• Misol uchun, 25 yoshligingizda siz 200 sh.b.dagi mablag‘ni ajratib, yiliga 8% stavka bo‘yicha investitsiya qildingiz. Ushbu sarmoyaning – 200 sh.b. dan 60 yoshga to‘lganimizda Rt = 200(1 + 0,08)
  • = (1 + ) (6.2.4) Bundan kelib chiqib, inflatsiyaning umumiy darajasi quydagicha aniqlanadi




    Download 0,61 Mb.
    bet99/151
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,61 Mb.
    #105428
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   151
    Bog'liq
    B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

    = (1 + ) (6.2.4) Bundan kelib chiqib, inflatsiyaning umumiy darajasi quydagicha aniqlanadi:


    = −1 (6.2.5) Umum qabul qilingan tartibga ko‘ra, turli davrdagi iqtisodiy


    ko‘rsatkichlarni solishtirish uchun tovarlar, xizmatlar va aktivlar narxlari inflatsiya darajasini hisobga olgan holda to‘g‘rilanishi yoki o‘zgartirilishi lozim. Shu bois, iqtisodchilar nominal narx nomini, ya’ni tovar va xizmatlarning “Price list”da ko‘rsatilgan narxini va pulning sotib olish qobiliyatini aks ettiruvchi real narxlarni alohida farqlashadi.


    Real va nominal narxlar farqlangani kabi, real va nominal foiz stavkalari ham farqlanadi. Misol uchun obligatsiya bo‘yicha nominal foiz stavkasi qarz oluvchi tomonidan va’da qilingan va siz bergan pulingiz evaziga olinadigan summadir. Real daromadlilik stavkasi – bu kreditor tomonidan ishlab topilgan hamda pulning sotib olish qobiliyati o‘zgarishi hisobga olingan holda to‘g‘rilangan yoki
    123
    o‘zgartirilgan nominal foiz stavkasidir. Misol uchun, agar hisoblan-gan nominal foiz stavkasi yillik 8%ni tashkil etsa-yu, inflatsiya darajasi ham 8%ga teng bo‘lsa, bu holda daromadlilikning real stavkasi nolga teng bo‘ladi.


    Inflatsiya riski asosan, mamlakatda inflatsiya sur’atlari bilan belgilanadi, bu esa fuqarolarning jamg‘armalariga, shuningdek, qat’iy belgilangan daromadli qimmatli qog‘ozlarning qiymatiga salbiy ta’sir qiladi.


    Misol uchun, 25 yoshligingizda siz 200 sh.b.dagi mablag‘ni ajratib, yiliga 8% stavka bo‘yicha investitsiya qildingiz. Ushbu sarmoyaning – 200 sh.b. dan 60 yoshga to‘lganimizda Rt = 200(1 + 0,08)35 = 2957 sh.b. ga ko‘payishi bizni quvontiradi. Biroq, siz bugungi kunda sotib oladigan narsalaringiz o‘sha vaqtga kelib ancha qimmatlashadi. Misol uchun, agar siz sotib olishni istagan barcha tovarlar va xizmatlar narxlari keyingi 35 yil ichida yiliga 8 foizga oshadigan bo‘lsa, sizning 2957 sh.b. mablag‘ingizga 200 sh.b.dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ularni sotib olishingiz mumkin bo‘ladi, ya’ni bugungi kunga kelib hech qanday yutuqqa ega bo‘lmaysiz. Shu sababli, uzoq muddatli investitsiyalar haqida juda to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun siz foiz stavkasini va inflatsiya darajasini hisobga olishingiz kerak bo‘ladi. Oddiy aksiyalar, dividendlar doimiy qiymatga ega emas, ular inflatsiyadan sug‘urtalanadi, chunki uning stavkalarining o‘sishi bilan dividendlar to‘lanadigan foyda ham ko‘payib boradi. Bundan tashqari, inflatsiyaga qarshi sug‘urta qilishning samarali vositasi aksiyalar shaklida dividendlarni to‘lash hisoblanadi. Bank hisobvaraqlaridagi obligatsiya va jamg‘armalar oddiy aksiyalarga nisbatan kamroq daromad beradi, lekin bu yerda dastlabki sarmoyani yo‘qotish ehtimoli ham ancha past bo‘ladi. Shu bilan birga, investitsiyalarning barcha turlari bo‘yicha inflatsiya ta’siridan kelib chiqqan holda, pulning xarid qobiliyatini kamaytirish riski juda yuqori bo‘ladi.


    Foiz stavkasi bilan inflatsiya darajasining o‘zaro nisbatini hisobga olish uchun inflatsiyani hisobga olmagan holdagi u yoki bu valutada aks etgan nominal foiz stavkasi in bilan nominalni inflatsiya darajasiga tuzatuvchi real foiz stavkasi ir bilan farqlash lozim.

    Download 0,61 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   151




    Download 0,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    = (1 + ) (6.2.4) Bundan kelib chiqib, inflatsiyaning umumiy darajasi quydagicha aniqlanadi

    Download 0,61 Mb.