|
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Axborot TexnalogiyalariBog'liq 1 topshiriqasosiy
va
qoʻshimcha
qurilmalardan tashkil topgan.
Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini taʼminlasa, qoʻshimcha qurilmalar
kompyuterdan foydalanishda qulayliklar va qoʻshimcha imkoniyatlar beradi.
Kompyuterning asosiy qurilmalariga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi.
Qoʻshimcha qurilmalarga sichqoncha manipulyatori, printer, plotter, skaner, modem,
web-kamera va boshqalar misol boʻladi.
Sistema bloki, asosan, gʻilof, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi),
protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat.
Asosiy plata
yaxlit asosga yigʻilgan elektron sxemalar boʻlib, unga baʼzi qurilmalar
axborot almashish sistema magistrali –
shina
lar (simlarining oʻramlari) yordamida
bogʻlanadi. Shinalar kompyuter-ning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi.
Kompyuter ishida uch xil shina xizmat koʻrsatadi:
berilganlar
(berilgan maʼlumotlar)
shinasi,
adreslar
shinasi,
boshqarish
shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira
qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham joylashadi. Ular
asosiy plataning maxsus
slot
(qirqim)lariga ulanadi.
Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar
portlar
deb yuritiluvchi asosiy
platadagi maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni boshqarish uchun asosiy
platada
kontrollerlar
deb ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel (LPT),
ketma-ket (COM) va universal ketma-ket (USB) turlarga boʻlinadi. Ketma-ket port
protsesordan maʼlumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda uzatadi, paralelel
port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda, sichqoncha va modem ketma-ket
portlarga, printer parallel portga ulanadi. Juda koʻp asosiy platalarda sichqoncha va
klaviatura doiracha shaklidagi PS/2 boʻlmaga ulanadi. Hozirgi kunda universal ketma-
ket portga sichqoncha, klaviatura va boshqa qurilmalarni ulash imkoni bor.
Odatda, asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy xotira
qurilmasi
(DXQ
, ing. ROM – Read Only Memory – faqat oʻqish uchun xotira)
mikrosxema koʻrinishida tashkil etilgan boʻlib, quvvat manbaiga bogʻliq boʻlmagan
holda maʼlumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Doimiy xotira qurilmasida
kompyuterning kiritish-chiqarish asosiy sistemasi (BIOS – Basic Input-Output
System) haqidagi doimiy axborot saqlanadi.
|
| |