Gidrotozalash jarayonining sanoatdagi qurilmalari




Download 416.48 Kb.
bet8/24
Sana25.05.2022
Hajmi416.48 Kb.
#21877
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
8gKbHAMnD5p04Sk1498
Practical Docker with Python, 1670579776, LIONEL MESSI, 1691856257

Gidrotozalash jarayonining sanoatdagi qurilmalari.


Gidrotozalash jarayonining sanoatdagi qurilmalari alohida o`z holicha va boshqa qurilmalar bilan biriktirilgan xolda bo`lishi mumkin. Qo`shma qurilmalarida gidrotozalash dastlabki zveno, oxirgi zveno yoki oraliq zveno bo`lishi mumkin. Birini xolatda misol qilib gidrotozalash bloki bilan ta`minlangan katalitik riforming qurilmasini olsak bo`ladi. Bunda riforming xom ashyosi – benzin fraktsiyasi oldin oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalanib keyin riformingga beriladi. Yana bir misol bu gidrotozalash qurilmasi bilan qo`shilgan katalitik kreking qurilmasidir. Bunda xom ashyo – vakuum gazoyl oldin tozalanib keyin kreking jarayoniga beriladi (43 – 107 turdagi qurilma). Tozalangan vakuum gazoylni kreking jarayoniga berilganda sifatli mahsulotlar olinadi.
Aloxida turdagilariga dizel yoqilg’isi fraktsiyasini tozalaydigan qurilmalar kiradi. Bu turdagi qurilmalarning yana bir xilida dizel yoqilg’isini oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalash va to`yinmagan uglevodorodlarni gidrogenlash bilan birga ikki xalqali aromatik uglevodorodlarni qisman to`yintiriladi. Bu xildagi qurilmalarning birinchisida dizel yoqilg’isi tarkibidagi oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalanadi. To`yinmagan va smolasimon birikmalar vodorod bilan to`yinadi.dizel yoqilg’isini sifati yaxshilanadi, rangi tozalanadi. Ikkinchisida esa
ikki xalqali aromatik uglevodorodlarning bir qismi to`yinib naftenlarga o`tishi natijasida yoqilg’ini tsetan soni ko`tariladi. Bug’ qozonlariga yoqilg’i sifatida ishlatiladigan mazutni ham vodorod ishtirokida oltingugurtni ajratib olish jarayoniga berilib, uning tarkibidagi oltingugurtli birikmalarni kamaytirib, so`ngra yoqilg’i sifatida ishlatish tavsiya etiladi. Katalitik riforming qurilmasida ishlaydigan gidrotozalash blokida bitta reaktor bor, qolgan qurilmalar parallel ishlaydigan ikkita aloxida blokdan iborat. Har bir blok bitta trubchatiy pech va ketma-ket ishlaydigan ikkita reaktor va boshqa apparatlardan iborat. Bu bloklarda bir vaqtda ikki xil xom ashyoni tozalash mumkin. Aylanib yuruvchi vodorodli gazni vodorodsul’fidi gazidan monoetanolamin (MEA) yordamida tozalaydigan moslama va to`yingan monoetanolaminni regeneratsiya qiladigan moslamalar ikkala blok uchun bitta bo`ladi. Odatda dizel yoqilg’isi fraktsiyasini ikkita ketma- ket ishlaydigan reaktorli blokda tozalanadi. Qurilmalarning ikkichi turi bor. Bu qurilmalar ham ikkita blokdan iborat. Faqat xar bir blokda ketma-ket ishlaydigan uchta reaktor bor. Boshqa apparatlar yuqorida qayd etilgan qurilmanikidan farq etmaydi. Nisbatan og’irroq fraktsiya, masalan, vakuum gazoylni tarkibida oltingugurtli birikmalarni miqdori ko`proq bo`lgani uchun, bu xildagi xom ashyoni uchta reaktorli qurilmalarda tozalash tavsiya etiladi. Yuqorida qayd etilgan sanoat qurilmalarining hammasi bir xil uslubda ishlaydi. Quyida biz dizel yoqilg’isini gidrotozalash qilish jarayonining sanoatdagi qurilmasi bilan tanishib chiqamiz. Bu qurilmada xom ashyo sifatida oltingugurtli neftdan yoki gaz kondensatidan olingan dizel yoqilg’isi fraktsiyasi tozalanadi. Ba`zan neftning og’ir fraktsiyalarini ikkilamchi jarayondaqayta ishlangandan hosil bo`lgan dizel yoqilg’isi fraktsiyalari bilan aralashtirib turiladi. Qurilma ikkita o`z holicha ishlaydigan bloklardan iborat, qurilmada bir vaqtda ikki xil xom ashyoni tozalash mumkin. Xom ashyo nasos bilan issiqlik almashinish apparatlari (3) orqali pech (1) ga beriladi. Shu trubaga kompressor (10) dan keladigan aylanib yuruvchi vodorodli gaz ham qushiladi. Pechda xom ashyo va gaz aralashmasi 360-3800C gacha isitilib reaktor (2) lardan ketma-ket o`tadi. Reaktorlarga alyumokobal’tmolibden yoki alyumonikelmolibden
katalizator joylashgan. Xom ashyo katalizator qatlamidan o`tayotganda oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalanadi. SHular bilan bir vaqtda kislorodli va boshqa smolasimon moddalardan tozalanadi. To`yinmagan bog’lar to`yinadi. Mabodo reaktordagi katalizator qatlamini temperaturasi ko`tarilib ketsa reaktorga sovuq vodorodli gaz berish moslamsi bor. Reaktsiya mahsuloti ikkinchi reaktordan bug’ – gaz holatida chiqib issiqlik almashinish apparatlarida (3) o`zining bir qismini berib, sovitgichlarda (4) sovitilib, yuqori bosimda ishlyidgan separatorga

  1. keladi. Reaktor, issiqlik almashinish apparati, sovitgich va yuqori bosimli separatorlar 3,5-4,0 MPa bosimda ishlaydilar. Bu erda tindirilmagan katalizatordan vodorodli gaz ajratiladi. Gazda ko`p miqdorda vodorod sul’fid gaz bor. Vodorodli gazdan vodorod sul’fid gazini absorberlarda (14) monoetanolamin yordamida ajratib olinadi. Tozalangan vodorodli gaz orqali sig’im (8) ga keladi. Bu erdan gazdan monoetanolaminni tomchilari ajratib olinadi va kompressor (10) ga keladi. Sig’imga (8) toza vodorod gazi ham qo`shilib, turiladi. Tindirilmagan gidrogenizat yuqori bosimli separator (5) dan past bosimli separatorga (6) o`tkazilib, bosimni 0,6 MPa gacha pasaytiriladi. SHuni hisobiga gidrogenizatdagi erigan uglevodorod gazlari ajralib chiqadi va vodorod sul’fid gazdan tozalashga yuboriladi.

Separator (6) dagi gidrogenizatning tarkibida dizel yoqilg’isi bilan birga benzin fraktsiyasi va og’ir gazlar bor. Ular xom ashyoni qisman gidrokrekingga uchragani natijasida hosil bo`ladi. Bularni ajratish uchun gidrogenizatni almashuvchi apparat orqali tindiruvchi kolonnaga (7) ga yuboriladi. yengil fraktsiyalarni ajratishni samaradorligini oshirish maqsadida tindirish kolonnasining ostki qismidan olinadigan dizel yoqilg’isining bir qismini pech (1) da isitib yana kolonna (7) ga beriladi. Tindirilgan dizel yoqilg’isining asosiy miqdori sovitgichlarda sovitilib, sig’im (9) larda ishqor eritmasi bilan yuviladi. Bunda gidrogenizat vodorodsul’fid gazidan tozalanadi va keyin suv bilan yuviladi. Sxemaning pastki qismini o`ng tomonda vodorod sul’fid gaziga to`yingan monoetanolaminnining suvli eritmasini regeneratsiya qilish keltirilgan. Bu erdagi kolonna (12) da monoetanolaminning eritmasidan vodorod sul’fid gazini ajratib
olib oltingugurt olish qurilmasiga yuboriladi. Tozalangan eritma sovitilib yana absorber (14) ga qaytib beriladi. Separator (6) da ajrab chiqqan vodorod sul’fid gazidan tozalangan uglevodorod gazlari tindiruvchi kolonnada ajratib olingan gazlar bilan birlashtirilib, kompressor (10) da bosimini 1,0 MPa gacha ko`tarib boshqa qurilmaga yuboriladi.

DIZEL YOQILG’ISINI GIDROOCHISTKA QILADIGAN L-24-7 QURILMASINING TEXNOLOGIK SXEMASI




    1. trubchatiy pechlar; 2-reaktorlar; 3- issiqlik almashtiruvchi qurilmalar; 4- sovutgichlar; 5- yuqori bosimda ishlaydigan separator; 6- past bosimda ishlaydigan separator; 7- tindirish kolonnasi; 8,9- sig’imlar; 10- kompressorlar; 11- nasoslar; 12- haydovchi kolonna; 13- riboyler

Quyidagi ikki xil neftdan olingan dizel yoqilg’isi fraktsiyasi gidrotozalash etilgandagi o`rtacha material balansi keltiriladi. Birinchi neftda oltingugurtli birikmalarning miqdori 0,7% mass. (fraktsiya 1), ikkinchisida 2,4% mass.


(fraktsiya 2):



Download 416.48 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Download 416.48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gidrotozalash jarayonining sanoatdagi qurilmalari

Download 416.48 Kb.