|
registr
lardan tashkil topgan.
RegistrBog'liq 1 topshiriqregistr
lardan tashkil topgan.
Registr
– maʼlumotlarni
ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun moʻljallangan qurilma. Har bir registr
oʻz navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti elektron sxema boʻlib, u elektr
toki bilan zaryadlangan holda „1“ ni, zaryadlanmagan holatda „0“ ni ifodalaydi.
Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha
razryad
li ekanini belgilaydi.
Registrlar
uyachalar
(yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir
razryadida bir bit axborot joylashadi (yaʼni 0 yoki 1). 8 bit axborot birlashganda 1 bayt
miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt oʻz tartib raqamiga, yaʼni
adres
iga ega
boʻladi. Uyachaning sigʻimi
mashina soʻzi
uzunligini belgilab beradi. Mashina
soʻzining uzunligi baytlarda oʻlchanadi. Mashina soʻzining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng
boʻlishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, toʻrt yoki sakkiz bayt birlashib,
bitta mashina soʻzini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham oʻz
adresiga ega, u esa shu uyachadagi boshlangʻich bayt adresi bilan ifodalanadi. Tezkor
xotira qurilmasining boshqacha nomi – RAM (Random Access Memory – tanlov
boʻyicha ixtiyoriy kirishli xotira), chunki undagi istalgan adresli uyachaga toʻgʻridan-
toʻgʻri oʻtish imkoniyati mavjud.
Tovush, video va tarmoq platalari asosiy plataga joylashtirilgan yoki alohida
boʻlishi mumkin. Bu platalar protsessor ishini tezlashtirish hamda zaruriy sifat
koʻrsatkichiga erishish maqsadida ishlatiladi.
Tovush platasi
(ing. Sound adapter, adapter-moslashtiruvchi) – axborot
saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga aylantirib beruvchi
qurilma. Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash
mumkin. Tovush platasi oʻz mikroprotsessoriga ega boʻlib, tovushni kiritishda analog-
raqamli oʻzgartirish va chiqarishida diskret-analogli oʻzgartirishni taʼminlaydi.
Video-plata
(ing. Graphics adapter) – murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni
qayta ishlashni taʼminlab beruvchi plata. Bu plata oʻz mikroprotsessori va tezkor
xotirasiga ega boʻladi. Zamonaviy video-karta hajmli va uch oʻlchovli grafika bilan
ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kundagi juda koʻp dasturlar va oʻyinlar 64 Mb yoki
128 Mb sigʻimli video-kartalar bilangina ishlaydi.
|
| |