• Asosiy adabiyotlar
  • XI bob. DINAMIKANI STATISTIK O‘RGANISH USULLARI 11.1. Dinamika qatorlari, ularning tarkibiy unsurlari va turlari
  • 11.2. Dinamika qatorlarining turlari
  • 11.3. Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko‘rsatkichlari
  • 1. Mutlaq qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish
  • Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar




    Download 7,16 Mb.
    bet207/275
    Sana19.09.2020
    Hajmi7,16 Mb.
    #11452
    1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   275
    Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar.


          1. O‘zarobog‘lanishlar deganda nimani tushunasiz, ularni o‘rganishdan maqsad nima?

          2. Funksional bog‘lanish nima? Korrelyatsion bog‘lanish-chi?

          3. Korrelyatsion munosabat qanday xossalarga ega?

          4. Bog‘lanishlarning qanday turlarini bilasiz?

          5. To‘g‘ri va egri chiziqli bog‘lanishlar deganda nimani tushunasiz? Misollarda tushuntirib bering.

          6. Korrelyatsion tahlil qanday maqsadni ko‘zlaydi? Regression tahlil-chi?

          7. Korrelyatsion bog‘lanishni modellashtirish jarayoni qanday bosqichlardan tarkib topadi? Har bir bosqichda qanday masalalar va usullar yordamida yechiladi?

          8. Adekvat model deganda nimani tushunasiz?

          9. Juft korrelyatsiya nima? Ko‘p o‘lchovli korrelyatsiya-chi?

          10. To‘g‘ri chiziqli regressiya deganda nimani tushunasiz? Tenglamasi qanday ko‘rinishga ega va hadlari (koeffitsiyentlari) nimani anglatadi?

          11. To‘g‘ri chiziqli regressiya tenglamasini yechish tartibini va bunda kichik kvadratlar usulining rolini yoritib bering. Bu usul mohiyatini misolda tushuntiring.

          12. Korrelyatsion jadval deganda nimani tushunasiz? Uni tuzish tartibini tushuntirib bering.

          13. Egri chiziqli regressiya deganda nimani tushunasiz? Uning qanday shakllari mavjud?

          14. Egri chiziqli regressiya tenglamalarini to‘g‘ri chiziqli shaklga keltirish qanday tartibda amalga oshiriladi?

          15. Egri chiziqli regressiya koeffitsiyentlari qanday talqin etiladi. Bunday tenglamalar ekstrimumi qanday aniqlanadi?

          16. Korrelyatsiya koeffitsiyenti deganda nimani tushunasiz? U qanday hisoblanadi?

          17. Korrelyatsiya indeksi (yoki nazariy munosabati)ning mohiyatini yoritib bering. U chiziqli korrelyatsiya koeffitsiyentiga teng bo‘ladimi?

          18. Korrelyatsiya koeffitsiyenti bilan regressiya koeffitsiyenti o‘rtasida qanday nisbat mavjud?

          19. Elastiklik koeffitsiyenti nimani anglatadi? U regressiya koeffitsiyenti bilan qanday bog‘langan?

          20. Yil davomida mamlakat aholisining go‘sht mahsulotiga o‘rtacha oylik talab 120 ming t, o‘rtacha kvadratik tafovuti 6 ming t, 1 kg go‘shtning o‘rtacha oylik bozor bahosi 1000 so‘m, o‘rtacha kvadratik tafovuti esa 250 so‘m. Talab bilan bozor bahosi orasidagi korrelyatsiya koeffitsiyenti 0,85. Regressiya va elastiklik koeffitsiyentlarini aniqlang. Regressiya tenglamasini miqdoran ifodalang.

          21. Mamlakatda o‘rtacha oylik go‘sht ishlab chiqarish hajmi 130 ming t. va uning dispersiyasi 100, 1 kg go‘shtning o‘rtacha oylik bahosi 1200 so‘m, o‘rtacha kvadratik tafovuti esa 360 so‘m. Taklif bilan baho orasidagi korrelyatsiya koeffitsiyenti 0,88. Regressiya va elastiklik koeffitsiyentlarini toping.

          22. Marketing tekshirishlariga ko‘ra poyafzal taklifi 1% oshganda bozor bahosi 2% pasayishi aniqlangan. O‘rtacha yillik poyafzal ishlab chiqarish hajmi 72 mln.juft va uning o‘rtacha kvadratik tafovuti 7 mln.juft, o‘rtacha moyillik baho (1 juft poyafzal bahosi) 4500 so‘m 30% variatsiya koeffitsiyenti bilan aniqlangan bo‘lsa, u holda regressiya va korrelyatsiya koeffitsiyentlari qanday qiymatga ega. Regressiya tenglamasini miqdoran ifodalab ko‘ring.

          23. Fexner va Spirmen korrelyatsiya koeffitsiyentlari haqida nima deya olasiz?

          24. Regressiya tenglamasi parametrlarining muhimligi (ishonchligi) qanday baholanadi? Korrelyatsiya koeffitsiyenti-chi?

          25. Ko‘p o‘lchovli korrelyatsiya mohiyatini yoritib bering? Chiziqli ko‘p o‘lchovli regressiya tenglamasi qanday tuziladi va uning noma’lum hadlari qanday aniqlanadi?

          26. Xususiy regressiya koeffitsiyentlari nimani aniqlaydi?  -koeffitsiyent-chi?

          27. Ko‘p o‘lchovli regressiya va determinatsiya koeffitsiyenti nimani o‘lchaydi? Xususiy korrelyatsiya koeffitsiyentlari-chi?

          28. Xususiy korrelyatsiya koeffitsiyenti juft korrelyatsiya koeffitsiyentidan nima bilan farq qiladi?


    Asosiy adabiyotlar


    1. Ефимова Н.В. Практикум по общей теории статистики. 2-е изд. М: Финансы и статистика. 2006.

    2. И.И.Елисеева, М.М.Юзбашев. Общая теория статистики. 5-е изд. М.: Финансы и статистика, 2005.

    3. Плис А.И. Практикум по прикладной статистике в среде SPSS: 1-2 ч. – М.: Финансы и статистика, 2004, 2005, 288 с.

    4. Соатов Н.М. Статистика. Дарслик. – Т.: Тиббиёт нашриёти, 2003, 405-484 б.

    5. Справочник по прикладной статистике. Под.ред. Э.Ллойда, У.Лидермана. Пер.с анг. М.: «Финансы и статистика», 1989

    6. В.Плюта. Сравнительный многомерный анализ в экономическом моделировании. Пер. с польск. М.: «Финансы и статистика», 1989

    7. Ферстер Э., Ренц Б. Методы корреляционного и регрессионного анализа. Пер. с немец. М.: «Финансы и статистика», 1983

    8. Куланчев А.П. Методы и средства анализа данных в среде Windows. Stadio 6. М.: НПО информатика и компьютеры, 1996

    9. Математическая экономика на персональном компьютере. Под.ред. М.Кубонива. Перев. с японс. М.: «Финансы и статистика», 1991.

    XI bob. DINAMIKANI STATISTIK O‘RGANISH USULLARI
    11.1. Dinamika qatorlari, ularning tarkibiy unsurlari va turlari

    Dinamika - o‘sish, rivojlanish demakdir.

    Dinamika so‘zi grekcha “dynamikos” so‘zidan olingan bo‘lib, kuchga tegishli, kuchli degan lug‘aviy mazmunga ega. Bu atama harakat holatini, o‘sish yoki rivojlanishni anglatadi.

    Hodisalarning vaqt ichida o‘zgarishi statistikada dinamika deb, shu jarayonni ta’riflovchi ko‘rsatkichlar qatori esa dinamika qatorlari deb yuritiladi.


    Hodisalarning vaqt davomida o‘zgarishini ta’riflovchi statistik ko‘rsatkichlar qatori dinamika qatori deb yuritiladi.

    Dinamika qatorlari ikki unsurdan tarkib topadi: biri vaqt momentlari yoki davrlar xatnomasi, ikkinchisi - ularga tegishli ko‘rsatkichlar.

    O‘rganilayotgan rivojlanish vaqtining umumiy uzunligini oraliqlarga bo‘lib qarasak, har bir kesilish nuqtasi moment (muayyan on, payt, fursat) deb ataladi, bir momentdan ikkinchisigacha o‘tgan vaqt oralig‘i (yil, kvartal, oy, kun va h.k.) esa davr deb yuritiladi.




    Zaxira yoki resurs - hodisaning muayyan ondagi holati (soni), oqim - ma’lum vaqt davomida ro‘y bergan jarayon, hodisaning bu davr ichidagi miqdori.

    Hodisa me’yorini muayyan momentga nisbatan belgilasak, u holda uning zaxirasi, ya’ni shu on holatiga bo‘lgan miqdori (soni va h.k.) aniqlanadi. Agar hodisa me’yorini ma’lum davr uchun o‘lchasak, u holda uning muayyan vaqt oralig‘idagi oqimi, ya’ni ushbu davr davomidagi umumiy miqdori (hajmi va h.k.) aniqlanadi.

    O‘rganilayotgan hodisaning vaqt momentlariga yoki davrlarga tegishli ko‘rsatkichlari qator darajalari deb ataladi va “y” orqali belgilanadi.



    Har bir dinamika qatori boshlang‘ich y0 , oxirgi yn , muayyan oraliq yi va o‘rta darajalarga ega.


    Dinamika qatorlari uzoq muddatli tendensiya, ayrim davrlarga xos siklik yoki lokal o‘zgarishlar, kundalik tebranishlar va mavsumiy o‘zgarishlarni o‘zida mujassamlashtirishi mumkin.

    Dinamika qatori quyidagilar bilan xarakterlanadi:

    - uzoq muddatli harakat yo‘nalishi, ya’ni umumiy asriy tendensiya;

    - qisqaroq davrlarga xos siklik yoki lokal o‘zgarishlar;

    - ayrim yillarga tegishli tebranishlar;

    - mavsumiy to‘lqinlar;

    - konyunkturaviy tebranishlar.

    Statistikada dinamika ma’lumotlarini tarkibiy qismlarga (komponentlarga) ajratish va o‘lchash usullari hamda ularni hisobga olib kelajakda kutiladigan rivojlanish istiqbollarini baholash yo‘llari ishlab chiqilgan.


    Dinamika qatorining ko‘rsatkichlari taqqoslama bo‘lishi kerak.

    Dastavval ko‘rsatkichlarning taqqoslamaligini ta’minlash kerak. Buning uchun ular nafaqat bir xil o‘lchov birliklarida va aniqlik darajasida ifodalanishi, balki shu bilan birga zamon va makon (joy) jihatidan taqqoslama bo‘lishi kerak. Zamon jihatidan taqqoslamalik deganda ko‘rsatkichlar tegishli vaqt uzunliklari teng bo‘lishi bilan birga davrlar, ayniqsa, boshlang‘ich va oxirgi davr bir-biridan tasodifan farq qilmasligi, masalan, favqulodda voqealarga ega bo‘lmasligi nazarda tutiladi. Makon jihatdan taqqoslamalik ko‘rsatkichlar teng chegarali hududlarga tegishli bo‘lishini anglatadi. Bundan tashqari, o‘rganilayotgan obyektlarni chegaralash tartibi va uning birliklarini aniqlash masalasi bir xil tarzda yechilishi kerak. Ko‘rsatkichlarni hisoblash ham yagona usulga tayanishi lozim.
    11.2. Dinamika qatorlarining turlari

    Momentli dinamika qatori - bu ma’lum oraliqli momentlarga hisoblangan ko‘rsatkichlar qatoridir.

    Ma’lum oraliqli momentlarga nisbatan hisoblangan hodisa miqdorlaridan tuzilgan qator momentli dinamika qatori deb ataladi.
    Masalan:

    11.1-jadval.



    O‘zbekiston aholisining 2000-2005 yillarda o‘sishi

    Yillar

    2000

    2001

    2002

    2003

    2004

    2005

    Aholi soni yil boshiga (mln.kishi)

    24,5

    24,8

    25,1

    25,4

    25,7

    26,0

    Manba: O‘zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharh. – T., 2005, 60-87-betlar.
    Agar bir momentdan ikkinchisigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ini qisqartirsak, u holda qator darajalari ham o‘zgaradi.


    Davriy dinamika qatori - bu iqtisodiy oqimlar qatori, ma’lum davrlar ichida kechgan jarayon natijalarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar qatoridir.

    Ma’lum vaqt oraliqlari davomida kechgan jarayonlar natijalari, ya’ni, oqimlarni ta’riflovchi ko‘rsatkichlar qatori davriy dinamika qatorlari deb ataladi.

    Masalan:
    11.2-jadval.



    O‘zbekistonda paxta va don yalpi hosilining o‘sishi (ming t.)

    Yillar

    2000

    2001

    2002

    2003

    2004

    2005

    Paxta

    3002

    3205

    3122

    2803

    3335

    3500

    Don

    3929

    4072

    5793

    6319

    6017

    6600

    Manba: O‘zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharh. – T., 2005, 60-87-betlar.

    Dinamika qatorlarini momentli yoki davriy ko‘rinishda tuzish ixtiyoriy ish bo‘lmasdan, balki o‘rganilayotgan hodisaning mohiyatiga, uning miqdorini aniqlash usuliga bog‘liqdir.

    Dinamika qatorlarini boshlang‘ich mutlaq miqdorlar va hosilaviy ko‘rsatkichlar asosida tuzish mumkin. Hosilaviy ko‘rsatkich qatorlari deganda mutlaq miqdorlarni qayta ishlash natijasida olingan nisbiy va o‘rtacha miqdorlar asosida tuzilgan qatorlar tushuniladi.
    11.3. Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko‘rsatkichlari

    Dinamika qatorlarini tahlil qilish jarayonida bir qator ko‘rsatkichlar hisoblanadi:



    1. mutlaq qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish);

    2. o‘sish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki sur’ati;

    3. qo‘shimcha o‘sish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki sur’ati (foizda);

    4. 1% qo‘shimcha o‘sishning (yoki kamayishning) mutlaq qiymati.

    Yuqorida qayd qilingan ko‘rsatkichlarini batafsil ko‘rib chiqamiz.

    1. Mutlaq qo‘shimcha o‘sish yoki kamayish - har qaysi keyingi davr darajasidan boshlang‘ich yoki o‘zidan oldingi davr darajasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi.



    (11.1)


    Download 7,16 Mb.
    1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   275




    Download 7,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar

    Download 7,16 Mb.