacha doimiy