(10.3) ga binoan esa .
Shunday qilib korrelyatsion bog‘lanish regressiyasining to‘g‘ri chiziqli tenglamasi quyidagicha:
Demak, g‘o‘zaga berilgan har bir sentner o‘g‘it hosildorlikni o‘rtacha 3,65 s/ga oshiradi. O‘g‘it berilmagan maydondan 12,7 s/ga hosil olinishi nazariy jihatdan kutiladi. Bu tenglamaga x ning har bir qiymatini qo‘yib, mineral o‘g‘itgagina bog‘liq bo‘lgan hosildorlikning nazariy darajalarini aniqlash mumkin. (10.2-jadval, 6-ustunga qarang)
Paxta hosildorligining haqiqiy va ushbu nazariy darajalari orasidagi farqlar boshqa noma’lum omillar ta’siri ostida yuzaga chiqqan. Regressiya tenglamasining a0 hadi ozod had deb ataladi va u musbat yoki manfiy qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Fexner koeffitsiyenti bog‘lanish zichligining juda dag‘al me’yoridir.
Ranglar - bu saflangan qatorda to‘plam birliklari uchun berilgan tartib raqamlari.
Bog‘lanish zichligini baholashda haqiqatga qo‘pol yaqinlashish sifatida nemis psixiatri G.T.Fexner taklif qilgan me’yordan foydalanish mumkin. Bu ko‘rsatkich bir xil ishorali juft tafovutlar soni bilan har xil ishorali juft tafovutlar soni orasidagi ayirmani bu sonlarning yig‘indisiga nisbati bilan aniqlanadi:
(10.4)
Bu yerda A- bir xil ishoraga ega bo‘lgan ayirmalarini umumiy soni;
|