• Asosiy tushuncha va atamalar
  • Qisqacha xulosalar
  • O‘zbekistonda yangi oila qurgan kelin-kuyovlarning bilim darajasi bo‘yicha taqsimoti




    Download 7,16 Mb.
    bet205/275
    Sana19.09.2020
    Hajmi7,16 Mb.
    #11452
    1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   275

    O‘zbekistonda yangi oila qurgan kelin-kuyovlarning bilim darajasi bo‘yicha taqsimoti


    kelin bilimi
    kuyov bilimi

    oliy

    tugallanmagan oliy

    o‘rta maxsus

    umumiy o‘rta

    to‘liqsiz o‘rta

    boshlang‘ich

    Hammasi

    oliy

    3991

    1585

    3285

    3655

    97

    17

    12630

    tugallanmagan oliy

    1255

    2984

    2858

    4261

    74

    9

    11441

    o‘rta maxsus

    2331

    1662

    15411

    13388

    597

    55

    33444

    umumiy o‘rta

    3027

    2214

    19033

    110156

    2153

    143

    136726

    to‘liqsiz o‘rta

    115

    62

    733

    2491

    1600

    161

    5162

    boshlang‘ich

    6

    7

    56

    215

    203

    458

    945

    Jami

    10725

    8514

    41376

    134166

    4724

    843

    200522

    Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, turmush qurishda yigit-qizlar bilim darajalari bir-biriga mosligini hisobga oladilar. Masalan, 31,6% oliy ma’lumotli yigitlar oliy ma’lumotli qizlar bilan turmush qurgan, ayniqsa bunday moslik o‘rta ma’lumotli guruhlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. 80,6% umumo‘rta ma’lumotli yigit-qizlar bir-biri bilan kelishib oila qurganlar. Boshlang‘ich ma’lumotli guruhda bu ko‘rsatkich 48,5%, o‘rta maxsus ma’lumotli yigit-qizlar orasida 46,1% ni tashkil etadi. Demak, yangi oila barpo etgan yigit-qizlarning ma’lumoti bo‘yicha taqsimlanishi orasida bog‘lanish mavjud:




    Asosiy tushuncha va atamalar
    Funksional bog‘lanish, korrelyatsion bog‘lanish, to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli bog‘lanish, korrelyatsion tahlil, regression tahlil, juft korrelyatsiya, ko‘p o‘lchovli korrelyatsiya, regressiya koeffitsiyenti, Fexner korrelyatsiya koeffitsiyenti, chiziqli korrelyatsiya koeffitsiyenti, deterimnatsiya koeffitsiyenti, ranglar korrelyatsiya koeffitsiyenti, determinatsiya va korrelyatsiya indekslari, regressiya ko‘rsatkichlari mohiyatliligining Styudent t-mezoni, korrelyatsiya koeffitsiyenti mohiyatliligining Fisher f-mezoni, elastiklik koeffitsiyenti, ko‘p o‘lchovli regressiya, xususiy regressiya koeffitsiyenti, standartlashgan regressiya ko‘rsatkichlari, ko‘p o‘lchovli korrelyatsiya koeffitsiyenti, xususiy korrelyatsiya koeffitsiyenti, kolleniearlik, istiqbolni nuqtali va oraliqli baholash, assotsiatsiya koeffitsiyenti, kontigentsiya koeffitsiyenti.
    Qisqacha xulosalar
    Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar juda murakkab bo‘lib, ular orasida ko‘pincha korrelyatsion bog‘lanishlar mavjud. O‘zgaruvchi X belgining har bir qiymatiga boshqa o‘zgaruvchi Y taqsimoti mos kelsa, bunday bog‘lanish korrelyatsiya deb ataladi.

    Korrelyatsion tahlilda hodisalar orasidagi bog‘lanishning zichlik darajasi aniqlanadi. U korrelyatsiya koeffitsiyentlarini hisoblash, ularning muhimligi, ishonchliligini baholashga asoslanadi. Korrelyatsiya koeffitsiyenti ikki yoqlama talqin etilishi mumkin: X ni Y bilan bog‘lanish zichligi yoki Y ni X bilan bog‘lanish zichligi. Bu ko‘rsatkich faqat bog‘lanish kuchini o‘lchaydi, ammo uning sababini yoritib bermaydi.



    Regression tahlil bir hodisa o‘zgarishi natijasida boshqa hodisa qancha miqdorga o‘zgarishini yoritib beradi, ya’ni omillar samaradorligini aniqlash imkoniyatini tug‘diradi. Buning uchun omil belgi va natijaviy belgini umumiy iqtisodiy sifat tahlili asosida aniqlash kerak. Shunga qarab regressiya tenglamasini X ni Y bo‘yicha yoki Y ni X bo‘yicha tuzish masalasi yechiladi, chunki regressiya koeffitsiyentlari har xil miqdoriy qiymatlarga ega bo‘ladi.

    Regressiya tenglamalarini bir belgining berilgan qiymati asosida boshqa belgining tegishli o‘rtacha qiymatini baholash uchun ifoda sifatida qarash mumkin. X ning Y bo‘yicha chiziqli regressiya tenglamasi (ularning o‘rtacha miqdorlari uchun nuqtalar orqali o‘tkazilgan o‘qlarga nisbatan qaralgan) va Y ning X bo‘yicha tenglamasi: , bu yerda ya’ni belgilar qiymatlarining ularning arifmetik o‘rtachasidan tafovutlari; b1,b2 - regressiya koeffitsiyentlari yoki qisqacha regressiyalar.

    Download 7,16 Mb.
    1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   275




    Download 7,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonda yangi oila qurgan kelin-kuyovlarning bilim darajasi bo‘yicha taqsimoti

    Download 7,16 Mb.