Bundan tashqari, kreditor pul o‘ziga qaytib kelganda uning qiymatiga nisbatan sezilarli noaniqliklarga ham duch keladi (ushbu




Download 0,61 Mb.
bet84/151
Sana25.11.2023
Hajmi0,61 Mb.
#105428
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151
Bog'liq
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

Bundan tashqari, kreditor pul o‘ziga qaytib kelganda uning qiymatiga nisbatan sezilarli noaniqliklarga ham duch keladi (ushbu
102
pullarning kelgusi qiymati noaniq). Ushbu noaniqlikning miqdoriy o‘lchovi risk sifatida ma’lum. Kreditorlar turli xil risklarga duch keladilar va bu ularning manfaatlarini yoki farovonligini kamaytirishi mumkin. Foizning funksiyalaridan biri risklar tufayli mavjud bo‘lgan mazkur foyda yo‘qotishni kompensatsiyalash sanaladi.


Agar biz potensial foydani yo‘qotish riski, inflatsiya riski va majburiyatlarni bajarmaslik riskini birlashtirsak, biz pullarga kelgusida egalik qilishga nisbatan hozir egalik qilishni afzalroq ko‘rinishga keltiruvchi omillar guruhiga ega bo‘lamiz. Odamlar keyinchalik pul olishi haqida va’dalar bilan kifoyalangandan ko‘ra hozirning o‘zida pulga ega bo‘lishni afzal bilishadi. Pullar haqida ular ijobiy vaqtinchalik afzal ko‘rishlar bilan tavsiflanishi aytiladi.


Foizlar qarz beruvchiga mablag‘larni investitsiyalash vaqtida ushbu afzal ko‘rishni qondirish imkonsizligini kompensatsiyalaydi. Qarz oluvchilar pul mablag‘laridan foydalanish uchun pul to‘lashga tayyor, chunki bu ularga investorlardan mablag‘lar olish natijasida barvaqt iste’moldan qo‘shimcha foydaga ega bo‘lish imkonini beradi.


Foiz riski – bu foiz stavkalarining noqulay tebranishlari tufayli yuzaga keladigan foyda uchun risk bo‘lib, bu tebranishlar foizlarni to‘lashga xarajatlar ortishiga yoki qo‘yilmalardan daromadlar va kreditlar berishdan tushumlar kamayishiga olib keladi.


Boshqa bir firmani o‘ziga qo‘shib olishni rejalashtirgan firma agar buni aksiyalar chiqarish yo‘li bilan emas, balki qarz mablag‘lari hisobiga moliyalashtirsa, qanchadir vaqtdan so‘ng foiz riski zonasida qolib ketadi.


Foizli daromad keltiruvchi salmoqli mablag‘larga ega bo‘lgan banklar va boshqa moliya institutlari, odatda, foiz riskiga ko‘proq moyil bo‘ladi. Agar firma katta miqdorda kredit olgan bo‘lsa, foiz risklarini samarasiz boshqarish uni bankrotlikka olib kelishi mumkin. Foiz stavkalarining o‘zgarishi bir nechta riskni keltirib chiqaradi:



  • foiz stavkalarining umumiy darajasidagi tebranishlar tufayli foizlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlarning ortishi yoki investitsiyalar-dan daromadlarning kutilgan darajadan pasayib ketishi bilan bog‘liq risk;
    103



  • Download 0,61 Mb.
  • 1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151




    Download 0,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bundan tashqari, kreditor pul o‘ziga qaytib kelganda uning qiymatiga nisbatan sezilarli noaniqliklarga ham duch keladi (ushbu

    Download 0,61 Mb.