|
O‘zgaruvchan xarajatlarning ba’zi ko‘rinishlari quyidagilar
|
bet | 34/151 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,61 Mb. | | #105428 |
Bog'liq B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.orgO‘zgaruvchan xarajatlarning ba’zi ko‘rinishlari quyidagilar:
ishlab chiqarish bilan bog‘liq energiya xarajatlari (yoqilg‘i, elektr, tabiiy gaz);
qadoqlash;
sotish uchun komission to‘lovlar.
2.3.1-rasmda jami xarajatlarning kompaniyaning mos ishlab chiqarish hajmiga nisbatan o‘zgarishi tasvirlangan. Jami xarajatlar firmaning o‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlari yig‘indisidir.
Xarajatlarning tabiati haqida fikr yuritish bu holatda juda muhim sanaladi. Hech kim hamma xarajatlar o‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlarning biz xuddi 2.3.1-rasmda tasvirlaganimiz-dek amal qilishiga ishonmaydi. Shuningdek biror-bir qonun yoki buxgalteriya tamoyilida firma jami xarajatlarining aniq bir turi doimo o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan xarajat sifatida tasniflanishi kerak, deyilmagan. Bir firmada energiya xarajatlari asosan o‘zgarmas bo‘lsa, yana boshqa firmada ular mahsulot hajmiga qarab o‘zgarishi mumkin18.
Shuningdek, ayrim xarajatlar ba’zan o‘zgarmas bo‘lishi mumkin, keyinchalik esa ishlab chiqarish hajmi yuqori pog‘onaga ko‘tarilgach ular ham keskin ko‘tariladi va o‘zgarmay turaveradi; ishlab chiqarish hajmi yana o‘ssa, ular ham ko‘payadi. Bunday xarajatlar yarim-o‘zgaruvchan yoki yarim-o‘zgarmas xarajatlar deb nomlanishi mumkin. Tanlash sizning ixtiyoringizda, chunki har ikki termin ham amaliyotda qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishni nazorat
18Havo harorati qattiq nazorat qilinuvchi issiqxonalarda isitish xarajatlari ko’pincha issiqxona binosi o’simliklar bilan to’la yoki to’la emasligidan qat’i nazar o’zgarmas bo’ladi. Tutqichlarni ishlab chiqarishga qaratilgan metalga shakl berish jarayonida mashinalar to’xtab turgan yoki ishchilar ishda bo’lmagan vaqtda korxonani yuqori darajada isitish shart emas. Bu holatda, isitish xarajatlari ko’proq o’zgaruvchan deb hisoblanadi.
43
qiluvchilarga to‘lanadigan ish haqi bunga misol bo‘lishi mumkin. Qisqa muddat ishlab chiqarish hajmini 15 foizga qisqartirib turishga to‘g‘ri kelsa, korxona nazoratchilar ish haqini ham 15 foizga qisqartirishi haqiqatdan yiroq. Shunga o‘xshash, sotuvchilarga to‘lanadigan komission haq ular ko‘proq sotganlari sayin ortib boradi. Xarajatlarning bu turdagi xususiyati 2.3.2-rasmda tasvirlangan.
|
| |