NEFT VA NEFT MAHSULOTLARI HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT




Download 416.48 Kb.
bet2/24
Sana25.05.2022
Hajmi416.48 Kb.
#21877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
8gKbHAMnD5p04Sk1498
Practical Docker with Python, 1670579776, LIONEL MESSI, 1691856257

NEFT VA NEFT MAHSULOTLARI HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT


Neft tashqi ko`rinishlarga ko`ra o`ziga hos hidli quyuq moysimon suyuqlik turli tusdagi jigar rang ko`rinishga ega. Neftning zichligi 770-920 kg/m3, yonish issiqligi 43000-45500 kDj/kg.


Neftda uglerod miqdori taxminan 84-86%, vodorod miqdori - 10-14%, oltingugurt, kislorod va azot miqdori 1-3% bo`ladi. Massa bo`yicha uglevodorodlarniig umumiy miqdori 97-98% ni tashkil etadi.
Tarkibidagi elementlarning o`xshashligiga qaramasdan turli joydan olingan neftlarning fizik va kimyoviy xossalari har xil bo`ladi. Bunga sabab, uglerod va vodorod atomlarining o`zaro turli shaklda birika olishida.
Neft tarkibidagi barcha uglevodorodlar kimyoviy strukturasi bo`yicha 4 guruhga bo`linadi.

    1. To`yingan yoki parafin uglevodorodlar, umumiy formulasi: CnH2n+2 To`yingan uglevodorodlar neftning tarkibida asosan past temperaturada

qaynaydigan (engil) fraktsiyalarda ko`proq bo`ladi. Bu uglevodorodlarning birinchi 4 ta vakili 0°S haroratda va 0,1 MPa bosim ostida gaz holatida bo`ladi.
Bularga: metan CH4, etan C2H6, propan C3H8, butan C4H10 kiradi. To`yingan uglevodorodlarning beshinchi vakili pentan C5H12 dan C16H34 vakiligacha suyuq holatda va C17H36 dan boshlab qattiq holatda bo`ladilar.
Parafin uglevodorodlar kimyoviy strukturasiga qarab ikki xil guruhga bo`linadi:
-normal-parafin uglovodorodlar;
-izomer-parafin uglevodorodlar.

  1. Naften uglevodorodlar, kimyoviy formulasi: CnH2n .

Bu uglevodorodlar tsiklik strukturaga ega. Ular parafin uglevodorodlardan 2 ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi. Naften uglevodorodlar quyidagi strukturaga ega:

Siklopentan Siklogeksan



  1. Aromatik uglevodorodlar, umumiy formulasi: CnH2n-6 , CnH2n-12

Aromatik uglevodorodlar neft tarkibida parafin va naften uglevodo-rodlarga nisbatan oz miqdorda (5-20%) uchraydi.


benzol naftalin
Ularning birinchi vakili benzol,bo`lib, uning benzin tarkibida bo`lishi oktan sonini oshiradi. Lekin bu uglevodorodlarning miqdori chegaralanadi, chunki ular yuqori temperaturada detallarga yopishib qurum va qotishmalar hosil qiladi.
Aromatik uglevodorodlarning dizel yoqilg’isida kam bo`lgani yaxshi, chunki ular dizel yoqilg’isida qiyin oksidlanib, alangalanish vaqtini uzaytirib yuboradi, natijada dvigagel samarasiz ishlaydi. Moylarda esa, aromatik uglevodorodlar ko`p qurum hosil bo`lishiga olib keladi, shuningdek, temperatura pasayganda moylarning qovushqoqligini oshirib yuboradi. Shuning uchun aromatik uglevodorodlar moylash materiallariga kam qo`shiladi.

  1. To`yinmagan uglevodorodlar, umumiy formulasi: CnH2n , CnH2n-2

Neftni qayta ishlash jarayonida ko`pgina to`yinmagan uglevodorodlar hosil bo`ladi. To`yinmagan uglevodorodlar reaktsiyaga moyilligi katta bo`ladi, ular uchun qo`shbog’li bog’lanish hisobiga biriktirib olish reaktsiyasiga ko`prok moyil bo`ladi. Ular osongina oksidlanib smolalar, organik kislotalar va boshqa birikmalar hosil qiladi. To`yinmagan uglevodorodlar har qanday neft mahsulotlarining xossalarini yomonlashtiradi, shuning uchun ular yoqilg’ida ham moyda ham
bo`lishi maqsadga muvofiq emas. To`yinmagan uglevodorodlar tarkibida qo`shbog’ soniga qarab quyidagicha bo`ladi:
bitta qo`shbog’li-olefinlar: CnH2n ;ikkita qo`shbog’li-diolefinlar: CnH2n-2 Bundan tashqari, neft maxsulotlari tarkibida:
-oltingugurtli birikmalar;
-kislorodli birikmalar;
-azotli birikmalar xam bo`ladi.
Bu birikmalar avtomobil yoqilg’ilari va moylari sifatini yomonlashtiradi.
Oltingugurtli birikmalar - detallar korroziyalanishini oshiradi:
Oltingugurt miqdori benzinda – 0.1-0.2% va dizel yoqilg’isida – 0.2 - 0.4% dan oshmasligi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Kislorodli birikmalar - ko`pincha neft mahsulotlarining yuqori fraktsiyalarida (kerosindan boshlab) bo`ladi. Ularning miqdori 10% dan oshmaydi. Bu birikmalar asosan har xil kislotalar ko`rinishida bo`ladi. Ular detallarning korroziyalanishini oshiradi. Neftda smolali-asfal’t moddalarning hosil bo`lishiga olib keladi.
Azotli birikmalar - neft` mahsulotlari tarkibida deyarli juda kam miqdorda, asosan smolali-asfal’t moddalari ko`rinishida (0.3 %) uchraydi. Bu moddalar issiq detallarda qurum va lok paydo bo`lishini ko`paytiradi.
Бензин сув буглари Буглар


Бензиндан кисман тозаланган нефт
Мазут Гудрон

1-Rasm. Neftni kayta ishlash qurilmasining sxemasi.


1-Neftli idish; 2- nasos; 3,5,7-rektifikatsiyalash kolonnalari; 4,6 -pechlar

Download 416.48 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 416.48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



NEFT VA NEFT MAHSULOTLARI HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT

Download 416.48 Kb.