Zanjirsimon indekslar davr (oy, yil) sayin indekslashtirilayotgan hodisalarning o‘zgarishini tasvirlaydi.
O‘zgarmas asosli indekslar boshlang‘ich davrdan to solishtirilayotgan davrgacha o‘tgan vaqt davomida o‘rganilayotgan hodisalar o‘zgarishi qanday darajalar bilan ifodalanishini ko‘rsatadi. Ular har bir davr ko‘rsatkichini boshlang‘ich davr ko‘rsatkichiga taqqoslash hosilasi hisoblanadi:
O‘zgarmas asosli indekslar boshlang‘ich davrga nisbatan keyingi davrlarda hodisalar o‘zgarishini belgilaydi.
Miqdoriy ko‘rsatkichlar uchun: (12.5)
Sifat ko‘rsatkichlari uchun: (12.6)
Bu yerda: q0, p0 boshlang‘ich davr ko‘rsatkichlari.
O‘zgaruvchan asosli indekslar taqqoslanayotgan davrlardan boshlab muayyan taqqoslanuvchi davrgacha o‘tgan vaqt davomida o‘rganilayotgan hodisalar qanday darajada o‘zgarganligini aniqlaydi. Ular joriy davr ko‘rsatkichini birmuncha oldingi davrlarga tegishli ko‘rsatkichlarga nisbati hisoblanadi:
Miqdoriy ko‘rsatkichlar uchun: (12.7)
Sifat ko‘rsatkichlari uchun: (12.8)
bu yerda q1, p1 -joriy davr (qatorning oxirgi davri) ko‘rsatkichlari, qi-k, pi-k undan birmuncha oldin o‘tgan davrlarga tegishli ko‘rsatkichlar.
|