mitti tranzistorlardan tashkil topgan mikroprotsessor, yaʼni oʻta zich integral sxema,
bajarmoqda. Misol sifatida koʻradigan boʻlsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori oʻz
ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi.
Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va razryadlar soni
bilan belgilanadi. Tezlik protsessorning 1 sekundda bajargan
amallar miqdori bilan
belgilanadi va Gs (gers) bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs
(sekundiga 10 million amal) tezlikka ega boʻlsa, Intel Pentium IV protsessori uchun bu
koʻrsatkich 1700 MGs va undan yuqoridir. Protsessorning razryadlari soni uning bir
vaqtning oʻzida baravariga ishlashi mumkin boʻlgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi.
Hozirgi kunda 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qoʻllanilmoqda.
Protsessorning tezligini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik
soprotsessorlar kabi vositalardan foydalanish yoʻlga qoʻyilgan. Shu kunlarda
protsessorlarning koʻp yadroli turlari ishlatilmoqda.
Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat:
•
arifmetik-mantiqiy qurilma;
•
maʼlumotlar va adreslar shinasi;
•
registrlar;
•
buyruq jamlagichi;
•
kesh, yaʼni kichik hajmli oʻta
tezkor xotira;
•
qoʻzgʻaluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori.
Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 razryadli
berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, yaʼni bir vaqtning
oʻzida 16 bit axborot va 2
32
= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash
imkoniyati mavjudligini bildiradi.
Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan
navbatdagi buyruqni oʻqish
va bajarish, natijani yozib qoʻyish hamda keyingi
bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayondir. Bundan tashqari
protsessor dastur mazmunidagi boshqarishni amalga oshirish, maʼlumotlarni
zarur
joydan oʻqish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish,
boshqa qurilmalarning
ishlashini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi.
Demak,
protsessor
berilgan dastur va zarur maʼlumotlar asosida inson
aralashuvisiz kompyuterning avtomatik ishlashini taʼminlovchi qurilma ekan.
Tezkor xotira qurilmasida (
TXQ)
ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan
barcha axborotlar va dasturlar saqlanadi. Uni tezkor
deyilishiga sabab boshqa
xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab marotaba tezdir.
Tezkor xotira qurilmasida saqlanayotgan maʼlumotlar kompyuter elektr manbaidan
uzilganda yoki qayta yuklanganda oʻchib ketadi.
Tezkor xotira qurilmasi