O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N




Download 7,16 Mb.
bet202/275
Sana19.09.2020
Hajmi7,16 Mb.
#11452
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   275


Istiqbolni belgilash uchun regression modeldan foydalanish bashorat qilishda kutiladigan omil qiymatlarini tenglamaga qo‘yishdan iboratdir.

Istiqbolni belgilash uchun korrelyatsion-regression modeldan foydalanish regressiya tenglamasiga omil birliklarning bashorat qilishda kutiladigan qiymatlarini qo‘yib, natijaviy belgining bashoriy ko‘rsatkichlarini yoki berilgan ehtimol bilan ular yotadigan ishonchli kenglikni hisoblashdan iboratdir. Tenglamani hisoblash asosi bo‘lib xizmat qilgan axborotda faktor belgi ega bo‘lgan qiymatdan katta darajada farqlanuvchi bashariy qiymatlarini tenglamaga qo‘yish noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki omilning boshqa sifatga tegishli darajalarida tenglama parametrlari o‘zgacha qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin.

Regressiya tenglamasiga omillarning kutiladigan qiymatlarini qo‘yib aniqlangan prognoz (istiqbol daraja) nuqtali prognoz (istiqbolni baholash) deb ataladi. Bunday istiqbol baholashning amalga oshish ehtimoli juda kichikdir. Shuning uchun istiqbol baholashni uning o‘rtacha xatosini yoki yetarli darajada katta ehtimol bilan prognozning ishonchli kengligi (oralig‘i)ni aniqlash bilan birga olib borish kerak. Omil belgi qiymati xk ga teng bo‘lganda regressiya chizig‘ining bosh to‘plamdagi holatining o‘rtacha xatosi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:


(10.44)

bu yerda - regressiya chizig‘ining bosh to‘plamdagi holatining o‘rtacha xatosi x=xk ga teng bo‘lganda;

n-tanlanma hajmi;

xk- omilning kutiladigan qiymati;

qoldiq-erkin darajalar soni bilan bosh to‘plamdagi regressiya chizig‘i natijaviy belgi o‘rtacha kvadratik tafovutining baholanishi, ya’ni:



m-tenglama parametrlari (koeffitsiyentlari) soni.



Regressiya chizig‘i istiqbolining ishonchli chegaralarini aniqlash uchun uning o‘rtacha xatosini erkin darajalar soni n-m va ishonchli ehtimol 0,95(a=0,05) bilan aniqlangan t-Styudent mezonining kritik (jadval) qiymatiga ko‘paytirish kerak

prognoz=tjad*.

Download 7,16 Mb.
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   275




Download 7,16 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N

Download 7,16 Mb.