|
Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
|
bet | 156/275 | Sana | 19.09.2020 | Hajmi | 7,16 Mb. | | #11452 |
Tanlanma kuzatish nima? Boshqa qisman kuzatish turlaridan nimalar bilan farq qiladi?
Tanlanma tekshirishlar qanday maqsad va vazifalarni ko‘zlaydi?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday hodisa va jarayonlar tanlanma kuzatish yo‘li bilan o‘rganiladi? Misollar keltiring.
Bosh va tanlanma to‘plam deganda nimani tushunasiz? Ular qanday umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi?
Reprezentativlik xatosi nima? U qayd qilish xatosidan nimalar bilan farq qiladi?
Reprezentativlik xatosining qanday turlarini bilasiz? Ular orasidagi farqlarni tushuntirib bering.
Qanday tanlash usullari tanlanmaning reprezentativ bo‘lishi ta’minlanadi?
Asl ma’noda tasodifiy tanlash deganda nimani tushunasiz? U qanday yo‘llar bilan amalga oshiriladi?
Siz Universitet talabalari statistika fanini o‘zlashtirish darajasini baholash maqsadida tanlanma kuzatish o‘tkazmoqchisiz. Buning uchun talabalarni qanday tartibda tanlab olasiz? Matematika yoki iqtisodiy nazariyani yaxshi biladigan talabalarni ko‘proq tanlab olish mumkinmi? Universitetga kirish test sinovlarida talabalardan eng yuqori ballar olgan talabalarni-chi?
Tanlanmaga tushgan har bir talabani og‘zaki so‘roq-javob yo‘li bilan o‘zlashtirish haqidagi ma’lumotlarni to‘plash mumkinmi? Bu holda qanday xatolarga yo‘l qo‘yish mumkin?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yashirin iqtisodiyot bilan shug‘ullanuvchilar bo‘lishi shak-shubhasizdir. Bu iqtisodiyot miqyosining tanlanma usulda baholab bo‘ladimi? Siz bunday tanlanma kuzatish tashkil etish yo‘llari haqida qanday fikrlarni bildira olasiz?
Mexanik tanlash nima? Qanday hollarda uning natijalari tasodifiy tanlanmaga mos keladi va qanday hollarda farq qiladi?
Tiplarga (guruhlarga) ajratib tanlash deganda nimani tushunasiz? Talabalar bilim darajasini o‘rganish maqsadida bu usuldan qanday tartibda foydalanish mumkin yoki butunlay mumkin emasmi?
Seriyalab tanlash deganda nimani tushunasiz? Qanday hollarda bu usuldan foydalanish mumkin?
Tanlanma ko‘rsatkichning o‘rtacha kvadratik xatosi va uning ishonchli chegarasi qanday aniqlanadi?
t - ishonch koeffitsiyentining mohiyati va vazifasi haqida nima deya olasiz?
Ishonch ehtimoli va muhimlik darajasi deganda nimani tushunasiz?
Tanlanma normal taqsimlanishga ega deb qabul qilib tanlanma o‘rtacha bosh to‘plam o‘rtachasidan 2 karra ehtimolli xatodan (0,67449 kvadratik xatoga teng) katta bo‘lish ehtimolini toping.
2005 yilda Andijon viloyatida tanlab olingan 1000 xonadonlarda jon boshiga daromadlar 111,9 ming so‘m kvadratik o‘rtacha tafovut 44,4 ming so‘m, iste’mol xarajatlari 105,2 ming so‘m = 40,5 ming so‘mni tashkil etgan. Farg‘ona viloyatida esa tanlab olingan 800 xonadonlarda bu ko‘rsatkichlar tegishli tartibda  ming so‘mdan iborat bo‘lgan. O‘rtacha jon boshiga daromadlar va iste’mol xarajatlari mintaqadan mintaqaga o‘zgaradi deb faraz qilish uchun asos bormi?
Tangani chirpirak aylanadigan qilib yuqoriga irg‘itib 25, 50, 75, 100 marta tashlang. Gerb tomoni bilan tushishi sonlari va ularning tashlash umumiy sonidagi hissasini hisoblang. Olgan natijalaringizdan foydalanib, juda ko‘p martaba tanga tashlanganda gerb tomonini chiqish nisbiy sonini 0,954 ehtimoli bilan baholang. Bu ko‘rsatkich tajribadan tajribaga qanday o‘zgarishini tahlil qiling.
Quyidagi vaziyatlar uchun tanlash xatolari bo‘lishi mumkin manbalarini ko‘rsating:
bir savat olmalardan yuzida yotganlarini olib, tanlanma to‘plam hosil qildik;
xaltaga qo‘l tiqib, tavakkaliga 50 tacha oldik;
telefon ma’lumnomasini chamalab ochib, sahifada telefon raqamlari joylashish tartibida bir nechta teng qiymatli sonlar oldik;
gazetalarda mahsulotimiz haqida e’lonlar chop etib, gazetxonlar tanlanmasini barpo etdik;
shahar aholisini o‘rganayotgan tadqiqotchi 1) erta tongda, 2) tush paytida, 3) kechqurun so‘roq-javob o‘tkazdi, javob bermagan xonadonlarni e’tibordan tashqarida qoldirdi;
xuddi shunga o‘xshash so‘roq-javobni har bir oila a’zosining daromadi haqida amalga oshirdik;
xuddi shunga o‘xshash so‘roq-javobni xonadonda bo‘lgan ayol va erkaklar, yosh bolalar yoshi haqida ham amalga oshirdik;
dehqon bozorida baholarni qayd qilishni erta tongda, peshinda va kechki tomon o‘tkazdik.
Tanlanma to‘plam hajmi qanday aniqlanadi?
Nima uchun tasodifiy tanlash tanlanma barpo etishda eng muhim usul hisoblanadi?
Kichik tanlanma deganda nimani tushunasiz? Uning xatosi qanday topiladi?
Statistik gipoteza nima va nima uchun uni tekshirish kerak, qanday yo‘l bilan tekshiriladi?
Statistik mezon deganda nimani tushunasiz? Uning kritik doirasi va o‘rinli qiymatlar doirasi degan tushunchalar nimani anglatadi?
Normal taqsimot qonuniga haqiqatda kuzatilgan taqsimotlar bo‘ysunishi haqidagi gipotezalar qanday tartibda baholanadi?
O‘rtachalar haqidagi nol-gipoteza nimalarni anglatadi va qanday tartibda baholanadi? Misollar keltiring.
Dispersion tahlil nima va u qanday maqsadlar uchun xizmat qiladi?
Erkin darajalar sonining mohiyati nimadan iborat, u qanday yo‘l bilan aniqlanadi?
|
| |