Riforming jarayonining asosiy faktorlari




Download 416.48 Kb.
bet14/24
Sana25.05.2022
Hajmi416.48 Kb.
#21877
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
8gKbHAMnD5p04Sk1498
Practical Docker with Python, 1670579776, LIONEL MESSI, 1691856257

Riforming jarayonining asosiy faktorlari.


Yuqori oktan sonli benzin olish uchun keng fraktsiyali xom ashyo beriladi. Oltingugurtning miqdori 0,003% mass. benzinni 800C gacha fraktsiyasi odatda riforminga berilmaydi. Chunki C6 dan benzol olish juda murakkab jarayondir. Xom ashyoni ko`p qismi gazga aylanib ketadi. Fraktsiya og’irlashgan sari riforming jarayoni yengil boradi, ammo 180-2000C dan yuqori fraktsiya berilsa zichlanish reaktsiyalari kuchayib ketadi. Shu sabali ko`pincha 85-1800C fraktsiyasi beriladi. Aromatik uglevodorodlar olish uchunesa qaynash temperaturalarining boshlanish va oxiri bir-biriga yaqin reaktsiyalar beriladi. Platina – reniy katalizatoriga berilayotgan xom ashyoda oltingugurtni miqdori 0,0001% mass. dan oshmasligi azotni miqdori esa 0,00005% mass. dan kam bo`lishi kerak, aks holda katalizatorni faol ishlashi pasayib ketadi.
Harorat va xajmiy tezlik. Riforming jarayonini platinali katalizatorda 480- 5300C da va platina reniyli katalizatorda 480-5300C da va platina reniy katalizatorda 470-5100C da olib boriladi.
5000C va 1,5 s-1 xajmiy tezlikda xom ashyodan 80% mass. miqdorda katalizat olinadi, a 5100C va 5,0 s-1 da 87% mass. kataliza olinadi. Bu katalizatorlarning tarkibidagi aromatik uglevodorodlarning miqdori bir xildir. Ikkinchi xolda katalizatorni sirtiga kamroq koks o`tiradi. Reaktorga xom ashyo bilan vodorodli gaz qo`shib beriladi. Bu gazning tarkibida 80-90% vodorod bo`lib, qolganlari boshqa gazlardir. Xajmiy tezlik 2 dan 4 s-1 orasida beriladi. Bir xil xajmiy tezlikda haroratni yuqoriga ko`tarilsa aromatik uglevodorodlarni hosil bo`lishi kuchayadi, ammo katalizatni miqdori kamayadi, ko`proq gaz hosil bo`ladi. Xajmiy tezlikni kamaytirib haroratni yuqori ko`tarilsa aromatik uglevodorodlarni miqdori ko`payadi.
Kamayganligi sababli aromatikani umumiy miqdori kamayishi mumkin. Vodorod bosimi va gazni xom ashyoga nisbatan ayolanishidir. Vodorod bosimi ko`tarilsa aromatik uglevodorodlarni hosil bo`lish reaktsiyasini sekinlashtiradi. Misol uchun: bosim 2,0 dan 4,0 MPa ga ko`tarilsa aromatik uglevodorodlarni hosil bo`lishi 5% ga kamayadi.
Bosim pasaytirilsa katalizatorni sirtiga koks o`tirish jarayoni kuchayadi. Bu jarayon gazda vodorodni portsial bosimi qanchalik kam bo`lsa shunchalik kuchayadi. Vodorodni portsial – bosimini oshirish uchun gazni sirkulyatsiya qilinadi. Sirkulyatsiyani miqdori qanchalik ko`p bo`lsa riforming ustanovkasini ko`rsatgichlari shunchalik yaxshi bo`ladi. Ammo sirkulyatsiya ko`payishi bilan xom ashyo bug’larini katalizatorni aktif markazlari bilan to`qnashish vaqti kamayadi. Shu sabali jarayonning samaradorligi pasayadi, qurilmaning energetik xarajatlari oshadi. Shu sabablarga ko`ra xom ashyoni sifati, katalizatorni aktivnosti va olinadigan maxsulotni sifatiga qarab gazni sirkulyatsiyasi 1 m3 xom ashyoga nisbatan 900 dan 1500 m3 gacha qabul qilinadi. Gazni tarkibida vodorodni xajmi 80-90% dan kam bo`lmasligi kerak.
Platina katalizatorida vodorodni bosim 3,0-3,5 MPa bo`lib, katalizatorni ish davri 12 oygachadir. Keyingi vaqtda platina-reniy va ko`p metalli katalizatorlarni qo`llanish bosimni 1,5-2,0 MPa gacha pasaytirishga imkoniyat beradi. Bu esa aromatik va izomerlangan uglevodorodlarni ko`proq hosil bo`lishiga sharoit yaratadi.



Download 416.48 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Download 416.48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Riforming jarayonining asosiy faktorlari

Download 416.48 Kb.